Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Ishdan maqsad: Eruvchanligi asosida oʻsimlik oqsilini ekstraksiya 
qilish va ularning tahlili. 
Kerakli reaktivlar:
1) bugʻdoy va noʻxat uni; 
2) 10% li va toʻyingan ammoniy sulfat (NH
4
)
2
SO

eritmasi; 
5) ammoniy sulfatning maydalangan quruq tuzi; 
6) 0,2%, 1% va 10% li natriy gidroksidi (NaOH); 
7) 0,1 n va 3% li uksus kislota eritmasi; 
8) biuret reaktivi; 
9) NaCl toʻyingan eritmasi; 
10) quruq NaCl (maydalangan) tuzi; 
11) 70% etil spirti eritmasi. 


45 
Idish va asboblar: Shisha voronkalar, chinni hovoncha, filtr 
qogʻozi, doka, texnik torozi, termostat, 100 ml li tubi tekis kolba
pipetkalar, probirkalar, suv hammomi. 
Oqsillar 
Oqsillar hayotda muhim polimerlar hisoblanadi. Ular aminokislotalar 
qoldigʻidan tashkil topgan boʻlib, oʻzaro piptid bogʻlari bilan bogʻlangan 
boʻladi. Har bir oqsil turi polipiptid bogʻidagi (birlamchi oqsil 
strukturasi) 
aminokislotalar 
ketma-ketligining 
ajoyibligi 
bilan 
tavsiflanadi. Oqsillar tarkibida azot tutuvchi yuqori molekulyar biologik 
polimerlar boʻlib, ular asosan 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. 
Ularning proteinlari (grekcha “protos” – birlamchi, muhim) deb atalishi 
ham bu guruh moddalar birinchi darajali biologik ahamiyatga ega 
ekanligini koʻrsatadi. Hayot jarayonlarining qariyb barchasi oqsil 
moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bogʻliq. 
Oqsillar proteinlar va proteidlarga boʻlinadi. 
Protein – oddiy oqsil; 
Proteid – murakkab oqsil. 
Ular barcha tirik organizmlar, bir hujayrali suv oʻsimliklari va 
bakteriyalar, koʻp hujayrali hayvonlar hamda odam organizmi, tirik 
organizmlar bilan jonsiz tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining 
ajralmas qismini tashkil qiladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling