39
10-laboratoriya ishi
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash
Ishdan maqsad: Namlikni quritish usuli orqali aniqlashni
oʻzlashtirish; tekshirilayotgan mahsulotlarning
quruq moddalar massa
ulushini aniqlash.
Jihozlar, asbob va uskunalar: 10 ml hajmdagi byukslar; pipetkalar,
doka, analitik tarozi, quritish shkafi, quritgichli eksikator.
Umumiy ma’lumotlar. Suv – hayot manbaidir. Inson tanasining 2/3
qismi suvdan tashkil topgan. Masalan¸ suvning miqdori qonda – 83%,
miyada – 75%, muskullarda – 75%, terida – 72%, suyaklarda – 22% ni
tashkil qiladi. Hayvonlar organizmini 70% suvdan iborat. Inson suvsiz 2
sutkadan ortiq yasholmaydi, ovqatsiz esa
bir necha hafta yashashi
mumkin.
Suv tirik organizmda boradigan barcha biokimyoviy jarayonlarda
ishtirok etadi. Oziq – ovqat sanoatida
suv texnologik maqsadlarda
ishlatilishi
mumkin,
ya‟ni suv xomashyo hamda oziq-ovqat
mahsulotlarini tarkibida ham boʻlishi mumkin.
Suv eritmalar,
ekstraktlar,
siroplar
olishda
ishlatiladi.
Ichimlik
suvi
inson
salomatligining asosiy komponenti hisoblanadi.
Suv barcha oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kirib,
uning
konsistensiyasi va strukturasiga moslashib, uning tashqi koʻrinishiga,
saqlanishida esa ta‟m va mahsulotlarning barqarorligiga ta‟sir etadi. Suv
oziq-ovqat mahsulotlarida “bogʻlangan” va “erkin” holatda boʻladi.
“Bogʻlangan” suv turlicha
ozuqa komponentlari oqsillar, lipidlar va
uglevodlar bilan bogʻliq. “Erkin” holatdagi
suv biopolimerlar bilan
bogʻlangan va gidrolitik jarayonlarni oʻtishi uchun moslashgan boʻladi.
Suvning xususiyatlaridan biri haroratga bogʻliq boʻlgan holda
zichlikning oʻzgarishidir (2-rasm).