34
6)
sovun eritmasi;
7) kaliy gidrosulfat tuzi;
8) probirkalar;
9)
suv hammomi;
10) elektr plitka.
Yog„larning oʻziga xos xossalaridan biri ular suvda mutlaqo
erimaydi. Ammo oddiy sharoitda spirtda qiyin,
issiq spirtda esa yaxshi
eriydi. Benzol, efir, xloroform, benzinni va boshqa bir qancha organik
erituvchilar yog„lar uchun eng yaxshi erituvchi hisoblanadi.
Yog„lar suvda erimasdan u bilan aralashib emulsiya hosil qiladi.
Ammo hosil bo„lgan emulsiya turg„un bo„lmaydi. Agar yog„
va suv
aralashmasi ustiga ozroq miqdorda emulgator qo„shilib chayqatilsa,
turg„un emulsiya hosil bo„ladi. Turg„un emulsiya hosil bo„lishiga olib
keluvchi emulgatorlar uchun misol tariqasida oqsil, sovun, soda, ishqor
eritmalarini ko„rsatish mumkin. Yog„ tarkibida glitserin bo„lganligi
uchun ham reaksiyasini beradi. Akrolein o„zining
tabiati jihatidan
qo„lansa hidli to„yinmagan aldegid bo„lib, odatda u glitserindan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: