Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini
Natijani hisoblash. Avval olingan 10 ml kraxmal gidrolizati
tarkibidagi glyukoza miqdori aniqlanadi, so„ngra olingan o„simlik materiali tarkibidagi kraxmal miqdori tubandagi formula yordamida topiladi: (5.1) X – izlanayotgan kraxmal miqdori (5 hisobida); A – olingan 10 ml gidrolizat tarkibidagi glyukoza miqdori (mg); 23 B – kraxmal-yod kompleks cho„kmasini hosil qilish uchun olingan ekstrakt miqdori (ml hisobida); 0,9 – glyukozani kraxmalga aylantirish uchun berilgan koeffitsiyent; 50 – kraxmalni ekstraksiya qilishdagi xlorid ekstraktining hajmi (ml hisobida); 25 – kraxmalni gidroliz qilgandan keyingi eritma miqdori (ml); H – o„simlik to„qimasidan olingan quruq modda miqdori (ml); 100% ga o„tish koeffitsiyenti. Sinov savollari: 1. Oziq-ovqat sanoatida foydalaniladigan o„simliklar dunyosida eng ko„p tarqalgan muhim polisaxaridlardan birining nomini ayting. 2. Asosiy oziq-ovqat manbai bo„lib, o„simlik donlaridan arpa, makkajo„xori va guruchda necha foiz kraxmal mavjud? 3. Kraxmal molekulalari qanday tarkibiy qismlardandan iborat? 4. Mahsulot tarkibidagi kraxmalni aniqlash qanday reaksiyaga asoslangan? 5. Kraxmalni qanday fermentlar parchalaydi? 6-laboratoriya ishi - amilaza fermentining dekstirlanish qobiliyatini aniqlash Ishdan maqsad: Amilaza fermentlarini ajratib olish. α-amilaza fermentining dekstirlanish va bu jarayonga ta‟sir qiluvchi omillarni ko„rib chiqish. Amilazalar – kraxmalni gidrolizlovchi, gidrolizlar sinfining glyukozid gidrolizlar sinfchasiga kiruvchi fermentlardir. Amilazalar tabiatda juda keng tarqalgan fermentlar hisoblanadi: 1) -amilazalar (K.F.3.2.1.1); 2) -amilazalar (K.F.3.2.1.2); 3) glyukoamilazalar (K.F.3.2.1.3). -amilaza odam va hayvon organizmida (so„lak va oshqozon osti bezi shirasida), undirilgan boshoqlarda (solod) ko„p miqdorda bo„ladi. -amilazalar kraxmal va unga o„xshash polisaxaridlarda – glikozid 1:4 bog„larni tartibsiz ravishda gidrolizlaydi. Bunda dekstrinlar va ozroq miqdorda maltoza hosil bo„ladi. -amilazani dekstrinlovchi fermentlar deb ataydilar. Shu fermentlar ishtirokidagi kraxmal gidrolizining oraliq mahsulotlari dekstrinlar to„rt xil bo„ladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling