Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Suv resurslarini boshqarishning gidrologik jixatlari
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
3.1.1. Suv resurslarini boshqarishning gidrologik jixatlari
Nazariy va amaliy jixatdan ma‘lumki suv xo‗jaligi sohasining barcha mutaxassislari barcha turdagi suv resurslarining moddalarning xarakatlanishi va muvozanati qonuniga asosan gidrografik xavzalar doirasidagi gidrologik sikllarga bog‗liqligini yaxshi bilishadi, ammo ularni barchalari xam buni o‗z faoliyatlarida inobatga olmaydilar. Suv resurslari gidrografik havzalar doirasida shakllanadilar, xarakat qiladilar, qaytadilar va qayta fodalaniladilar. Bu jarayonlarning barchasi o‗ta o‗zaro bog‗liqlikda kechadi. Xar bir gidrografik havza o‗zining asosiy daryo o‗zani, uning daryogacha etib boruvchi va etib bormaydigan irmoqlari, yer osti suvlarining dinamik zaxiralari hamda shakllanadigan qaytuvchi suv resurslariga ega. Daryoning tabiiy suvliligi uning xavzasiga yog‗uvchi yog‗ingarchilik va undan amalga oshadigan bug‗lanish, oqim moduli shakllanishi, muzliklar va qor qatlamlaridan shakllanadigan oqimlar hamda yer osti va grunt suvlari oqimlariga bog‗liq bo‗ladi. 4 Havza hududida mavjud bo‗lgan suv resurslarining umumiy balansi suvning tabiiy oqib keladigan va oqib ketadigan oqimlari hamda inson tomonidan tabiatga qaytarilayotgan oqimning antropogen tashkil etuvchi qismlaridan iborat bo‗ladi. Suv balansining mazkur tashkil etuvchilar shu qadar turli darajadaki ularni sanab o‗tish mushkul, biroq ularning bari mavjud va ular o‗zlari bilan bog‗liq muxitlarga ta‘sir etadi. Ularni tizimlashtirishga harakat qilamiz: O‗zgarish, natija, oqibat − suv yig‗ilishi havzasida o‗rmonlarning ko‗payishi (yoki kamayishi) − grunt suvlari satxining pasayishi (ko‗tarilishi) − suv hajmi va oqimining yil davomidagi tarqalishini o‗zgarishi; − yeroziyaning ko‗payishi (yoki kamayishi); − suv resurslarining shakllanish zonasida dexqonchilik, shu jumladan sug‗orma dehqonchilik, miqyosning kattalashuvi; − yerlar maxsuldorligini oshishi; − suv loyqaligini ortishi; − pastki gorizontlarga suv oqimini ortishi va quyida joylashgan yerlarda yer osti suv sathining ko‗tarilishi; − sug‗orish va boshqa maqsadlar uchun yer usti suvlarini olishni ko‗payishi; − suv olish nuqtalaridan pastda suv oqimining kamayishi; − daryoda suv sifatini yomonlashishi; − qaytuvchi suvlarni shakllanishi; − grunt suvlari oqimini ko‗payishi va ularning sifatini o‗zgarishi; − tuproq sifatini o‗zgarishi; − deltaga etib boruvchi yer usti suvlarning kamayishi; − deltaga etib boruvchi yer usti suvlarning kamayishi − grunt suvlari satxini pasayishi; − infiltratsion yog‗inlar miqdorini ortishi; − oqim modulining o‗zgarishi; − aeratsiya zonasi va suv iste‘moli hajmining ortishi; 5 − ifloslangan suvlarni daryolarga tashlanishi − daryolarda suv sifatini yomonlashuvi; − to‗g‗onlar qurilishi − suv havzalari sathidan bug‗lanish miqdorini ortishi; − suv havzalarida suvni turib qolish hodisalari; − loyqa bosishi; − daryoda suv loyqaligining kamayishi; − suv oqimi rejimini o‗zgarishi; − daryolarning qishki rejimini yomonlashuvi; − grunt suvlariga oqimni ortishi; − suv bosgan zonalarni hosil bo‗lishi; − kanallarda suv bilan yuvilish hodisasining ko‗payishi. Biroq qaror qabul qilishda gidroekologik barqarorlik shartidan kelib chiqib, aniq mezonlar ishlab chiqilsa va unga amal qilinsa yuqorida sanab o‗tilgan o‗zgarish va ta‘sirlarning barchasini muayyan darajada tartibga solinishi mumkin. Bunda: • daryo va uni to‗yintiruvchi suv yig‗iluvchi hudud o‗rtasida suv va tuz almashinuvi minimumga intilishi lozim; • aeratsiya zonasi va grunt suvlari o‗rtasida suv va tuz almashinuvi nolga intilishi lozim; • daryodan olinadigan jami suv resurslari miqdori, ularning tabiat talablarga (daryo deltasi, suv botqoqli xududlar va h.o.) zarar etkazmaydigan limitidan ortib ketmasligi lozim. Mazkur barcha mezonlarga nafaqat o‗rtacha suvli, balki kam suvli va ko‗psuvli yillarda xam amal qilinishi ma‘lumotlar, bashorat va modellarning aniqligini, shuningdek havza va uning alohida qismlarida suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishda qatiy tartibni talab etadi. Afsuski amalda ko‗pincha hatto alohida mamlakatlar miqyosida ham maqsadli ravishda disbalans va suv ta‘minotining o‗zgarishi xolatlari vujudga kelmoqda. Tabiiy va antropogen noaniqliklar parametri havzani gidrografik boshqarishda sezilarli darajada murakkabliklar keltirib chiqarmoqda. Amalda gidrografik noaniqlikning uchta turi mavjud: 6 • oqimning tabiiy o‗zgaruvchanligi; • bilimlarning etarli emasligi, ma‘lumotlardagi noaniqliklar yoki ularning etishmasligi tufayli yo‗l qo‗yilgan xatoliklar; • modellarning etishmasligi va ulardagi xatoliklar miqdori; • o‗lchov tizimining rivojlanmaganligi, ulardagi xatoliklar, aproksimatsiyada qo‗llanilgan noto‗g‗ri formalar va h.o.; • daryo yoki uning havzasini boshqarish bo‗yicha qabul qilingan qarorlardagi daryo yoki xavzaning boshqa bo‗limlaridagi o‗zgarishlarga, jumladan yer usti yoki yer osti suvlaridagi o‗zgarishlarga olib keluvchi noaniqliklar. So‗nngi davrda mintaqada informatsion ta‘minot darajasi hatto milliy miqyoslarda xam bir oz pasaydi. Hatto yirik daryolarda ham gidrometeorologik postlar soni kamaydi. Suv sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar esa deyarli yo‗q darajada. Qirg‗iziston va Tojikiston hududidagi muzliklardagi kuzatuv nuqtalari tugatildi. Fedchenko muzligida 1914 yildan beri faoliyat ko‗rsatib kelgan stansiya kuzatuv ma‘lumotlarini bermay qo‗ydi. Ma‘lumot almashinuvi nafaqat mamlakatlar o‗rtasida balki mamlakatlar ichida ham etarli emas. O‗z o‗zini ta‘minlash tashvishlari ustida bosh qotirayotgan Gidrometeorologiya xizmatlari ma‘lumotlarni, ularni tayyorlash xarajatlaridan ham bir necha qimmat narxdagi tovarga aylantirishdi. Bularning barchasi boshqaruvdagi noaniqliklarni oshishiga sabab bo‗lmoqda. Natijada 2000 yilgi qurg‗oqchilikni (kam suvlilikni) oldindan aniqlash imkoni bo‗lmadi va Sirdaryo va Amudaryo havzalarining ayrim xududlarida katta zararlar ko‗rildi. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling