Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati 
Ovqat hazm qilishning biokimyoviy jarayonini tushunishda, ba‟zi bir 
kasalliklardan ogoh boʻlish va ularni davolashda oziq-ovqat 
mahsulotlarining energetik va ozuqaviy qiymatini bilish muhim rol 
oʻynaydi. 
Bu koʻrsatkichlar yana turli kontingent aholisi uchun ovqatlanish 
ratsionini tuzish uchun hisobga olinadi. Shuning uchun hozirgi zamon 
talablariga 
koʻra 
tayyor 
mahsulot 
etiketkalarida 
oziq-ovqat 
mahsulotlarining energetik va ozuqaviy qiymati koʻrsatilishi shart. 
Energetik qiymat-biologik oksidlanish jarayonida oziq-ovqat 
mahsulotlaridan ajralib chiqadigan va organizmning fiziologik 
funksiyalarini ta‟minlash uchun foydalaniladigan energiyadir. 
Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini bilgan holda 
energetik qiymatini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: 
E = 4,0 B + 9,0 j + 4,0 u + k K
kis
, (18.1) 
 
bu yerda: E – oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati
kkal/100 g; 
B – 100 g mahsulotdagi oqsil ogʻirligi, g; 
J - 100 g mahsulotdagi yogʻ ogʻirligi, g; 
U - 100 g mahsulotdagi uglevod ogʻirligi, g; 
K
kis 
-100 g mahsulotdagi organik kislotalarning massaviy ulushi, g; 
4,0; 9,0; 4,0; k – mahsulotlar tarkibiga kiruvchi, oqsillar, yogʻlar, 
uglevodlar va organik kislotalarga mos keluvchi energetik qiymat 
koeffitsiyenti, kkal/g (18.1-jadval).


67 
18.1-jadval 
Ozuqa moddalari 
Energetik qiymat 
koeffitsiyenti, kkal/g 
Oqsillar 
Yogʻlar 
Har xil uglevodlar 
Umumiy mono va disaxaridlar 
Kraxmal 
Kletchatka 
Organik kislotalar: 
sirka 
olma 
sut 
limon 
4,0 
9,0 
4,0 
3,8 
4,1 
0,0 
3,5 
2,4 
3,6 
2,5 
Insonni energiyaga boʻlgan sutkalik fiziologik talabi koʻpgina 
faktorlarga: hayot tarziga, fizik faollikka, iqlimga, jinsi va yoshiga 
bogʻliq. 
Energiya sarfining muhim qismi asosiy modda almashinuviga (60-
70% atrofida) sarf boʻladi. Bu minimal energiya inson nafas olishi, qon 
aylanishi, ichki sekretsiya bezlarining ishlashi va hayot uchun muhim 
boʻlgan boshqa jarayonlar uchun kerakdir. 
Biologik qiymat – asosan oʻrni qoʻplanmaydigan ovqatlanish omili, 
ya‟ni organizmda sintezlanmaydigan yoki ma‟lum bir miqdorda 
sintezlanadigan, insonning almashinmaydigan aminokislotalarga boʻlgan 
sutkalik fiziologik talabini qondirishni belgilovchi foizlarda aniqlanadi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling