Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Кompensatsiyalovchi zveno deb, berkituvchi zveno xatoligini kamaytirish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
Кompensatsiyalovchi zveno deb, berkituvchi zveno xatoligini kamaytirish
maqsadida, tashkil etuvchi zvenolarning xatoliklarini kompensatsiyalash uchun ishlatiluvchi zvenoga aytiladi. 3.5-jadval. O‘lchamlar zanjirlarining tasnifi Tasniflash xususiyati O‘lchamlar zanjirining nomi Tavsifnomalari Mahsulotdagi Har bir detal uchun Bir detal yuzalari yoki o‘qlarining nisbatan joylashishi va aniqligini aniqlaydi. o‘rni bo‘yicha Yig‘ish Mashinaning yig‘ilgan mexanizmda qaysi bir parametrining nisbatan joylashishni va aniqligini aniqlaydi. Aniqlikka erishish usuli bo‘yicha Кompensatorsiz Tashkil etuvchi zvenolarning talab etilgan aniqligi o‘zaroalmashin uv - chi detallar bilan ta‘minlalaydi. Кompensator bilan Berkituvchi zvenoning talab etilgan aniqligiga kompensator yordamida amalga oshiriladi. Zvenolarning joylashishi bo‘yicha To‘g‘ri chiziqli O‘lchamlar zanjirining zvenolari o‘zaro parallel chiziqlarda joylashgan. Yassi O‘lchamlar zanjirining zvenolari bitta yoki birnechta parallel tekisliklarda joylashgan. Fazoviy O‘lchamlar zanjirning zvenolari parallel bo‘lmagan tekisliklarda joylashgan. O‘zaro bog‘lanish xarakteriga qarab Mustaqil Hamma zvenolar bitta o‘lchamlar zanjiriga kiradi. O‘zaro bog‘liq Bitta yoki birnechta zvenolar, ikkita yoki ko‘proq o‘lchamlar zanjiriga kiradi. 3.4.2-§. Texnologik o‘lchamlarni hisoblash Texnologik o‘lchamlar zanjiri ishlov berish yoki yig‘ish amallarini bajarishda, jihozlarni sozlashda yoki amallararo o‘lchamlarni va qo‘shimlarni hisoblashda yuzalar, chiziqlar, detallar yoki buyumlar nuqtalari oralig‘idagi masofani aniqlash imkonini beradi. Bu yerda eng muhim yechim o‘lchamlar zanjirlarini berkituvchi zvenolarini aniqlash hisoblanadi. Berkituvchi zveno texnologik qo‘yim sifatida ham berilishi mumkin, u konstruktor belgilagan qo‘yim bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida tayyorlangan detallar yoki yig‘ilgan mashinalar sifati to‘g‘risida aniq bir fikr aytish mumkin bo‘ladi. Texnologik qo‘yim kichik bo‘lishi kerak, hech bo‘lmaganda konstruktornikiga teng. Agar bu shartlarga rioya qilinmayotgan bo‘lsa, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini o‘zgartirish zarur. O‘lchamlar zanjirlari yordami bilan hisoblashlarda ba‘zi bir qoidalarni qo‘llash zarur. O‘lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattalashtirish natijasida berkituvchi zveno kattalashsa, kattalashtiruvchi zveno deb ataladi va A i bilan belgilanadi. O‘lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattalashtirish bilan berkituvchi zveno kichiklashsa, kichiklashtiruvchi zveno deb yuritiladi va A i bilan belgilanadi. Tayyorlanuvchi detal yoki yig‘iluvchi mashina uchun kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi zvenolar ko‘rinishidagi bo‘laklarni tasvirlovchi tegishli zanjirli sxemalar tuziladi (3.10- rasm). Bu rasmda keltirilgan zanjirda A4 kattalashtiruvchi zveno, A1, A2 va A3 lar kichiklashtiruvchi zvenolar hisoblanadi. O‘lchamlar zanjirlari yordamida, qoida bo‘yicha ikkita masala yechiladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling