Innovatsiyalar tizimi va Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Innovatsion faoliyat to‘G‘risida


Download 37.15 Kb.
bet13/15
Sana14.03.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1266709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.

35-modda. Nizolarni hal etish
Innovatsion faoliyat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
36-modda. Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
37-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
38-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
39-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O'zbekiston Respudlikasida bir qancha innovatsiyalar va ilmiy-texnik faoliyatning tartibga soluvchisi me'yoriy-huquqiy xujjatlar ishlib chiqilgandir. Shulardan: 2008 yildagi "Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni,
15 iyun 2008 yilda «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori,
2010 yilda "Respublika loyiha-tadqiqot tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ishlab chiqilgandir.
Innovatsion faoliyat sub'ektlari. Innovatsion faoliyat sub'ektlari
quyidagilar hisoblanadi [41]:

  • innovatsion faoliyat bilan shug'ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalari;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, «nou-xau», kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

  • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • innovatsion jarayonga xizmat ko'rsatadigan va uning infratuzilmasini ta'minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;

  • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari.

Innovatsion faoliyat mahsulotlari. Sub'ektlar o'rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munosabatar vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari (natijalari) quyidagilar hisoblanadi [41]:

  • muayyan innovatsiyalarni o'zlashtirish natijalari va texnologiyalarni belgilab beradigan innovatsion loyihalar (biznes- rejada o'z aksini topadigan oraliq natija);

  • yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samarani ta'minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o'zlashtirish;

  • fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar).


Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling