Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Solodni qandlashtiruvchi faolligini aniqlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Solodni qandlashtiruvchi faolligini aniqlash. 3 ta tubi tekis hajmi 
100 ml kolbalarga pipetka orqali 10 ml dan 0,1% eruvchan kraxmal 
eritmasidan solib, uni 15 minut davomida 40

C haroratda suv 
hammomida qizdiramiz. Soʻngra kolbani suv hammomidan olmay turib, 
1 – kolbaga 2 ml α – amilaza eritmasi, 2 – kolbaga β – amilaza eritmasi, 
3 – kolbaga solodning asosiy eritmasidan 2 ml solinadi. Probirkalar 
ichidagini aralashtirib shu haroratda 20 minut ushlab turiladi. Shundan 
soʻng fermentativ gidroliz toʻxtatilib, 3 ta kolba qaynab turgan suv 
hammomida qizdiriladi. 
3 ta kolbani har biridan hosil boʻlgan gidrolizatni 1 ml dan olib
alohida kolbaga solinadi. Bu kolbalarga avvaldan Feling I va Feling II 
reaktivlari aralashmasi solingan boʻlishi kerak. Oqsil boʻlgan eritmalarni 
5 minut davomida qaynab turgan suv hammomida qizdiriladi. 
Choʻkmaga tushgan mis I oksidiga qarab Cu
2
O. Gidroliz jarayonini va 
hosil boʻladigan qaytarilgan qandlarni miqdorini baholanadi. 
Olingan natijalar asosida α va β –amilazalar ta‟sirini turlicha 
ekanligini xulosa qilamiz.
 
Sinov savollari: 
1. Solodning qandlashtiruvchi faolligi qanday aniqlanadi? 
2. Solodning amilolitik faolligi qanday aniqlanadi? 
3. Amilolitik faollik deganda nimani tushunasiz? 
4. Solodga ta‟rif bering? 
 


66 
18-laboratoriya ishi 
Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy va energetik qiymat 
kartasini tuzish 
 
Ishdan maqsad: Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy va energetik 
qiymatini, ularning kimyoviy tarkibiga asosan hisoblash uslubini 
oʻrganish. Oʻqituvchi bergan variantga mos holda oziq-ovqat 
mahsulotlarini ozuqaviy va energetik qiymatini aniqlash. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling