J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan
Download 246.89 Kb.
|
MISJ 150 SORAW JUWABI MN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy metod
Solishtirish metodi orqali turli xil organizmlar (masalan, bitta tur individlari, har xil turlar yoki sistematik guruhlar), barcha tirik mavjudotlar uchun umumiy bólgan qonuniyatlar órganiladi. Organlar tuzilishi bilan ular funksiyasini taqqoslash orqali organizmlarning yashash muhitiga moslashishini, shuningdek, har xil guruh organizmlarning kelib chiqishi va evolyuciya yólini tushunib olish mumkin. Solishtirish metodiga dastlab Aristotel asos solgan. Bu metod tufayli uyg‘onish davrida qushlar va sutemizuvchilarning ichki tuzilishiga oid yirik asarlar paydo bóldi. Solishtirish metodiga ayniqsa fransuz olimi J.Kyuve (19- asr boshi) ishlarida katta e’tibor beriladi. U qazilma va tirik organizmlarni solishtirib órganish orqali organlar korrelyasiyasi to ‘g‘risidagi ta ’limotni yaratdi; tip tushunchasini ishlab chiqdi. Óha davrda fransuz zoologi Joffrua Sent-Iler barcha hayvonlarni tuzilishining umumiyligi to ‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirib, organlar gomologiyasi tóģrisidagi ta ’limotni yaratilishiga zamin tayyorladi. Rus olimi K.M .Ber murtaklar o ‘xshashligi to ‘g‘risidagi qonunni ochdi. Ch.Darvin ta ’limoti paydo bo‘lishi bilan bu metod yordamida to‘plangan juda katta materiallar òz isbotini topdi. Nemis zoologi va anatomi K.Gegenbaur analogiya va gomologiya tushunchasiga evolyusion prinsipni kiritdi. Bu metod F.M yuller va E. Gekkel ishlarida yanada rivojlantirildi. Ular solishtirish orqali organlar rekapitulyasiyasi, ya’ni biogenetik qonunni asoslab berishdi. Rus olimlari A.O.Kovalevskiy, l.I.M echnikov, A.N.Seversov, I.I.Shmalgauzen, V.A.Dogel, V.N.Beklemishyev va boshqalar evolyusiyaning morfologik qonuniyatlarini ishlab chiqishdi. A.N.Seversov va boshqalar organlar va ular funksiyasining evolyusion o ‘zgarishi yo‘llarini tekshirishdi. V.A.Dogel gomologik organlar polimerizasiyasi va oligomerizasiyasi prinsiplarini yaratdi. V.N.Beklemishev umurtqasiz hayvonlar solishtirma anatomiyasini ishlab chiqdi.
Tarixiy metod organik dunyoning hozirgi va o‘tgan qadimgi davrlaridagi holati to‘g'risidagi dalillarga asoslanib tirik tabiatning rivojlanishini ko‘rsatib berishdan iborat. Tarixiy metod paleontologiya fanining asosiy metodi hisoblanadi. Bu fan qadimgi o ‘simliklar va hayvonlami, ularning qazilma qoldiqlari va hayot faoliyati izlari yordamida o‘rganadi. Odatda paleontologiya paleozoologiya va paleobotanikaga ajratiladi. Bu fanga J.Kyuve (umurtqali hayvonlar), J.B.Lamark (umurtqasiz hayvonlar) va A.Bronyar (o‘simliklar) asos solishgan. Paleontologiyaning asosiy vazifasi hayotning dastlabki davrlaridagi (kembriygacha) evolyusiyasini aniqlash, organizmlar asosiy sistematik guruhlarining shakllanishi, organik dunyoning tarixiy rivojlanish yòllari va davrlarini aniqlab olishdan iborat. Bu ishlar biosferaning shakllanish tarixini va uning kelajagini to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi. Paleontologik tadqiqotlarning natijasi organik dunyo evolyusiyasi asosiy qonuniyatlarini bilib olish va Yer tarixini shartli ravishda ayrim davrlarga bólib o ‘rganish (geoxronologik ja dval tuzish) uchun zarur.Biologiyaning turli tadqiqot metodlari orasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Yaqin o ‘tmishda biologiya tasnifiy va eksperimental tarmoqlarga ajratib kelingan edi. Hozir biologiyaning turli tarmoqlari o ‘rtasida keskin farq yo‘qolib borishi tufayli bunday klassifikasiya ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Download 246.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling