Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

1) amilodekstrinlar (o„rtacha molekulalar massasi 10000 u.b 
atrofida) – yod ta‟sirida ko„k-binafsha rangga bo„yaladi. Feling 
reaktivini maltozalarga nisbatan 1% ga qaytaradi
2) eritrodekstrinlar (o„rtacha molekulyar massasi 6000-4000 u.b) – 
yod ta‟sirida qizil-qo„ng„ir rangga bo„yaladi, Feling reaktivini maltozaga 
nisbatan 2-3% ga qaytaradi; 
3) axrodekstrinlar (o„rtacha molekulyar massasi 3700 u.b) – yod 
ta‟sirida deyarli bo„yalmaydi, 70% spirtda eriydi, Feling reaktivini 
maltozaga nisbatan 10% ga qaytaradi. 
4) maltodekstrinlar (o„rtacha molekulyar massasi 1000 u.b) – yod 
ta‟sirida deyarli bo„yalmaydi, Feling reaktivini maltozaga nisbatan 30-
40% ga qaytaradi. 
α– amilaza unayotgan donli urug„lar, soya urug„larida va kartoshka 
mevasida ko„proq uchraydi. 
β – amilaza fermenti kraxmaldagi α – glikozid 1:4 bog„larini tartibli 
ravishda, bir chetdan ketma-ket maltoza qoldiqlarini polisaxaridlar 
zanjiridan gidrolizlaydi. β – amilazani qandlovchi ferment deb ataydilar. 
Glyukoamilaza fermenti koʻproq mogʻor zamburuglarida uchraydi. 
Glyukoamilaza fermenti ta‟sirida kraxmalning 1:6 va 1:4 glyukozid 
gidroksil bog„lari gidrolizlanib glyukoza molekulalari hosil bo„ladi. 
Amilaza fermentlari preparatlari oziq-ovqat sanoatida keng 
qo„llaniladi. Spirt sanoatida kraxmalni qandlashda, non tayyorlashda 
xamir tarkibidagi bijg„iydigan qandlar miqdorini oshirishda ishlatiladi. 
Undirilgan bug„doy va arpa faol holatdagi α- va β-amilazalar bo„lib, 
ular suvda yaxshi eriganligi uchun, suvli eritma holida ajratib olinadi. α- 
va β-amilaza fermentlari har xil temperaturada va muhitlarda o„z 
faolligini namoyon qiladi. Ularning shu xususiyatlaridan foydalanib bir-
biridan ajratish mumkin. β-amilaza 70

C gacha qizdirilganda 
parchalansa, α-amilaza faol holda saqlanib qoladi. β-amilaza muhitning 
pH-4,8 qiymatida optimal faollikka ega bo„lsa, α-amilaza faolligini 
yo„qotadi. Tekshiriladigan mahsulotlar: kraxmal eritmasi, undirilgan 
arpa. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling