Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- San-Marino.
Aholisi. Italiya aholisi o’rtasida tug’ilish keskin kamayib ketgan. Shimoliy va Markaziy rayonlarida aholining tabiiy o’sishining kamayib ketishiga sabab ba rayonlar sanoatlashgan va urbanizatsiya darajasi rivojlangan rayonlar hisoblanadi. Janubiy rayonlarda ko’p bolalik an’analari saqlanib qolgan janubiy rayonlarda tug’ilish 15-17 promillni tashkil etib tabiiy o’sish esa 7-8 promillni tashkil etadi. 2014 yil ma’lumotiga ko’ra o’rtacha umr ko’rish darajasi 83 yosh, nafaqa yoshi ayollarda 65, erkaklarda 70.
Italiya aholisining 98 foizi italyanlar hisoblanadi lekin tillarida farqi bor. Aholisining o’rtacha zichligi 201,1 kishini tashkil etadi. Sanoati rivojlangan rayonlarda aholi zichligi yuqori bo’lib 400-1000 kishigacha etadi. Yirik shahar aglomeratsiyalarida jumladan Milanda-3,8 mln kishi, Rimda- 3,1 mln kishi, Neapolda 2-mln kishi istiqomat qiladi. Aholisining 68 foizi shaharlarda yashaydi. Iqtisodiy faol aholi 37 foizni tashkil qiladi. Xo’jaligi. Italiya rivojlangan industrial–agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishda Buyuk Britaniyaga etib olgan. Ichki yalpi mahsulot sanoat va qurilishda 41,4 foizni tashkil etib iqtisodiy faol aholining 37,3 foizi band. Qishloq xo’jaligida ichki yalpi mahsulot 5,9 foiz bo’lib iqtisodiy faol aholining 13,3 foizi band. Nomoddiy ishlab chiqarish tamoqlarida yalpi mahsulot 52,7 foiz iqtisodiy aholining49 foizi band. YaIM 2012 yil bo’yicha 2 014 019 mln, jon boshiga 33 115 dolarni tashkil qilgan. Turizm kuchli rivojlangan, YaIM 12 % tashkil qiladi. Dunyo turizm bozorini 5,6 % tashkil qiladi (Evropa Ittifoqida 3-o’rin Ispaniya, Frantsiyadan keyin). Sanoati. Sanoati rivojlangan mamlakat asosan janubiy rayonlarda sanoatning ko’p tarmoqlari joylashgan. Sanoatda iqtisodiy aholining 15 foizi band. Shimoliy G’arbiy rayonda bu ko’rsatkich 40 foizga yaqin. Sanoatning asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya, po’lat eritish, oziq-ovqat, to’qimachilik, kiyim-kechak, poyabzal. Sanoatida 1960-70 yillardan keyin Mashinasozlik tarmog’i keng rivojlandi. Mashinasozlik sanoat markazi vujudga keldi Milan- To’rin- Genuya. Yoqilg’i-energetika sanoati uchun xom ashyo kam. Elektro energiya manbai bilan o’zining ehtiyojining 17 foizini to’ldiradi. Elektro balansida neft bilan 70%, tabiiy gaz bilan- 15%, ko’mir bilan 7-8%, Gidroenergiya va boshqalar bilan 1 foizini to’ldiradi. Etishmagan neft va neft mahsulotlarini Saudiya Arabistonidan, Iroq, Liviya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan keltiradi yiliga 88,5 millionga yaqin neft va neft mahsulotlari keltiradi. Neftni qayta ishlovchi zavodlari port shaharlarda joylashgan. Tabiiy gaz bilan o’z ehtiyojining 1|3 qismini qondiradi qolgan qismini Rossiya, Jazoir, Liviya va boshqa mamlakatlardan keltiradi. Toshko’mir asosan chetdan keltiradi AQSh, JAR, GFR dan olib kelinadi. Elektro energiya ishlab chiqarish yiliga 178 mlrd kvt|s. Ishlab chiqarilgan elektro energiyaning 70 foizi IESlardan asosan mazutda ishlaydi, 26 % GES, 1,5% AES larda ishlab chiqriladi. GES lar asosan Alp tog’larida qurilgan. Mamlakat hududida yirik AES lardan 4 tasi ishlaydi. Qora metallurgiya sanoati asosan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi ishlatiladigan xom ashyoning ¾ qismi metallom shaklida keltiriladi. Italiya Davlat kompaniyasidan “FINSIDER” to’la tsiklga ega bo’lgan zavodlari port shaharlarda jumladan Genuya, Pombino, Neapol va Taranto shaharlarida joylashgan. Eng yirik metallurgiya zavodlaridan biri Tarantoda yiliga 10 million po’lat quyadi. Rangli metallurgiya sanoatining rivojlangan tarmog’i alyuminiy, qo’rg’oshin, rux, magniy, rtutga ixtisoslashgan. Alyuminiy zavodlaridan yiriklari Porto-Vesmeda qurilgan avval shimoli – sharqda qurilgan edi, rux quyish Monteponi, Porto- Vesme shaharlarida yiliga 182 ming tonna ishlab chiqaradi. Qo’rg’oshin quyish asosan Sardiniya orolida olib boriladi yiliga 40 ming tonna qo’rg’oshin quyadi. Mashinasozlik sanoatida asosan transport mashinasozligi rivojlangan avtomobilsozlik keng tarqalgan tarmoq hisoblanadi. Yiliga 1,6 mln avtomashina ishlab chiqarialdi shundan 1,4 mln engil avtomobil ishlab chiqarilgan avtomobillardan 1|3 qismi eksportga ketadi. Yirik mashinasozlik kompaniyalaridan biri “FIAT”. Mashinasozlik tarmog’ida lokamativlar, vagonlar, traktorlar, kemalar, aviasozlik jihozlari ishlab chiqariladi. FIAT ning shtab kvartirasi va yirik zavodi “MIRAF’ORI” To’rin shahrida boshqa zavodlari Pemonta va Lombardiya shaharlarida joylashgan. Mamlakatda yirik avtomobil zavodi “ Alfa – Romeo” Neapol shahri yaqinida joylashgan. Avtomobil zavodlari Milan, Boltsano, Moden shaharlarida, kemasozlik zavodlarining markazi Monfalkone, Genuya, Triest, Spetsiya, Liverno, Taranto kabi markazlarda joylashgan. Avia zavodlari To’rin, Lombardiya, Neapol yaqinidagi joylarda qurilgan. Qishloq xo’jalik mashinasozligidan keng rivojlangani traktorlar ishlab chiqarish. O’zumchilik, bog’dorchilik uchun turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Italiyada keyin rivojlangan yosh sanoat tarmog’idan biri ximiya sanoati hisoblanadi. Ximiya sanoati 70 yillargacha juda tez rivojlandi va Yaponiya kabi mamlakatga etishay deb qoldi. Ximiya sanoatining ixtisoslashgan tarmog’i polimerlar (polietileg) sintetik tola, va boshqa ximiyaviy mahsulotlar ishlab chiqarish. Rivojlangan markazi Shimoli-G’arbiy qismi, shimoli-Sharqda neftximiya, mineral o’g’itlar sintetik kauchuk joylashgan markazi Venetsiya, porto-Margera, Ravenna. Janubiy Italiyada organiq sintez, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish Brindizi, priolo, Augusta, Djela, Kalyari, Porto-torrese va boshqalar. To’qimachilik sanoati Italiyada to’qimachilik sanoati shimoli-g’arbda Lombardiya (Milan, Komo, Vareza, Bergalo, Paviya ) kabi markazlarda juda keng rivojlangan. Markaziy Italiyada asosiy to’qimachilik markazlari Lukka, Pistoya, Florentsiya va Prato shaharlarida joylashgan. To’qimachilik mahsulotlarini eksportga chiqaradi. Qishloq xo’jaligi Italiya xo’jaligida asosiy o’rinlarni egallaydi. Qishloq xo’jaligi go’sht va sut mahsulotlaridan tashqari, mamlakatning boshqa turdagi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondiradi. Haydaladigan erlar mamlakat hududining 32 %, o’rmon va butazorlar 22 %, yaylov va o’tloqlar 17 % tashkil qiladi. Sug’oriladigan maydoni shimoliy rayonlarda 2/3 qismini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i dehqonchilik hisoblanadi. Keyingi tarmoq sabzavotchilik bo’lib yiliga 14 mln tonna mahsulot etishtiradi shu jumladan pomidor 4,5 mln tonna olinadi. G’alla etishtirish keng rivojlangan yiliga 9 mln tonna bug’doy olinib shundan 2/3 qismini Janubiy rayon beradi. Transporti. Italiyaning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarida dengiz transportining roli katta 90% yaqin yuklar dengiz transportida tashiladi. Ichki yuklarni tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta. Dengiz transporti orqali keltirilgan yuklar port shaharlariga Neapol, Milan, To’rin, Florentsiya, Valentsiya kabilar. Andorra. Rasmiy nomi-Andorra Knyazligi. Poytaxti-Andora-la-velya. Hududi-465 km kv. Aholisi-76250 kishi (2012). Davlat tili-katalon. Sig’inuvchilarning asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi-evro. Geografik joylashuvi va tabiati. Evropaning janubi-g’arbida joylashgan (Sharqiy Pireney) davlat. Janub va g’arbda –Ispaniya (chegara uzunligi-63,7 km), sharq va shimolda-Frantsiya (56,6 km) bilan chegardosh. Chegarasining umumiy uzunligi-120,3 km. Mamlakat hududi asosan qoyali tog’lardan iborat, eng yuqori nuqtasi-Kama Pedrosa tog’i (2946 m). Ko’p miqdorda muzlik davrida tashkil topgan ko’llar mavjud. Tabiiy boyliklari:gidroenergiya, mineral suv, temir rudasi, qo’rg’oshin, yog’och. Iqlimi-mo’’tadil. Unitar davlat. Ikkita knyaz-Frantsiya prezidenti va ispaniya episkopining mahalliy vakillari tomonidan boshqariladi. Iqtisodining asosini turizm tashkil qiladi-yiliga 13 mln turist keladi. Sigaretalar, sigaralra, mebel ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Ekinga yaroqli er kamligi uchun oziq-ovqatning asosiy qismi import qilinadi. Chorvachilikning asosiy turi-qo’ychilik. 2010 yilda YaIM miqdori 3300 mln, jon boshiga-44900 dollarni tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari-Frantsiya, Ispaniya. Temir yo’llari yo’q. Avtomobil yo’llarining uzunligi 96 km.Ispaniya va Frantsiya protektorati ostida bo’lgan Andorra 1993 yilda mustaqil davlat deb e’lon qilingan. Vatikan. Rasmiy nomi-Vatikan. Hududi-0,44 kv km. Aholisi-793 kishi (2011). Davlatt tili-lotin va italyan. Davlat dini-xristian dinining katolik mazhabi-100%. Pul birligi –evro. Geografik joylashuvi va tabiati. Italiya poytaxti Rim shahrining g’arbiy qismida (Monte-Vatikano tepaligida), katolik cherkovi boshlig’i Rim papasining rezidentsiyasi hududida joylashgan kichik shahar-davlat. Chegarasining umumiy uzunligi-3,2 km. Cheklanmagan teokratik monarxiya davlati.Vatikan o’z hukumati Rim kuriyasiga ega. Konstitutsion hujjatlari 1929 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig’i Rim papasi. 1996 yil fevralda papa Ioann Pavel 2 tomonidan chiqarilgan yangi konstitutsiyaga muvofiq papa kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning 2G’3 qismiga ega bo’lgan taqdirda, kardinallar hay’ati tomonidan umrbod saylanadi.O’z bayrog’i, valyutasi, armiyasi, radiostantsiyasi gazetalariga ega. Vatikan o’z nomini 1870 yilda Rim papasi qarorgohi bo’lib kelgan saroy nomidan olgan. Vatikan yirik kapital mablag’lari, bir qator kompaniya va banklarning aktsiyalari, italiya, Ispaniya, germaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi yirik ko’chmas mulklarning egasi hisoblanadi. Vatikan mablag’lari 50 mlrd dollardan ortiqqa baholangan. Daromadining boshqa manbalari-milliy katolik cherkovlarining badallari, pochta markalari, tangalar, suvenirlar ishlab chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lardir. 2006 yilda YaIM miqdori 810 mln jon boshiga 0,9 mln dollarni tashkil etgan. Vatikan dunyoning turli mamlakatlarida 50 dan ko’p tilda 1,5 ming nomdan ziyod gazeta va jurnallar nashr ettiradi. Dunyoning ko’plab mamlakatlariga o’z radioeshittirishlarini tarqatadi. San-Marino. Rasmiy nomi-Shavkatli San-marino Respublikasi. Poytaxti-San-Marino. Hududi-61 kv km. Aholisi-32 000 kishi (2012). Davlat tili-italyan. Davlat dini-xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi-evro. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Evropadagi davlat. Italiya hududida, Apennin yarimorolining shimoliy qismida joylashgan (chegarasining uzunligi-39 km). Mamlakat tik qoyali tog’larda joylashagan. Eng baland cho’qqisi Titanoning (738) yaqinida poytaxti-San-Marino joylashagan. Iqlimi-subtropik. Mamlakat hududida bir necha eman va kashtan daraxtzorlari saqlanib qolgan. Tog’ etaklarida Makvis changalzorlari (drok, mirt, lavr, bodom) bor. Yoqimli hidli, efir moyli o’simliklar ko’p.1862 yildan buyon mamlakat amalda Italiya protektorati ostida. Ijroiya hokimiyati Katta bosh kengash tomonidan olti oy muddatga saylanadigan ikkita teng huquqli kapitan-regentlarga (davlat boshliqlari) va Davlat kongressiga (hukumat) tegishli. Afsonalarga ko’ra San-Marino 301 yilda tarki dunyo qilgan avliyo Marinus asos solgan. Turizm iqtisodining eng muhim sohalaridan biri (San-Marinoga har yili 2 milliondan ziyod sayohatchilar tashrif buyuradi). Bu ichki milliy daromadning 60% ini tashkil qiladi. Daromadning yana bir muhim manbai-chet ellik kollektsionerlarga markalar sotish. Aholining turmush darajasini G’arbiy Evropa mamlakatlarining shu sohadagi ko’rsatkichlariga qiyoslash mumkin. 2012 yilda YaIM miqdori 1850 mln, jon boshiga 74 046 dollar.Asosiy savdo hamkorlari Italiya. Avtomobil yo’llarining uzunligi 104 km. Malta. Rasmiy nomi Malta Respublikasi. Poytaxti-Valetta. Hududi 396 kv m. Aholisi 517 500 kishi (2012). Davlat ili malta va ingliz. Davlat dini-xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi-evro. Evropaning janubida, O’rta er dengizidagi Sitsiliyaning janubidagi orollar (Malta, Gotso, Kominotto, Komino, Filfla) da joylashgan davlat. Geografik joylashuvi va tabiati. Sohil bo’ylab chegara uzunligi 140 km, mamlakatning katta qismi ohaktosh yassi tog’ligidan iborat. Qirg’oqlarida past qoyalar, ko’p sonli sohilbo’yi qiyaliklari mavjud. Mamlakat ko’p sonli ko’rfazlar va juda qulay bo’g’ozlarga ega. Tabiiy resurslarga boy emas (ohaktosh, osh tuzi). Ishlov beriladigan erlar mamlakatnning 38% hududini egallaydi. Iqlimi-o’rta er dengiziga xos, qishda namgarchilik, yozda issiq va quruq. Lekin qulay geografik o’ringa va yuqori malakali ishchi kuchlarining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Xo’jalikning asosiy tarmoqlari tranzit-transport operatsiyalari, chet el turizmi. Sanoatning yaxshi rivojlangan tarmoqlari (ishlab chiqarish YaIM ning 20% ini tashkil etadi): kemasozlik, kema ta’mirlash, to’qimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish, elektrotexnika, oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, mamlakat iqtisodida ohaktosh qazib olish muhim o’rin tutadi. Qishloq xo’jaligida (YaIM 4,1%) mayda dehqon xo’jaliklari ko’p, ularning asosiy yo’nalishlari-erga ishlov berish (donli ekinlar va sabzavotlar etishtiriladi), uzumchilik, mevachilik, gulchilik. Chetdan oziq-ovqat, yoqilg’i, kimyo mahsulotlari keltiriladi. Mataning o’zida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ehtiyojining 20 % ini qoplaydi. Malta daromadining muhim manbalaridan biri chet el turizmi hisoblanadi. 2012 yilda YaIM miqdori 8415 mln, aholi jon boshiga 20852 dolarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari:Germaniya, BB, Italiya. Temir yo’llari yo’q, avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi-1291 km, 1180 km asfaltlangan. Maltaning asosiy porti Valletta. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling