Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
bique nf 1. fam echki; 2. péj qari kampir; 3. grande bique katta, barvasta qiz. biquet, ette n echki bolasi, uloq. birbe
nm péj chol, boboy. biréacteur nm ikki reaktiv dvigatelli samolyot. bis
1
adj kul rang, jigar. bis 2
I. adv yana, tag‘in; II. nm ikki marta, takror. bisaïeul, eule n boboning, buvining otasi, onasi, katta bobo, katta buvi. bisannuel, elle adj ikki yillik. bisbille
nf fam chap bo‘lish, hech narsadan-hech narsa yo‘q chapinish; être en bisbille chap bo‘ lmoq, po‘m chiqmoq. biscornu, ue adj 1. ikki shoxli; 2. kulgili; idée biscornue g‘alati fikr. biscotte nf to‘g‘rab qotirilgan non. biscuit nm 1. suxari; 2. biskvit (pecheniy turi). bise 1
nf shimoldan esayotgan shamol. bise
2
nf fam bo‘sa. biseau nm 1. to‘mtoq chet; le biseau d’une vitre oynaning to‘m toqlangan cheti; 2. qirrani oluvchi asbob. bisexué, ée adj ikki jinsli (o‘simlik). bismuth
nm vismut (kimyoviy element va undan tayyorlangan dori). bison
nm 1. bizon (Shimoliy Amerika qo‘tosi); 2. qo‘ tos. bisou
nm fam o‘pich, bo‘sa. bisque
nf qisqichbaqali sho‘rva. bisquer vi g‘azabga to‘ lmoq, g‘azabdan o‘zini yo‘qotmoq. bissectrice nf bissektrisa. bisser vt talabni ikkinchi marta qondirmoq. bissextile adj f kabisa (yil). bistouri nm jarrohlik tig‘i, skalpel. bistre I. nm jigarrang bo‘yoq; II. adj teint bistre qoramag‘iz yuz. bistré, ée adj qora mag‘iz. bistrot nm 1. qahvaxona; 2. qahvaxonachi. bitume nm bitum, qora saqich (tomlar, asfaltlarga ishlatiladigan qora moy, saqich). biture
nf mastlik, sarxushlik, kayf bo‘lish. bivouac
nm lashkargoh, qo‘shin qo‘ngan ochiq joy. bizarre
adj g‘alati, taajjubli; g‘ayritabiiy. bizarrement adv g‘alati, g‘ayrioddiy. bizarrerie nf g‘alatilik, g‘ayrioddiylik. bizness
voir business. bizut
nm fam birinchi sinf yoki bosqich o‘quvchilariga berilgan nom. blablabla nm fam behuda vaysash. black
anglic fam I. n negr, zangi, zanji; II. adj negr, negrlarga oid. blackbouler vt 1. saylovdan o‘ tkazmaslik; 2. im tohondan o‘ ta olmaslik. black-out nm maskirovka qilish (urush vaqtida harbiy mashinalarni dushman sezmasligi uchun bo‘yash). blafard, arde adj oqish, oqimtir. blague 1
blague 2
nf 1. hazil; blague à part hazilning vaqti emas; prendre qqch à la blague hazilga olmoq; 2. yolg‘on. blaguer vi hazillashmoq, hazil qilib kulmoq. blagueur, euse adj hazilkash. blair nm 1. burun; 2. bashara. blaireau nm 1. bo‘rsiq; 2. soqol olish cho‘ tkasi. blairer vt kimnidir xush ko‘rmoq, yoqtirmoq. blâmable adj tanbehga loyiq. blâme nm tanbeh, ta’na, hayfsan; encourir le blâme tanbeh olmoq, hayfsan olmoq. blâmer
vt (qqn de qqch) tanbeh bermoq, tanqid qilmoq; jazolamoq. blanc
1 , blanche I. adj oq; cheveux blancs oq sochlar; voix blanche ifodasiz ovoz; nuit blanche uyqusiz tun; arme blanche sovuq qurol; mariage blanc kelishilgan nikoh; II. n oq, oq odam, oq erkak, ayol (odamlar irqi haqida). blanc 2
nm 1. oq rang, oq bo‘yoq; s’habiller en blanc oq kiymoq; mettre qqn en blanc kimnidir ship-shiydam qilmoq; dire blanc et noir dam unday, dam bunday gapirmoq; 2. bo‘sh, ochiq qolgan joy; laisser un blanc bo‘sh qoldirmoq; 3. ich kiyim; 4. oq bo‘yoq; 5. oq vino; 6. tuxumning oqi. blanc-bec, pl
blancs-becs nm ona suti og‘zidan ketmagan odam, go‘dak, xom, g‘o‘r odam. blancheur nf oqlik, oppoqlik, oq rang. blanchiment nm 1. oqlash; 2. devorlarni oqlash. blanchir
I. vt 1. oqlamoq, oqqa bo‘yamoq; 2. yuvmoq, artmoq; 3. yaltiratmoq; 4. qaynoq suv quymoq; 5. oqlamoq; II. vi oqarmoq. blanchissage nm kir yuvish; tozalash, oqlash. blanchissement nm oqartirish; oqarishning paydo bo‘lishi. blanchisserie nf kir yuvish joyi, kiyimlarni kimyoviy tozalash muassasasi. blanchisseur, euse n kir yuvuvchi. blanquette nf 1. ko‘pikli oq vino; 2. qovurilgan buzoq go‘shti. blasé, ée adj befarq, hafsalasiz, e’ tiborsiz. blaser (se) vpr befarqlashmoq, hafsalasizlashmoq. blason nm gerb, nishon, tug‘ro. blasphème nm xudoni, dinni tahqirlash, xudoga shak keltirish, kufr. blasphémer I. vi xudoga shak keltirmoq; II. vt yomonlamoq, qoralamoq, koyimoq. blatte
nf suvarak (hasharot). blazer
nm sport kiyimi. blé
nm 1. bug‘doy, don; 2. blé noir grechka. blême
adj 1. murdadek rangpar, rangi-quti o‘chgan; 2. xira, rangi ketgan, nursiz.
blêmir vi rangi o‘chmoq. blesser vt 1. jarohatlamoq, yaralamoq, yarador qilmoq; zarar yetkazmoq, ziyon keltirmoq; 2. chaqa qilmoq, shilmoq, urmoq, og‘ritm oq, siqmoq (oyoq kiyimi); ce soulier me blesse tufli oyog‘ imni siqyapti; 3. haqorat qilmoq, xafa qilmoq, ko‘nglini qoldirmoq; blesser des intérêts manfaatdor bo‘lmoq. blessure
nf 1. jarohat, yara, chandiq; 2. haqorat, diltanglik. blet, blette adj pishib ezilgan, hil-hil pishgan, g‘arq pishgan. blette
nf voir bette. bleu, bleue I. adj 1. moviy rang, zangori, ko‘k; bleu horizon ko‘m-ko‘k yfq; 2. colère bleue g‘azab, nafrat; II. nm 1. havo rang, zangori, ko‘k tus; bleu clair och havo rang; bleu marine qoram tir havo rang; 2. ko‘k (tanada, zarba asorati); 3. xizmatda yangi, yosh askar; 4. ish kiyim i, kombinezon. bleuâtre
adj havo rangli, ko‘kim tir. bleuet
nm bo‘tako‘z, kakra. bleuir
I. vt ko‘kka bo‘yamoq; II. vi ko‘karmoq, ko‘k tusga kirmoq. bleuté, ée adj ko‘kishroq, ko‘kimtirroq. blindage
nm zirhlash. blindé, ée adj zirhlangan, zirhli; train blindé bronepoyezd. blinder
vt zirhlamoq, zirh bilan qoplamoq. blizzard
nm qor bo‘roni. BLOC
BONASSE
69 bloc
nm 1. katta bo‘lak, palaxsa; 2. blok; loc adv en bloc butunligicha, ko‘tarasiga; nier en bloc butunlay rad etm oq; 3. polit blok; bloc des gauches so‘l kuchlarning birlashuvi, bloki; 4. komplekt; 5. g‘o‘la, g‘o‘lacha, kesik; 6. bloknot; 7. qamoq; mettre, envoyer au bloc qamamoq. blocage nm 1. to‘sish; blocage automatique avtoblokirovka; blocage des salaires oylikni ushlab qolish; blocage des prix narxlarni saqlab turish; 2. qulflash, zanjirlash. blockhaus nm blokgaus, istehkom. blocus nm blokada. blond, onde I. adj oq, malla sochli; II. n oq-sarg‘ish rangli odam. blondasse adj soch-soqoli oqish, oqim tir. blondeur nf oltinday sap-sariq, oltin tusli, zarrin. blondin I. adj oq-malla, sarg‘ ish sochli; II. nm oq rangli odam. blondinet nm sarg‘ish sochli, malla sochli kishi. blondir vi sarg‘aymoq, oqarmoq, yaltiramoq. bloquer I. vt 1. to‘smoq; qamal qilmoq; 2. yopiq holatda saqlamoq; 3. to‘xtatm oq; bloquer les salaires maosh berishni to‘xtatmoq; II. se bloquer vpr to‘xtamoq, to‘xtab qolmoq. blottir
vpr g‘uj bo‘lib yotm oq, kulala tushib yotmoq; suyanib yotmoq, yonboshlamoq. blouse nf 1. yaxtak; 2. xalat, ish kiyimi; les blouses blanches tibbiy xodimlar (vrachlar, hamshiralar); 3. ayollar ko‘ylagi. blouser
1
vi tanaga yopishib turmoq. blouser 2
vt aldamoq. blouson
nm nimcha; blouson fourré mo‘yna nimcha. blue-jean nm jinsi. blues
nm jaz musiqasi. bluet
nm voir bleuet. bluff
nm mubolag‘a. bluffer
vt mubolag‘a qilmoq, aldashga urunmoq. bluffeur, euse n et adj ko‘z bo‘yamachi, aldoqchi, aldovchi. blutage
nm elash. bluter
vt un elamoq, undan kepakni ajratmoq. boa
nm 1. boa, bo‘g‘ma ilon; 2. mo‘ynadan qilingan sharf. bobard
nm yolg‘on-yashiq behuda gaplar, to‘qima, uydirma; raconter des bobards to‘qimoq (yolg‘on gaplarni). bobèche nf shamdon kungurasi. bobinage nm 1. g‘altaklash, g‘altakka o‘rash; 2. kalava. bobine nf g‘altak, o‘ram; bobine d’allumage o‘ t oldirish g‘altagi. bobiner vt g‘altakka o‘ramoq. bobo nm og‘riq, og‘riydigan joy; faire bobo og‘riq keltirmoq. bobsleigh nm bobsley (sport o‘yini). bocage nm kichkina o‘rmon, daraxtzor. bocal nm banka, shisha idish. boche nm olmon. bock nm pivo shisha idishi; 2. bir krujka pivo. bœuf nm 1. mol, ho‘kiz; le bœuf gras so‘qim; 2. bœuf, du bœuf mol go‘shti. bof
intj fu, qarang-a (kinoya, kesatiq, befarqlik, ishonmaslik, bepisandlik kabilarni bildiradi). bogue nf kashtanning po‘sti. bohème n jamiyatga aralashmasdan, betartib, pala-partish hayot kechiradigan odam (asosan san’at ahli). bohémien, ienne I. adj lo‘li, lo‘lilarga oid; II. n daydi, darbadar. boire
1
vt 1. ichmoq, chanqog‘ ini qondirmoq; boire à sa soif, boire son soûl chanqog‘ ini qondirmoq; boire tout d’un trait bir ko‘tarishda ichmoq; 2. vino ichmoq, mast bo‘lmoq; boire à la santé de qqn kimningdir sog‘lig‘i uchun ichmoq, ko‘ tarmoq; 3. shimmoq, tortmoq, so‘rmoq. boire
2
nm ichimlik. bois nm 1. o‘rmon, daraxtzor; bois conifère ignabargli o‘rmon; 2. yog‘och; o‘tin; bois de chauffage, bois à brûler o‘ tin; bois mort sinib tushgan daraxtlar, shoxlar; 3. shox (kiyik haqida); 4. dasta, sop, yog‘och; 5. mayda-chuyda, lash-lush; les bois de justice gilyotina, bosh oladigan jodi. boisage
nm 1. daraxtzor barpo etish, ko‘chat o‘ tqazish; 2. yog‘och qoplama; 3. krep, yupqa g‘ijim gazmol. boisé, ée adj 1. serdaraxt, o‘rmonli; 2. ishlab chiqilgan, pardoz berilgan. boisement nm daraxtzor barpo etish, ko‘chat o‘ tqazish. boiserie nf 1. yog‘och qoplangan devor; 2. duradgorlik ishlari. boisseau nm 1. quruq narsalar o‘lchanadigan sig‘im (idish); 2. mettre, tenir sous le boisseau yashirmoq; mettre la lumière sous le boisseau haqiqatni odamlardan yashirmoq. boisson nf 1. ichish; ichimlik; 2. mast qiluvchi ichimlik; être adonné à la boisson ichkilikka berilmoq, mukkasidan ketmoq; être pris de boisson mast bo‘lmoq. boîte nf 1. quti; boîte à malices sehrgar qutisi, boîte aux lettres pochta qutisi, boîte d’allumettes gugurt qutisi, boîte à musique ochilganda musiqa chalinadigan quticha; boîte crânienne miya qopqog‘i; 2. fam péj uy, bino, ishxona, ish joyi; boîte de nuit ou ellipt boîte tungi ko‘ngil ochish joyi, diskoteka; 3. arg litsey. boiter vi oqsamoq. boiterie nf oqsoqlik. boiteux, euse adj oqsoq, cho‘loq. boîtier nm soat mexanizmi qutisi, cho‘ntak fonari qutisi. bol 1
nm 1. piyola, kosa; 2. bir luqma. bol
2 nm omad. bolchevique adj bolshevik. bolchevisme nm bolshevizm. boléro nm 1. bolero (o‘yin, kuy); 2. bolero (ayollar koftasi). bolet nm barmoqlar orasidagi qichish. bolide nm asteroid, samoviy jism. bombance nf to‘kin-sochin kichik ziyofat, xonaki bazm. bombarde nf manjanaq. bombarder vt 1. bombardimon qilmoq; 2. unvonni oshirmoq; 3. majburiyat yuklamoq. bombardement nm bombardimon. bombardier nm 1. bombardimonchi samolyot; 2. uchuvchi bombardimonchi. bombe 1
nf 1. bomba, aviabomba; bombe atomique atom bombasi; bombe à hydrogène vodorod bombasi; bombe à gaz kimyoviy bomba; lancer des bombes bomba tashlamoq; 2. gaz ballon; 3. jokey bosh kiyimi. bombe
2
nf fam bayram, bazm, aysh-ishrat (ichkilik ko‘p ichiladigan). bombé, ée adj qavariq, do‘ng, bo‘rtib chiqqan. bomber I. vt shishirmoq; bomber la poitrine ko‘kragini do‘ppaytirmoq, ko‘kragini shishirmoq; II. vi shishmoq, shishib chiqmoq, do‘ng bo‘lmoq, g‘urra bo‘lmoq. bombyx nm 1. ipak qurti kapalagi; 2. daraxtlarga zarar keltiruvchi ba’zi kapalaklar. bon
1 , bonne
adj 1. yaxshi; bon garçon, bon diable, bon bougre dilkash odam, suhbatning joni; bonnes gens yaxshi odam lar; bonne année serhosil yil; Bonne année! Yangi yilingiz bilan! bonne nouvelle xushxabar; bonne nuit xayrli tun; bon voyage oq yo‘l; il fait bon havo yaxshi; bonne foi olijanoblik, sof yuraklilik; ishonch; les gens de bonne volonté yaxshi niyatli odamlar; 2. yaroqli, foydali; bon pour deux personnes ikki kishilik; bon à rien hech narsaga yaramaydi; 3. katta, ulkan, bisyor, ko‘p; une bonne fièvre bezgak; loc adv pour de bon, tout de bon haqiqatan, haqiqatda; à quoi bon nimaga, nima uchun. bon
2
nm 1. yaxshilik, ezgulik; il a du bon uning yaxshi tomonlari bor; il y a du bon ish tekis ketyapti; 2. chipta; bon de séjour yo‘llanma; bon de repas tushlik uchun chipta; 3. sotish va sotib olish uchun guvohnoma. bonace nf 1. o‘ta tinchlik, jimjitlik, sokinlik (dengizda); 2. orom, huzur- halovat, tinchlik, osoyishtalik. bonapartisme nm bonapartizm. bonasse
adj xushfe’ l, xushmuomala, muloyim, ko‘ngli ochiq. BONBON
BOUCHE
70 bonbon
nm konfet; bonbon fondant meva shirasi va shakardan qilingan yumshoq konfet; bonbon fourré oddiy karamel; bonbon acidulé, bonbon anglais obaki, obakidandon. bonbonne nf og‘zi tor, dumaloq idish; siqilgan yoki suyultirilgan gaz solinadigan idish; shisha ballon. bonbonnière nf chiroyli, bejirim konfet qutisi. bond nm 1. sakrash; to‘pning sakrashi; bond de côté yon tomonga sakrash; prendre la balle au bond uchib kelayotgan to‘pni ilib olmoq; développement par bond sakrash usuli bilan rivojlanish; faire faux bond aldamoq, yakun qilmoq; d’un bond, du premier bond darhol, to‘satdan; 2. mil uloqtirish. bonde nf idish tagidagi jo‘mrak; suyuqlikni chiqarib yuborishga yoki suyuqlik bilan to‘ldirishga mo‘ljallangan teshik (bochka, rakovina, vanna, basseyn va hokazo). bondé, ée adj limmo-lim, liq to‘la; salle bondé liq to‘la zal. bondir vi 1. sakramoq; bondir de joie xursandlikdan sakramoq; cela fait bondir bu ablahlik; faire bondir les prix narxlarni oshirib yubormoq; 2. tashlanmoq, intilmoq; bondir à l’assaut hujumga tashlanmoq; bondir aux conclusions qat’iyatlik bilan xulosaga kelmoq. bondissant, ante adj sakrovchi, sakrayotgan. bondissement nm sakrash. bonheur
nm I. baxt, saodat, omad; II. huzur-halovat, eson-omonlik; porter bonheur baxt keltirmoq; au petit bonheur tavakkaliga. bonhomie nf xushfe’llik, xushmuomalalik. bonhomme, pl
bonshommes I. nm 1. xushmuomalali odam; kichikfe’l odam; 2. odam, odamcha; un petit bonhomme o‘g‘il bolacha; 3. azizim, jonim (murojaat qilish paytida); II. adj xushfe’l, xushmuomala, ko‘ngilchan. boniche nf xizmatkor, oqsoch. bonification nf 1. yaxshilanish, tuzalish, sog‘ayish; 2. sanoatni sog‘lomlashtirish, bonifikatsiya. bonifier
vt yaxshilamoq. boniment
nm 1. molini maqtash; aldoqchining reklamasi; chaqirish, chorlash (yarmarkalarda); 2. bekorchi gap, safsata. bonimenteur n et adj jarchi, chaqiruvchi. bonjour I. nm salomlashish, assalomu-alaykum; II. intj salom, assalomu alaykum; xayr. bonne
nf xizmatkor, uy xizmatkori, oqsoch; bonne d’enfant enaga; bonne à tout faire uydagi hamma ishlarni bajaruvchi xizmatkor. bonne-maman, pl
bonnes-mamans nf buvi, ena, oyi. bonnement adv 1. oq ko‘ngil bilan, sofdillik bilan, samimiyat bilan; 2. faqat, xolos. bonnet
nm 1. bosh kiyim; bonnet de cuisinier oshpazlar kiyadigan bosh kiyim; bonnet de nuit tunda kiyib yotiladigan bosh kiyim; bonnet de fourrure mo‘yna telpak; bonnet à poil ayiq terisidan qilingan telpak; avoir la tête près du bonnet tez jahli chiqmoq, g‘ijinib, g‘azablanib ketmoq; parler à son bonnet o‘zi bilan o‘zi gaplashmoq; mettre son bonnet de travers chap oyoqda turmoq; prendre sous son bonnet tomdan olib gapirmoq, to‘qimoq; il a pris cela sous son bonnet bu uning uydirmasi, to‘qimasi; opiner du bonnet boshqalarning fikri bilan kelishmoq; être triste comme un bonnet de nuit xafa, dilabgor, dilshikast bo‘lmoq, ma’yuslanmoq, g‘amga botm oq; 2. chandiq, yamoq, bitgan yaraning o‘rni. bonneteau nm uch qarta o‘yini. bonneterie nf 1. trikotaj buyumlar; 2. trikotaj buyumlari savdosi. bon-papa, pl
bons-papas nm bobo, ota. bonsoir I. nm kechqurungi salomlashish; II. intj kechqurungi salom. bonté nf 1. yaxshilik, ezgulik, yaxshi ish; ayez la bonté marhamat qilib, agar malol kelmasa; 2. sifatlilik, sifati yaxshilik. bonze
nm budda ruhoniysi, bonza. bookmaker nm bukmeker (ot poygasida pul to‘plovchi shaxs). boom
nm iqtisodiy sakrash, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan. boomerang nm bumerang. boqueteau nm kichkina o‘rmon, o‘rmoncha. borborygme nm qorinning g‘uldirashi. bord
nm 1. qirg‘oq; bord de la piste chet, qirg‘oq, yo‘l qirg‘og‘i; 2. sahn (kema); à bord bortda; monter à bord ko‘ tarilmoq (kemaga, samolyotga). bordage nm kema tirqishini bekitadigan yupqa taxta yoki tunuka. bordeaux I. nm bordo vinosi; II. adj inv to‘q qizil. bordée nf vaxta, kemada navbatchilik, posbonlik. bordel nm vulg fohishaxona. border vt 1. hoshiya solmoq, jildlamoq; 2. o‘tqazmoq (ko‘chat, daraxt); 3. chetda turmoq. bordereau nm 1. vedomost; bordereau de salaire maosh vedomosti; 2. ro‘yxat; bordereau d’envoi ilova qog‘ozi. bordure nf qirg‘oq, chet, bort; bordure de fourrure mo‘ynali chet; bordure d’un bois o‘rmonning cheti; en bordure de chetda; disposer en bordure kiyimlarning chetiga hoshiya qilmoq. bore nm chim bor. boréal, ale, aux adj shimoliy; aurore boréale shimol yog‘dusi. borgne I. adj qiyshiq, bir ko‘z; II. n qiyshiq ko‘zli odam. borne nf 1. chegara belgisi; 2. kilometr; 3. qisqich, iskanja. borné, ée adj cheklangan, miqdorlangan; esprit borné kaltafahm; il est borné u uzoqni ko‘rolmaydigan odam. borner
I. vt 1. chegaralamoq; 2. cheklamoq; tiyib qo‘ymoq; II. se borner vpr cheklanmoq. bosco nm botsman, kema harakatlarini kuzatuvchi. bosquet nm kichkina o‘rmon. bosse nf 1. g‘urra, shish; 2. bukur; 3. layoqat; avoir la bosse du commerce savdoga layoqatli bo‘lmoq; 4. o‘rkach; 5. do‘nglik. bosseler
vt o‘nqir-cho‘nqir qilmoq. bosser
I. vi ishlamoq; II. vt ishlamoq, tayyorlamoq; bosser un examen imtihonga qattiq tayyorlanmoq. bossu, ue adj bukri; rire comme un bossu yiqilib qolguncha kulmoq. bossué, ée adj bo‘rtib chiqqan, do‘ng. boston nm 1. boston (qarta o‘yini); 2. boston (raqs). bot adj illatli oyoq. botanique I. nf botanika; II. adj botanikaga oid; jardin botanique botanika bog‘i. botaniste n botanik, botanika bilan shug‘ullanuvchi. botte
1
nf bog‘lam, bog‘, o‘ram, to‘plam, uyum; botte de roses gul dasta. botte 2
nf etik; bottes à l’écuyère qo‘nji tizzadan baland etik; bottes de feutre piyma, kigiz etik. botte 3
nf qilich bilan beriladigan zarba; fausse botte yolg‘ondakam hamla qilish (qilichbozlikda); allonger une botte zarba bermoq; parer une botte zarbani qaytarmoq; porter, pousser une botte à qqn kutilmaganda juda qattiq zarba bermoq. botter vt 1. etik tikib bermoq; 2. etik kiydirmoq; être bien botté yaxshi oyoq kiyimini kiyib yurmoq; cela me botte bu meni qoniqtiradi. Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling