38
dixlorfenolindofenolning
mana
shu
xususiyatidan
foydalanib,
to„qimalardagi aksorbin kislota miqdori aniqlanadi.
Ishning bajarilishi: Na‟matak yoki C vitaminiga boy bo„lgan
o„simlik to„qimalaridan 1-2 g olib, chinni hovonchada 2% xlorid kislota
ishtirokida yaxshilab yanchiladi. Bir xil massa holigacha ezilgan to„qima
50 yoki 100 ml hajmli kolbaga o„tkaziladi. Chinni hovoncha 2-3 marta
xlorid
kislota bilan yuvilib, u ham kolbaga eritma ustiga qo„yiladi.
So„ngra kolbadagi suyuqlik kislota bilan cheklangan
hajmga keltiriladi
va filtrlanadi. Filtrat vitamin C manbai hisoblanadi. Kolbaga filtratdan 5
ml olib, 0,001 n 2,6-dixlorfenolindofenol
eritmasi bilan doimiy och
pushti rang hosil bo„lguncha mikro byuretka yordamida titrlanadi.
Askorbin kislota miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(9.1)
x – o„rganilayotgan to„qima tarkibidagi aksorbin kislotaning miqdori
(mg % hisobida);
a – titrlashga ketgan 0,001 n 2,6- dixlorfenolindofenolning hajmi;
0,088 – 1 ml 2,6-dixlorfenolindofenolga to„g„ri
keladigan aksorbin
kislotaning miqdori;
b
– tahlilga olingan o„simlik to„qimasidan
tayyorlangan
aralashmaning umumiy hajmi (50 yoki 100 ml);
5 – titrlashga olingan o„simlik to„qimasining massasi(mg);
1000 – tekshirishga olingan o„simlik to„qimasining massasi (mg);
100 – % ga o„tish koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: