Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rostlash usuli
- Keltirish (moslashtirish) usuli
almashinuv usulida olingan har qanday birikmada hosil bo‘lishi kerak, unda bu talabni
asosiy tenglama va o‘lchamlar zanjirlari nazariyasining bir nechta qoidasi yordamida osongina tekshirib ko‘rish mumkin. To‘la o‘zaroalmashinuv usuliga mos keluvchi birikmalarga misol qilib; «HT-250 tokarlik RDB dastgohining old babkasi tezliklar qutisi tishli g‘ildiraklari», «lampochka va patron», «vilka va rezetka» va shunga o‘xshash. ko‘p birikmalarni ko‘rsatish mumsin. 2. Yig‘ishni to‘lamas o‘zaroalmashinuv usuli bilan ham bajarish mumkin. Bu holda birlashtiriluvchi detallar o‘lchamlarining qo‘yimlari oldingi holga qaraganda kattaroq qabul qilinadi. Unda berkituvchi zvenoning talab etilgan aniqligi ta‘minlangan bo‘ladi, biroq hamma ob’ektlarniki ham emas. Berilgan sifatdagi ob’ektlarning soni ehtimollik nazariyasi apparati yordamida aniqlanadi. Berilgan sifatga ega bo‘lmagan ob’ektlarni berkituvchi zvenosini zarur bo‘lgan o‘lchamlarga erishish uchun qo‘shimcha harajatlar, ma‘lum sharoitlarda deyarli kichik bo‘lishi mumkin. 3. Berilgan o‘lcham yoki o‘tqazish guruhli o‘zaroalmashinuv usuli bilan ta‘minlanishi mumkin. Bu holda konstruktorlik qo‘yim texnolognikdan kichik, ya‘ni detallarni tayyorlash natijasida olinadi. Hamma ishlovdan keyin olingan detallarni guruhlarga sortlab ajratiladi, keyin tegishli o‘tqazishni tegishli guruhlardagi qamraluvchi va qamrovchi detallarni tanlab olish bilan ta‘minlanadi. Har bir detallar juftligini tanlab olish vaqti sezilarli har xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun guruhli o‘zaroalmashinuv usuli keltirilgan ko‘rinishda oqimli ishlab chiqarish usulida qo‘llash mumkin emas. Guruhlar soni n quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi, vк IT ак IT vt IT аt IT n ) ( ) ( ) ( ) ( , bunda , ) ( at IT vt IT ) ( - tegishlicha qamraluvchi va qamrovchi detallarning texnologik qo‘yimlari. , ) ( ak IT vk IT ) ( - tegishlicha qamraluvchi va qamrovchi detallarning konstruktorlik qo‘yimlari. 3.4.6-§. Rostlash va moslashtirish (podgonka) usullari 4. Rostlash usuli bilan yig‘ish shundan iboratki, o‘lchamlar zanjiriga kiruvchi, detallar o‘lchamlari, texnologik qo‘yimlarga ega, ya‘ni mazkur ishlab chiqarishda ta‘minlanuvchi aniqlik bilan tavsiflanadi, biroq berkituvchi zveno o‘lchamga ega yoki kompensatsiyalovchi zveno hisobiga o‘tqazishni kafolatlaydi (3.14, a-rasmda shayba 1 yoki 3.14, b - rasmda vtulka 2 kompensatsiyalovchi zveno bo‘lishi mumkin, uni yig‘ish jarayonida rostlash, rostlashdan keyin esa mahkamlash mumkin). 3.14-rasm. Yig‘ish sxemalari: (a, b) - rostlash, (v) - keltirish (moslashtirish). 5. Keltirish (moslashtirish) usuli bilan yig‘ish zarur bo‘lgan o‘lchamlarni arralab jilvirlash bilan, sheverlash va shunga o‘xshash, hamda shuningdek yig‘ish zanjiriga kiritiluvchi maxsus detalni qo‘llab, ta‘minlash imkonini beradi. Shuningdek zarur bo‘lgan oldingi holdagi tirqish 3 vtulkani (3.14, b-rasm) yon yuzasiga qo‘shimcha ishlov berish (moslashtirish) bilan ta‘minlash mumkin. Berilgan o‘lchamga erishishning bunday usuli yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Yig‘ish usulini tanlash ishlab chiqarishni turiga bog‘liq va o‘lchamlar zanjirlari yordamida tahlil qilinadi. To‘la o‘zaroalmashinuvchanlik usulini odatdagidek kalta va sodda zanjirlar uchun qo‘llaniladi. Boshqa hollarda to‘lamas o‘zaroalmashinuv usulini qo‘llash qulay hisoblanadi. Har bir qabul qilingan usulni iqtisodiy tomonda turib zaruriy tahlil qilish kerak. Berkituvchi zveno aniqligini oshirishning uch yo‘li: Har bir zvenoning aniqligini oshirish bilan berkituvchi zveno taqsimot maydoni W ni qisqartirish. O‘lchamlar zanjirlarining tashkil etuvchi zvenolarining sonini (m) kamaytirish yo‘li bilan. Har bir tashkil etuvchi zvenoning uzatma nisbati - Аi Ао miqdorini kamaytirish yo‘li bilan. Sanab chiqilgan hamma yo‘llarni qo‘llash eng yuqori iqtisodiy samaradorlikni beradi. 3.4.7-§. O‘lchamlik zanjirlarni hisoblash tartibi 1. Qismning berilgan chizmasi bo‘yicha uning berkituvchi zvenosini aniqlash. 2. Tashkil etuvchi zvenolarni aniqlash. 3. Zanjir eskizi va sxemasini tuzish. 4. Berkituvchi zveno qo‘yimini belgilash. 5. Texnologik amallarni va zanjirni tashkil etuvchi zvenolarning qo‘yimini belgilash. 6. Uzatma nisbatini aniqlash. 7. Zanjir tenglamasini tuzish. 8. Berkituvchi zveno o‘lchamining nominal qiymatini aniqlash. 9. Zanjir tashkil etuvchi zvenolar qo‘yimlari maydonlari o‘rtasining koordinatalari i c A E ni aniqlash. 10. Berkituvchi zveno o‘lchamining taqsimlanish maydoni o‘rtasining koordinatasi 0 A E c ni aniqlash. 11. Berkituvchi zveno o‘lchami taqsimlanish maydonining yarmi ni aniqlash. 12. Aniqlikka erishish usulini topish. 13. Кompensatsiyalash miqdori va usulini aniqlash. 14. Кompensatsiyalash jarayonida berkituvchi zveno og‘ish maydoni o‘rtasining koordinatasi k ni aniqlash. 15. Кompensator o‘lchamlarining YuCh va QCh og‘ishlarini aniqlash. 16. Zanjir tashkil etuvchi zvenolar o‘lchamlari va ruxsat etilgan og‘ish chegaralarini belgilash [3] da batafsil bayon etilgan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling