Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish choralari mintaqa mamlakatlarining suv resurslariga haqiqiy talablarini ta‘minlay oladigan yangi, samarali ishlashga qodir boshqaruv organlari va ularning tashkilotlarini yaratish yo‗li bilan havzaning suv resurslarini boshqarishning tashkiliy strukturasini yaxshilashni davom ettirish; xozirgi sharoitlarda mintaqa mamlakatlari o‗rtasida suv resurslari rejalashtirish, boshqarish va ulardan foydalanish, shuningdek, Orol dengizi xavzasida iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash masalalari bo‗yicha mavjud bitimlarni yaxshilash va yangilarini ishlab chiqish; suv xo‗jaligini boshqarishning milliy tashkiliy tuzilmasini muntazam takomillashtirish. Buning uchun Tojikiston va Turkmanistonda suv xo‗jaligini boshqarishning ma‘muriy-territorial tamoyilidan Qozog‗iston, Qirg‗iziston va O‗zbekistondagi kabi havzaviy tamoyilga o‗tkazish; suv resurslarini boshqarishning eng quyi pogonalarida - xo‗jalik ichki kanallari, suv iste‘molchilari uyushmalari va fermer xo‗jaliklarida - suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish. Suv resursalrini muhofaza qilish organlarining vazifasi - istiqbolning faqat bir ssenariysi uchun rejalashtirishdan noaniqroq, ammo extimolning turli darajasini aks ettiruvchi extimoliy ssenariylarning butun qatoriga ta‘sirlanuvchi rejalardan foydalanishga o‗tishdir. Bu yangi paradigmada texnik mutaxassislar, davlat raxbarlari va umuman jamiyat o‗rtasidagi o‗zaro samarali hamkorlik zarur. Tashqi ta‘sirlarga javob tariqasida suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish o‗z ichiga boshqarishga adaptatsiyali yondoshuvini ham olishi kerak. Boshqa yondoshuv, - preventiv, iqtisodiyot va optimallashtirish sohasida suv resurslarini boshqarishda foydalaniladigan qarorlarni qabul qilishning amaldagi qoidalarini qayta ko‗rib chiqishni talab etmaydigan ishonchli loyixa yoki strategiyalarni izlash orqali extimoliy variantlarning yanada maqbul diapazonini shakllantirish uchun bugun harakat qilishni ko‗zda tutadi. Bunday ishonchli strategiyalar yanada aniqroq axborot olingani sari qayta ko‗rib chiqiladi, bunda gipotezalar, variant va imkoniyatlarni interaktiv o‗rganish uchun kompyuter taxlili o‗tkaziladi. Suv resurslarini integratsiyalangan boshqaruvi borgan sari adaptatsiyalanayotgan bir vaktda yanada faol ko‗p sektorli hamkorlikka bo‗lgan extiyoj orta boradi. Bundan tashqari, an‘anaviy tarzda suv resurslarini boshqarish, deb xisoblangan tushuncha doirasidan tashqariga chiqish va uni yer resurslarini boshqarish, qishloq xo‗jaligi, tog‗-kon sanoati va energetika kabi boshqa bog‗langan soxalarda qabul qilinadigan qarorlar bilan bog‗lash kerak. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling