Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

1. Protaminlar. Oqsillarni eng soddasi boʻlib, ishqoriy oqsillar 
qatoriga kiradi. Bu oqsillar tarkibida arginin va lizin miqdori koʻproq 
(80% gacha) boʻlib, kuchli ishqoriy xossaga ega. Protaminlar suvda 
eriydi, qizdirilganda choʻkmaydi, lekin boshqa oqsillar ta‟sirida 
choʻkmaga tushadi. 
2. Gistonlar. Suvda eriydi, lekin suyultirilgan ammiakda erimaydi. 
Boshqa oqsillar eritmasi gistonlarni choʻktiradi. Ular qizdirilganda 
paydo boʻlgan choʻkmalar suyultirilgan kislotalarda eriydi. Gistonlar 
kuchsiz ishqor tabiatga ega ekanligi bilan boshqa oqsillardan keskin farq 
qiladi. 
Bu 
xususiyat 
gistonlar 
tarkibida 
diaminomonokarbon 
aminakislotarining haddan tashqari koʻp ekanligini bildiradi. Ularning 
izoelektrika nuqtalari ham ishqoriy muhitga toʻgʻri keladi. 
3. Albuminlar. Suvda eruvchi oqsillar boʻlib, qizdirilganda 
choʻkmaga tushadi. Ular barcha hujayralar tarkibida uchraydigan eng 
koʻp tarqalgan oqsillardir. Eritma ammoniy sulfat toʻyingan eritmasi 
bilan toʻyintirilganda choʻkmaga tushadi. Bunday oqsillar boshoqlilar, 


46 
dukkaklilar 
unidan, 
sut, 
goʻsht, 
tuxum, 
zardob 
va 
boshqa 
biomateriallardan ajratib olinadi. 
4. Globulin. Tuzlarning 10% li eritmalarida eriydi, hujayra va 
toʻqimalar tarkibida doim albuminlar bilan birgalikda uchraydi, suvda 
erimaydi, 
qizdirilganda 
koagulyatsiyalanadi, 
suyultirilgan 
tuz 
eritmalarida eriydi, tuz konsentratsiyasi ortishi bilan darhol choʻkmaga 
tushadi. 
5. Prolaminlar va gliadinlar. Bular 70-80% etil spirtida eruvchi 
oqsillar boʻlib, suvda, tuz eritmalarida va mutloq spirtlarda erimaydi. 
Ularning asosiy vakili – gliadin bugʻdoy donining endospermasida 
uchraydi. Prolaminlar qatoriga yana arpa tarkibidagi yogʻ va 
makkajoʻxori doni tarkibidagi zein oqsillari kiradi. Ular tarkibida 
nisbatan koʻp miqdorda prolin aminokislotasi boʻladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling