Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
3. 6. Oila ustalik bilan harakat qilish tizimi sifatida. Oila jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi. Unda ajdodlarimiz merosi, bugunimizning oydin sahifalari, ertangi kunimiz umidi bor. Biz shu oilada kelajagimiz egalari, millatimiz vorislarini tarbiya qilamiz. Bu maddas dargohda kechagina beshikni tebratib, bagʻrimizga bosib, ovutganlarimiz – farzandlarimiz oʻsmoqda. Ona Oʻzbekistonimizda ham oila hamisha muqaddas sanalgan. Oilani qoʻllab quvatlash va bola manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy normalar qator qonun va qonun osti hujjatlarida oʻz aksini topgan. Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar bilan bir qator qonun osti hujjatlari qabul qilingan boʻlib, ular jumlasiga, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlar boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2002-yil 25-yanvardagi “Ayollar va oʻsib kelayotgan avlodning salomatligini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 7-sentyabrdagi “Bolalarni ijtimoiy koʻnikma markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi, O‘zbekiston Respublikasi “Oila va xotin- qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi 04.07.2022 yildagi 358-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarni misol qilish mumkin. Farovon turmush va ahil oiladan esa bevosita, sogʻlom farzand dunyoga keladi. Davlatimiz tomonidan, joriy yilga “Sogʻlom bola yili” deb nom berilganligi farzandlarimizning sogʻligʻi, ularning kelajagi haqida koʻrsatilayotgan e’tibor va gʻamxoʻrlikning yana bir amaliy ifodasidir. Farzandlari sogʻlom yurtning ertasi ulugʻ, maqsadi ravon boʻladi. Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida farzandning sogʻlom va barkamol boʻlishida oilaning oʻrni naqadar beqiyos ekanligini koʻrsatib, “Sogʻlom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat boʻlib oʻsib-ulgʻayishi koʻpgina talab va omillarga bogʻliq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin ular orasida shunday oʻta muhim, hal qiluvchi mezonlar borki, bu haqda alohida toʻxtalishni oʻrinli, deb bilaman. Biz oilani hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta’sir koʻrsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, oʻz Vataniga, xalqiga sadoqatli boʻlish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi. Shuning 78 uchun xam oilani barkamol, sogʻlom avlodni voyaga yetkazishdagi ahamiyati beqiyosdir”, deb taʻkidlab oʻtadilar. Oilaning asosiy vazifasi xam jamiyatga fidoyi komil insonlarni yetishtirib berishdan iborat. Zero, sogʻlom bola bu sogʻlom oilaning mevasidir. Sogʻlom inson deganda, faqat jismoniy sihat-salomatlikni emas, balki oʻzbek xalqiga xos sharqona odob-axloq, milliy gʻoya va bagʻrikenglik, insonparvarlik kabi ezgu his-tuygʻular ruhida kamol topgan maʻnan yetuk insonni tushunishimiz mumkin. Zero, maʻnaviy sogʻlom insonlar avvalo yurt tinchligi, xalq farovonligi va xalqning ertangi kuni uchun qaygʻura oladilar. Bevosita oiladagi sogʻlom muhit, sogʻlom mafkura, maʻnaviy sogʻlom insonning tayanch manbaidir deya olamiz. Jamiyatimiz mustahkam tayanchi boʻlmish oila nafaqat ertangi kun shaxslarini tarbiyalaydi, balki vatan va ertangi kun uchun qaygʻura olish qobiliyatini xam shakllantira olishi shubhasizdir. Oila – har birimiz kamolga yetadigan, farzandlarimiz oʻsib-ulgʻayadigan tabarruk dargoh. Hayotimiz mazmuni, ertangi kundan umidimiz oila bilan. Dunyoda hech kimdan kam boʻlmaydigan barkamol avlodni tarbiyalash, Vatanimizning buyuk kelajagini barpo etishdek ulugʻvor orzu- umidlarimiz kamol topadigan beshik – oiladir. Nikohning quyi tizimi bolaning rivojlanishi uchun juda muhimdir. U unga kundalik oʻzaro munosabatlarda oʻzini namoyon qiladigan samimiy munosabatlar modelini taqdim etadi. Nikohning quyi tizimida bola qanday qilib mehr va muhabbatni ifoda etish, stressli sherik bilan qanday munosabatda boʻlish va tenglik asosida ziddiyatlarni yengib oʻtish misollarini koʻradi. Bola bu yerda koʻrgan narsasi tashqi dunyo bilan aloqada boʻlganda uning qadriyatlari va umidlarining bir qismiga aylanadi. Yaxshi ishlaydigan oilalarda ota-ona va bola quyi tizimlarida oʻzaro munosabatlar qoidalari ota-ona va bola quyi tizimlaridagidan farq qiladi. Shunday qilib, ota-ona va bola quyi tizimlariga qaraganda yuqori darajadagi uygʻunlikni namoyon etadi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling