Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

MA‘RUZA № 12. 
O‘LCHAMLAR ZANJIRLARINI HISOBLASH 
REJA: 
 
1. Asosiy tushunchalar 
2. Texnologik o‘lchamlarni hisoblash 
3. Amaliy masala yechish 
4. Yig‘uv aniqligiga erishishning asosiy usullari 
5. To‘la, to‘lamas va guruhli o‘zaro almashinuv usullari 
6. Rostlash va moslashtirish (podgonka) usullari 
7. O‘lchamlik zanjirlarni hisoblash tartibi 
 
3.4.1-§. Asosiy tushunchalar 
Кonstruktor tomonidan loyihalangan har qanday buyum-mashina, agregat, qism 
yig‘ma birliklardan tashkil topgan bo‘ladi. Bularning aniqligi esa o‘z navbatida
ma‘lum o‘lchamlar zanjirini hisob-kitob qilish asosida amalga oshiriladi. 
O‘lchamlar zanjiri deb, bir o‘lcham aniqligiga ta‘sir etuvchi va berk kontur 
hosil qiluvchi o‘zaro birlashtirilgan o‘lchamlar to‘plamiga aytiladi (3.10-rasm). 
O‘lchamlar zanjirining zvenosi deb, yuzalar oralig‘idagi (o‘qlararo) masofani 
yoki ularning burchakli joylashuvini aniqlovchi o‘lchamga aytiladi. 
Berkituvchi zveno deb, qism yoki butunlay mashina detallarining aniqligiga 
asosiy talablar qo‘yuvchi o‘lchamga aytiladi. 
Har bir o‘lchamlar zanjiri bitta berkituvchi va ikki yoki undan ko‘proq tashkil 
etuvchi zvenolardan tuzilgan bo‘ladi. Tashkil etuvchi zvenolar berkituvchi zveno 
nominal qiymatini oshirsa (+) musbat deb ataladi, agarda kamaytirsa (-) manfiy deb 
ataladi. 
3.10-rasm. Yig‘ish o‘lchamlar zanjiri sxemasi: a-ishchi chizma, b-zanjir sxemasi. 


Masalan, 3.10, b-rasmda: A1, A2, A3 o‘lchamlar berkituvchi zveno qiymatini 
kamaytiradi va ishoralari (-); A4 o‘lcham esa berkituvchi zveno qiymatini oshiradi
demak ishorasi (+). 
Tashkil etuvchi zvenolarning xatoliklari berkituvchi zveno aniqligiga turli 
darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Tashkil etuvchi zvenolarning berkituvchi zvenoga ta‘sir 
etuvchi koeffitsientiga uzatma nisbati deyiladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling