Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 
3.5 Suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish 
Avval aytilganidek suv resurslarini zamonaviy boshqarish juda murakkab 
jarayon. Suv resurslarini boshqarishning eng muxim belgilovchilaridan biri suv 
resurslari va ularning iste‘molini moxirona moslashtirish xisoblanadi. Dunyodagi 
istiqboldagi suv ta‘minoti destabillovchi qator omillarni jumladan aholi sonining 
ortishi, iqtisodiyotni o‗sishi, ifloslanishning ortishi kabilarni xisobga olishi bilan 
birga yaroqli suv miqdorining kamayishi, shuningdek iqlim o‗zgarishi bilan 
bog‗liq bo‗lgan suv miqdorning kamayishi extimoli kabilarni xam e‘tibordan 
qochirmasligi lozim. 
SHunday qilib suv resurslarini boshqarish jamiyat va tabiatning suvga 
bo‗lgan extiyojlarini kerakli sifat va miqdorda barcha vaqt bo‗limlarida –operativ 
ko‗p yillik va istikboldagi extiyojlarni qondirishni ta‘minlashi zarur. Boshqacha 
aytganda – suv resurslarini boshqarish, mavjud suv resurslari va suvga bo‗lgan 
extiyojlar muvozanatini muntazam saqlashdir. 
Suv resurslarini boshqarish dastlab qaraganda guyo oddiydek, ammo 
chuqurroq qaralsa, juda murakkab tizim (3.3-rasm). Bu murakkab tizimda 
quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
* tabiiy suv resurslari (yog‗inlar, yer usti va yer osti suv oqimlari), 
shuningdek, antropogen ta‘sir ostida hosil bo‗ladigan qaytuvchi suvlar. Bu 
resurslar iqlimning tashqi o‗zgarishlari ta‘siri ostida o‗zgarishi mumkin; 
* iqtisodiyot tarmoqlari va sohasalari bo‗yicha suvning qaytmas tarzda 
iste‘mol qilinishi tufayli suvga bo‗lgan talablar xam turlicha bo‗ladi; 
* turli ekologik sharoitlar va talablar; 
* ijtimoiy muhit va iqtisodiy taraqqiyot talablarining o‗ziga xosliklari; 
* va nixoyat, eng muxim tarkibiy qism – bu siyosiy muxitdir.


Suv resurslarini boshqarish masalalari bo‗yicha qaror qabul qilishda 
qo‗shimcha ravishda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
suv resurslar mavjud bo‗lgan makonlar ularni iste‘mol qilish joylari bilan 
mos kelmaydi; 
turli iste‘molchilar uchun suvga bo‗lgan extiyoj turli vaqt intervallariga ega 
(sug‗orish va energetika; rekreatsiya va baliqchilik; b.); 
suv sifatining yomonlashuvi moxiyatan jamiyat uchun muljallangan yaroqli 
suv resurslarining miqdorini keskin kamayib ketishiga olib keladi. 
Suv – boshqaruvning aloxida maxsuli, negaki uning xamma yerga kirib 
borish xususiyatlari undagi har qanday o‘zgarishlar va ta’sirlarni o‘zaro bog‘liq 
sohalar va makonlarda tarqaluvchan qilib qo‘yadi.
Umuman olganda ta‘kidlab o‗tilgan harakatlarning barchasi mamlakat 
doirasida davlat organi tomonidan va har bir gidrografik birlik doirasida xavzaviy 
darajada muvofiqlanishi kerak. Aynan shunday tizim 1926 yildan buyon Ispaniya, 
Fransiya, Gollandiya va jahonning boshqa ko‗plab mamlakatlarida amal qiladi. U 
Markaziy Osiyoda xam 1928 yildan Zarafshon xavzasida amal qilgan, ammo 
afsuski kerakli rivojlanish yo‗lini topmadi va oxir oqibat viloyatning ma‘muriy 
tuzilmasiga aylandi. 
Suv resurslarini integratsiyalashgan tarzda boshqarish (SRIB) suv, yer va 
ular bilan bog‗liq bo‗lgan resurslarni hayotiy ekotizimlar barqarorligiga zarar 
etkazmasdan jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini maksimallashtirish 
maqsadida muvofiqlashtirilgan rivojlantirish va boshqarishga yordam beruvchi 
jarayon sifatida shakllanadi. Aynan barcha suvlarning o‗zaro bog‗liqligi ulardan 
foydalanishni integratsiyalashga chorlaydi. 
Integratsiya o‗zaro bog‗lanishning ikkita bazisli kategoriyasini ko‗zda tutadi 
- suv resurslari extimoli va sifatining kritik belgilovchisi bo‗lgan tabiiy tizimlar 
hamda suv resurslaridan foydalanish ulushi, suv olish tizimi, resurslarni 
ifloslanishdan ximoyalash va ijtimoiy barqarorlikning yomonlashuvini belgilovchi 
ijtimoiy tizim. SRIB vaqt va makondagi o‗zgarishlarni va bu kategoriyalar 
orasidagi bog‗lanishlarni e‘tiborgan oladi. Shuningdek suv xo‗jaligi faoliyatini 


maxsus yopiq sifatida saqlashdan farqli ravishda, suv resurslarini boshqarish ishini 
unlardan foydalanuvchilar ishtirokidagi jamoat ishiga aylantirish SRIBni an‘anaviy 
fragmentar yondashuvdan ajratib turadi. SRIB yondashuvlaridan foydalanish, suv 
resurslarini boshqaruvchilariga suvga bo‗lgan extiyojga jamiyat munosabati 
qanday ta‘sir ko‗rsatayotgani va bundan kelib chiqib suv resurslarini an‘anaviy 
boshqaruvini suv tejovchi boshqaruvga o‗zgartirish yordam beradi. 

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling