Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
fleuve shahar daryo bo‘yida qad ko‘tarib turibdi; 5. e’tiroz bildirmoq; qarshi chiqmoq; qarshilik qilmoq; qarshi gapirmoq; bosh ko‘ tarmoq; s’élever contre l’injustice adolatsizlikka qarshi bosh ko‘ tarmoq; 6. etmoq, ko‘tarilmoq; tashkil qilmoq; mes dépenses s’élèvent à mille francs mening sarf- xarajatlarim ming frankka yetdi; 7. erishmoq, muvaffaq bo‘ lmoq, qozonmoq, ma’lum muddat yoki yaxshi xizmat qilib ko‘ tarilmoq; olmoq; 8. tarbiyalanmoq, tarbiya, ta’lim-tarbiya olmoq, tarbiyalanib yetishmoq, tarbiya ko‘rmoq; une fille s’élève plus facilement qu’un garçon qiz bolani o‘g‘il bolaga nisbatan tarbiyalash osonroq; 9. boqilmoq, parvarish qilinmoq; boqib ko‘paytirilmoq, urchimoq. éleveur, euse n chorvador, chorvachi; éleveur de volaille parrandachi, parrandaboqar. elfe nm elf (skandinav afsonalarida ruh, pari kabi afsonaviy maxluq). élider vt unli tovushni tushirib qoldirmoq; élider un “e” muet talaffuz qilinmaydigan “e”ni tushirib qoldirmoq. éligibilité nf saylanishga yaroqlilik; saylanish huquqi. éligible
adj saylanadigan, saylanish huquqiga ega bo‘lgan. élimer
vt kiyaverib eskirtmoq, kiyaverib to‘zdirmoq, tamom qilmoq; chemise élimée aux manches yengi to‘zgan ko‘ylak. élimination nf 1. chetlatish, chetlashtirish, siqib chiqarish; haydash, aralashtirmay qo‘yish, bartaraf qilish, yo‘qotish; l’élimination des défauts kamchilik, nuqsonlarni bartaraf qilish; l’élimination d’un rival raqibni siqib chiqarish; 2. math tashlash, tashlab yuborish; procéder par élimination tashlab yuborish metodidan foydalanmoq; 3. physiol organizmdan ajralib chiqqan narsa (ter, yiring kabilar). éliminatoire I. adj saralaydigan, saralash; tanlaydigan; chetga chiqarib qo‘yadigan; épreuve éliminatoire saralaydigan, saralash, konkurs sinovi; II. nf sport saralash musobaqasi. éliminer
vt 1. chiqarib tashlamoq; o‘chirmoq, nomini o‘chirib qo‘ymoq (saralash natijasida); les équipes éliminées de la coupe kubok o‘yinlaridan chiqib ketgan jamoalar; éliminer un candidat nomzodni o‘chirib qo‘ymoq; 2. bartaraf qilmoq, yo‘qotmoq, tashlab yubormoq; éliminer les difficultés qiyinchiliklarni bartaraf qilmoq; éliminer les inconnus d’une équation tenglamaning noma’lumlarini tashlab yubormoq; 3. physiol chiqarib yubormoq; ajratib tashlamoq; éliminer les toxines zaharli moddalarni chiqarib tashlamoq (tirik organizmlar hosil qiladigan). élire vt 1. saylamoq, ovoz bermoq; élire un député deputat saylamoq; il a été élu président à l’unanimité u bir ovozdan prezident qilib saylandi; 2. loc élire domicile; ko‘chib borib, ko‘chib kelib joylashmoq; ko‘chmoq, joylashmoq o‘rnashmoq; il a élu domicile à Paris u Parijga joylashdi. élision
nf ling eliziya, unlining tushib qolishi. élite
nf sara, tanlangan kimsa; eng yaxshi namranda (kishi haqida); d’élite ilg‘or, dongdor, sara; eng yaxshi. élixir nm eliksir; damlama, damlab chiqarilgan, so‘rilib chiqqan narsa; l’élixir parégorique opium, ko‘knori damlamasi. elle
(pl elles) pron pers f u; elle n’est pas à la maison u uyda emas; u uyda yo‘q; je travaille avec elle men u ayol bilan birga ishlayman. elles pron pers f pl ular (voir elle). ellipse 1 nf géom ellips (berk egri chiziq). ellipse 2 nf ling ellipsis (so‘z yo‘ki gap bo‘lagining gapda tushib qolishi). ellipsoïde I. nm ellipsoid; la Terre a un ellipsoïde yer ellipsoid shakliga ega; II. adj ellipsoidga o‘xshash, ellipsoidsimon, ellipsga oid; une figure ellipsoïde ellipssimon, ellipsoid shakl. elliptique 1 adj géom ellipsga oid, elliptik, ellips; les fonctions elliptiques elliptik funksiyalar. elliptique 2 adj ling ellipsisga oid; elliptik, ellipsis; noto‘liq, qisqargan (gap, ibora haqida); une construction elliptique noto‘liq, qisqargan birikma. élocution nf nutq, gapirish, so‘zlash tarzi; il a une élocution trop rapide u juda tez gapiradi. éloge nm 1. maqtov, madhiya, maqtovdan iborat nutq; il prononça l’éloge funèbre du disparu u marhumning dafn marosimida nutq so‘zladi; 2. xushomad, tilyog‘lama maqtov; xush yoqadigan gap; faire l’éloge de qqn birovni maqtamoq. élogieusement adj maqtab, madhiya aytib, yaxshilab, maqtov bilan. élogieux, euse adj maqtovli, maqtovdan iborat, maqtov, madhiya; yaxshi; faire un rapport élogieux maqtovli, yaxshi baho bermoq; parler de qqn en termes élogieux biror kimsani maqtab gapirmoq. éloigné, ée adj 1. yiroq, olis, uzoq; uzoqdagi, olisdagi; sa maison n’est pas très éloignée de la gare uning uyi vokzaldan uncha uzoq emas; un parent éloigné uzoq qarindosh; 2. qadimgi, burungi, ko‘p yil o‘tgan; ilgarigi, eski vaqtlardagi; uzoq (vaqtga nisbatan); en ces temps éloignés o‘sha qadim zamonlarda, burungi vaqtlarda; dans un avenir éloigné uzoq kelajakdagi istiqbol; 3. fig biror narsa qilishni ko‘ngliga yoki xayoliga keltirmagan yoki keltirmaydigan, yaqinlashmagan, kelishmagan; to‘g‘ridan- to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan; o‘xshamagan, o‘xshash emas; boshqacha; uzoq; ce récit est très éloigné de la vérité bu hikoya haqiqatdan juda uzoq. éloignement nm 1. uzoqlashtirish; yiroqlashtirish; yo‘qotish, yo‘q qilish, bo‘shatish, chetlashtirish; haydash (ishdan), uzoqqa ko‘chirish; uzoqlashish; yiroqlashish, yo‘qolish; chetlashish; prendre des mesures d’éloignement à l égard de qqn biror kimsani ishdan haydash haqida buyruq bermoq; l’éloignement des usines du centre des villes zavodlarni shaharlar markazidan chetlashtirish; 2. uzoq joy, olis joy, yiroq joy, olis masofa, olislik, yiroqlik, uzoqlik, uzoqdalik; vivre dans l’éloignement de tous odamlardan olisda yashamoq; l’éloignement dans le temps vaqt o‘ tganlik. éloigner I. vt 1. uzoqlashtirmoq, yiroqlashtirmoq, chetlashmoq; chetga chiqarmoq; boshqa joyga surmoq; éloigner la chaise de la fenêtre kursini derazadan uzoqlashtirmoq; 2. kechiktirmoq, keyinga surmoq, orqaga surmoq, keyinga qoldirmoq; cho‘zmoq; ko‘chirmoq (vaqtga nisbatan); éloigner une échéance to‘lov muddatini cho‘zmoq, kechiktirmoq; éloigner l’heure de la rencontre uchrashuvni keyinga surmoq; II. s’éloigner vpr 1. uzoqlashtirmoq, uzoqlashib qolmoq, uzab ketmoq; yiroqlashmoq; jo‘nab ketmoq; il ouvrit la porte et s’éloigna rapidement u eshikni ochib, tezda uzoqlashib ketdi; 2. o‘ tmoq, o‘ tib ketmoq, uzoqlashtirmoq (vaqtga nisbatan) c’est une époque qui commence à s’éloigner bu bizdan uzoqlashib ketayotgan davrdir; 3. fig uzoqlashmoq; chetga chiqmoq, chetlashtirmoq; s’éloigner du sujet mavzudan chetga chiqmoq; cette théorie s’éloigne trop de la réalité bu nazariya haqiqatdan juda uzoq. ÉLONGATION
EMBARQUER
186 élongation nf 1. méd pay cho‘zilishi, to‘qimaning shikastlanishi, et uzilishi; chir cho‘zish, uzaytirish; 2. astron elongatsiya. éloquemment adj gapni o‘rinlatib, o‘rniga qo‘yib, ustalik, chechanlik bilan, chiroyli. éloquence nf 1. gapga chechanlik, ustalik, notiqlik; l’éloquence de Cicéron Sitseronga xos notiqlik; l’art de l’éloquence notiqlik san’ati; ritorika; 2. nutq, notiqlik san’ati; 3. fig mazmundorlik, ma’nodoshlik, ishonarlilik, asoslilik; ifodalilik; l’éloquence des chiffres raqam larning ishonarliligi, yaqqolligi. éloquent, ente adj 1. gapga chechan, gapga usta, gapdon, so‘zamol; notiq; un député éloquent gapga chechan deputat; parler en termes éloquents yaqqol, ochiq oydin gapirmoq; 2. ma’nodor, mazmunli, ta’sirli, yaqqol, ochiq-oydin, ifodali; un silence éloquent ma’nodor jimjitlik; un geste éloquent ma’noli imo-ishora. élu, ue
I. adj saylangan; saylab qo‘yilgan; un président élu saylangan president; II. n 1. saylangan, saylab qo‘yilgan kishi, vakil; les élus du peuple xalq saylagan, saylab qo‘ygan kishi; 2. sevgili, yor, mahbub, mahbuba; 3. taqdir kulib boqqan kishi; xudoning marhamatiga sazovor bo‘lgan kishi. élucidation
nf tushuntirish, anglatish, tushuntirib berish,
ravshanlashtirish, sirini yoki ma’nosini ochib berish; fosh etish. élucider
vt tushuntirmoq, anglamoq, tushuntirib bermoq; ma’nosini ochib bermoq; oydinlashtirmoq; aniqlik kiritm oq, ravshanlashtirmoq; ravshanlik kiritmoq; élucider une question masalaga ravshanlik kiritmoq. élucubration nf siyqa ma’noli asar yoki nazariya, mahmadonachilik, safsata. éluder vt o‘zini chetga olmoq, o‘zini olib qochmoq; chap bermoq; chalg‘ itib, gapni burib, aylantirib qutulmoq; gapni burib, javobdan qutilib qolmoq; éluder une difficulté qiyinchilikdan qochmoq; Il essaie d’éluder le problème muammodan o‘zini olib qochishga harakat qilmoqda. élytre
nm qanot qalqon, qattiq qanot (qo‘ng‘iz va hasharotlarda). émacié, ée adj ozib-to‘zib ketgan, oriq, ozg‘in, rangi bir holatda, ramaqijon; un visage émacié ozg‘in, so‘lg‘in yuz, oriq yuz. émail nm 1. emal, sir (maxsus bo‘yoq); 2. emal (tishning tabiiy qoplamasi); 3. sirlangan san’at buyumlari, sirli narsalar. émailler
vt 1. emal qoplamoq, sirlamoq; 2. litt rang-barang bo‘lib qoplab olmoq; qoplamoq, to‘ldirmoq; des étoiles émaillaient le ciel osmonni yulduzlar qoplab olgan edi; les fleurs qui émaillent les prés o‘ tloqlarni qoplagan gullar; 3. fig nutqni bejab gapirmoq, gapga maqol, matal, kinoya kabilarni qo‘shib gapirmoq; boy, serob, mo‘l-ko‘l bo‘lmoq; émailler un discours de citations sitatalarni qo‘shib gapirmoq (nutqda); le voyage a été émaillé d’incidents sayohat sarguzashtlarga boy bo‘ ldi. émailleur, euse n sirchi, sirlovchi usta. émanation nf 1. pl bug‘, par; is, bo‘y, hid; gaz; 2. taratish, tarqatish, taralish, chiqarish; 3. chim emanatsiya (radiaktiv nurlanishda vujudga keladigan gazsimon mahsul); 4. fig ko‘rinish, namoyon bo‘lish; ifoda; cette assemblée n’est pas l’émanation du peuple bu yig‘ilish xalq istagining ifodasi, namoyon bo‘lishi emas. émancipation nf ozodlik, ozod bo‘lish, qutilish, ozod qilish, erkinlikka chiqarish, erkinsizlikdan qutqarish, l’émancipation des esclaves qullarni ozod qilish; l’émancipation de la femme xotin-qizlar ozodligi; xotin-qizlarni erkinlikka chiqarish; 2. dr yuridik salohiyat berish; l’émancipation d’un mineur norasida, balog‘atga yetm agan bolaning yuridik salohiyatga ega bo‘lishi. émanciper I. vt 1. ozod qilmoq, erkinsizlikdan qutqarmoq, erkinlikka, ozodlikka chiqmoq; émanciper un esclave qulni ozod qilmoq; émanciper le peuple xalqni ozod qilmoq, xalqqa ozodlik bermoq; émanciper la femme ayolni erkinlikka chiqarmoq; 2. dr yuridik salohiyat (yuridik aktlarni bajarish huquqiga ega bo‘lish va o‘z qilmishiga javob bera olish) huquqini bermoq; II. s’émanciper vpr ozod bo‘lmoq, erkinlikka chiqmoq. émaner
vi 1. kelmoq, chiqmoq, tarqalmoq; ajralmoq, ajralib chiqmoq, tarqalmoq, anqimoq; la chaleur émane du four issiqlik pechdan tarqalmoqda; 2. fig chiqmoq, boshlanmoq; kelmoq, kelib chiqmoq; cet ordre émane du ministère bu buyruq vazirlikdan chiqyapti. émargement nm 1. hoshiyadagi yozuv, belgi, qayd; 2. imzo chekish, qo‘l qo‘yish, imzolash, imzolanish; l’émargement d’un contrat shartnomani imzolash; shartnomaning imzolanishi. émarger I. vt 1. hoshiyani kesmoq (sahifa, kitobda); 2. imzo chekmoq, qo‘l qo‘ymoq, imzolamoq; II. vi (à) fig subsidiya olmoq (yordamga beriladigan pul, mablag‘); émarger au budget de l’Etat davlat budjetidan subsidiya olmoq. émasculer vt 1. bichmoq, axta qilmoq (hayvonlar haqida); 2. fig eng kerak joyini, mag‘zini olib tashlamoq; bemazalashtirmoq; mazmunini kambag‘allashtirmoq; ta’sirsiz qilib qo‘ymoq; sayozlashtirmoq, ma’zasini qochirmoq; émasculer un projet proyektni mag‘zini olib tashlamoq; émasculer la phrase gapning mazasini qochirmoq. émaux
voir émail. emballage nm 1. joylash, o‘rash; emballage de livres kitoblarni joylash, o‘rash; 2. tara, mahsulot o‘raladigan yoki joylanadigan narsa (qop, yashik, karton, qog‘oz); un papier d’emballage narsa o‘raladigan qog‘oz; consigner l’emballage tara uchun pul olmoq. emballement nm 1. qiziqish, berilib ketish, ishqibozlik; son emballement pour le sport n’a pas duré uning sportga ishqibozligi uzoqqa cho‘zilmadi; 2. ehtiros, qizg‘inlik, qiziqqonlik; qoni qaynash, g‘azablashish; 3. techn eng yuqori rejimda ishlatish. emballer
1 vt 1. o‘ralmoq, joylamoq, qog‘oz xaltalarga solmoq; emballer des fruits mevalarni joylab o‘ramoq; emballer de la vaisselle idish- tovoqlarni o‘rab bog‘lamoq; 2. fam qamoqqa, hibsga yoki qo‘lga olmoq, qamoqqa olib ketmoq; les flics l’ont emballé hier matin kecha ertalab politsiyachilar uni hibsga oldilar. emballer 2 I. vt 1. techn emballer son moteur motorni eng katta tezlik bilan aylantirmoq; motorni eng katta tezlikda ishlatmoq; 2. fam g‘oyat zavqlantirmoq; qoyil qoldirmoq; ça ne m’emballe pas bu meni qoyil qoldirmaydi; II. s’emballer vpr 1. olib qochmoq, olib qochib ketmoq (ot); son cheval s’emballa uni oti olib qochdi; 2. bor kuchi bilan, zo‘riqib ishlamoq (motor); 3. fig qiziqtirmoq, berilib ketmoq, ishqiboz bo‘lib qolmoq; s’emballer pour le ski chang‘ida uchishga berilib ketm oq; 4. qizishmoq, jahli, achchig‘i chiqmoq; qoni qaynamoq; g‘azabga minmoq; il s’emballe pour rien u bekordan-bekorga qizishyapti. emballeur, euse n o‘rovchi, upakovkachi, upakovka qiluvchi, taxlovchi, joylovchi; qadoqlovchi. embarcadère nm pristan, bandargoh (kemalar to‘xtaydigan joy); prichal (kema, dirijabl kabilarni bog‘lab qo‘yadigan joy). embarcation nf kichik hajmdagi kema; qayiq. embardée nf yo‘nalishning keskin o‘zgarishi; birdan, keskin burilishi (kema, mashina haqida); la voiture a fait une embardée pour éviter un cycliste velosipedchini urib yubormaslik uchun mashina keskin yo‘nalishini o‘zgartirdi. embargo
nm embargo (1. chet el mollarini mamlakatga keltirish yoki mamlakatdan chiqarishni davlat tomonidan taqiqlab qo‘yish; 2. chet el kemalarini mamlakatdan chiqarmaslik); mettre l’embargo sur les navires ennemis dushman kemalarini portda ushlab qolmoq; lever l’embargo embargoni bekor qilmoq. embarquement nm 1. chiqish, o‘ tirish, minish (transport vositasiga); 2. yuklash, joylash, joylashtirish; le quai d’embarquement pristan (kemalar to‘xtaydigan joy). embarquer I. vt 1. odam qo‘ymoq, odam chiqarmoq; yuk ortmoq (transport vositasiga); embarquer des marchandises Tovar, mollarni yuklamoq; bortga yuk ortmoq; 2. shiddatli to‘lqinga yo‘liqmoq, duchor bo‘lmoq; le bateau a embarqué kemani, palubani suv bosdi; 3. fam hibsga olmoq; la police est venu pour l’embarquer politsiya uni olib ketmoq uchun keldi; 4. fam o‘g‘irlab olib ketmoq; les voleurs ont embarqué tous les objets de valeur o‘g‘rilar barcha qimmatbaho narsalarni olib ketdilar; 5. fam aralashtirmoq, tortmoq; on l’a embarqué dans une sombre affaire uni shubhali ishga tortdilar; II. vi 1. o‘ tirmoq, chiqmoq, minmoq (transport vositalariga); 2. palubadan oshib kirmoq (to‘lqin haqida); III. s’embarquer vt 1. kemaga o‘ tirmoq, kemaga chiqmoq; ils se sont embarqués hier pour le
EMBARRAS
EMBOUTEILLER
187 Maroc ular kecha kemaga o‘ tirib M arokashga jo‘nab ketdilar; 2. biror shubhali ishga aralashmoq. embarras
nm 1. to‘siq, to‘sqinlik, g‘ov; tiqilinch, tirband; tiqilish, tiqilib qilish; halaqit; susciter des embarras à qqn biror kimsaga halaqit qilmoq; 2. fig mushkullik, qiyinlik; g‘am, tashvish; il me donne beaucoup d’embarras u menga ko‘p tashvish keltiryapti; je suis dans un grand embarras men juda mushkul ahvoldaman; tirer d’embarras mushkul ahvoldan qutqarmoq; causer de l’embarras tashvishga qo‘ymoq; 3. hijolat bo‘lish, dovdirash; il ne pouvait pas cacher son embarras u hijolatchiligini yashirolmas edi; 4. qiyshanglash, qiliq; o‘zini katta olish, gerdayish, kekkayish; kibrlanish; 5. méd embarras gastrique me’da buzilishi, qabziyat bo‘lish yoki ich buzilishi. embarrassant, ante adj 1. qiyin, mushkul, mashaqqatli, og‘ir; un problème embarrassant mushkul muammo; une situation embarrassante og‘ir, mashaqqatli vaziyat; une question embarrassante mushkul masala; 2. qo‘pol, beso‘naqay, bahaybat; og‘ir; des bagages embarrassants beso‘naqay katta yuk. embarrassé, ée adj 1. uyib tashlagan, liq to‘ldirgan, to‘lgan; g‘aram qilib tashlangan; to‘silgan, tirband bo‘lgan; une pièce embarrassée de meubles mebel to‘la xona; mebel uyib tashlangan xona; 2. tang, cheklangan, erkin bo‘lmagan, siqiq, ziq (harakat haqida); 3. méd buzilgan (me’da haqida); j’ai l’estomac embarrassé mening me’dam buzilibdi; 4. fig mushkul, qiyin ahvolga tushgan; hijolatda qolgan, hijolat tortgan, uyalib qolgan; je suis très embarrassé pour vous répondre sizga javob berishim mushkul; 5. chalkash, chigal, chigallashgan, chatoq, tushunib bo‘lmaydigan. embarrasser I. vt 1. qiyin, og‘ir ahvolga solmoq, qiynab qo‘ymoq, xijolat qilmoq; halaqit bermoq; je suis vraiment embarrassé men qiyin ahvolda qoldim; men hijolatdaman; 2. o‘ynab tashlamoq; to‘smoq, to‘sib qo‘ymoq; embarrasser la rue ko‘chani band qilmoq, ko‘chani to‘sib qo‘ymoq; 3. uyaltirmoq, uyaltirib qo‘ymoq; II. s’embarrasser vpr 1. adashib qolmoq, gapidan tutilmoq; gangib qolmoq; chatoqlashmoq, chigallashmoq; il s’embarrassa dans ses explications u gapidan adashib qoldi; 2. band bo‘lmoq; urinmoq, urinib yotmoq; kuymalanmoq, ovara bo‘lmoq; s’embarrasser de vieux papiers eski qog‘ozlar bilan kuymalanmoq, band bo‘lmoq. embauchage nm yollash; qabul qilish, olish (ishchi, ishchi kuchi haqida). embauche
nf yollash; qabul qilish, olish (ishchi, ishchi kuchi haqida); bureau d’embauche ishga yollash idorasi. embaucher vt yollamoq; ishga jalb qilmoq, olmoq; l’usine embauche des ouvriers zavod ishchilar yollamoqda; ici on embauche ishchilar qabul qilinadi. embaumement nm balzamlash; mo‘miyolash (maxsus moddalar yordami bilan murdani chirimaydigan qilish). embaumeur nm balzamlovchi, mumiyolovchi (murdani). embaumer
vt 1. 1. balzam lamoq; mumiyolamoq (maxsus moddalar yordamida murdani chirimaydigan qilmoq); un corps embaumé mo‘miyolangan jasad; 2. xushbo‘y hidga to‘ldirmoq; 2. vi xushbo‘y hid sochmoq, xush is tarqatmoq, anqimoq; ces fleurs embaument bu gullardan xushbo‘y hid anqimoqda. embellie
nf havoning qisqa muddatga ochilishi. embellir
I. vt 1. bezamoq, bezatmoq, yasatmoq; embellir sa maison uyini yasatmoq; 2. go‘zallashtirmoq; ko‘rkamlashtirmoq, go‘zal, chiroy li ko‘rsatmoq; ochib yubormoq; cette robe l’embellit bu ko‘ylak uni ko‘rkamlashtirib yubordi, uni ochib yubordi; 3. fig pardoz berib, bezab gapirmoq, o‘zidan qo‘shib gapirmoq, gapga to‘n kiydirmoq, bo‘rttirmoq, bo‘rttirib ko‘rsatmoq; ne cherchez pas à embellir la situation vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatishga urinmang; II. vi go‘zallashmoq, chiroyli bo‘lib ketm oq, ochilmoq, husni ochilmoq, yaxshilanmoq; cette jeune fille embellit de jour en jour bu qiz kundan-kunga go‘zallashib ketmoqda; ne faire que croître et embellir tobora ahamiyatli bo‘lib, ortib bormoq; ses dettes ne font que croître et embellir u bo‘g‘zigacha qarzga botgan, u itga suyak, mushukka bez.
embellissement nm 1. bezash, bezatish, yasatish; l’embellissement d’un parc bog‘ni bezatish; 2. fig o‘zidan qo‘shib gapirish, bo‘rttirish, gapga pardoz berish, mubolag‘a, lof qilish. emberlificoter vt 1. fam adashtirmoq, chalg‘itmoq, chalkashtirmoq, chigallashtirmoq, boshini aylantirmoq, gangiratmoq; emberlificoter un client mijozni gangiratmoq; 2. yo‘ldan urmoq, yo‘ldan adashtirmoq, ozdirmoq; ahmoq qilmoq, chuv tushirmoq. embêtant, ante adj zeriktiradigan, zerikarli, jonga tegadigan, bezor qiladigan; c’est un livre bien embêtant bu zerikarli kitob. embêtement nm ko‘ngilsizlik, ko‘ngilsiz, noxush voqea, g‘am, tashvish, notinchlik; j’ai assez d’embêtements comme ça shunday ham tashvishim ortib yotibdi; il m’a causé toutes sortes d’embêtements u meni ne kuylarga solmadi. embêter
I. vt 1. zeriktirmoq, zeriktirib yubormoq, bezor qilmoq, jonga, me’daga tegmoq, biror holatga solmoq; ce livre m’embête bu kitob meni zeriktiryapti; 2. g‘ashini keltirmoq; jig‘iga tegmoq, achchig‘ini chiqarmoq; Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling