tiriladi; m atndagi so'zlar va nutq birliklari b olalam in g „o'ziniki" bo'lib
qoladi. Qayta hikoyalashda nam unadagi u yoki bu gapni bola esga
tushirishga harakat qiladi, o'zlashtirgan m azm unni to'liqroq, aniqroq
berish u ch u n gapiar tuzadi. Bu bilan o'q u vch in in g m ustaqillik darajasi
va bilish faolligi o'sadi, ijodiy elem entlar qo'shila boradi.
Qayta hikoyalashda namunadagi izch illik , bog'liqlik saqlanishi,
asosiy faktlar berilishi, ayniqsa, ilm iy m atnni qayta hikoyalashda
barcha m uhim o'rinlar to'liq bayon qilinishi zarur.
V aqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o'qituvchi o'qib bergan yoki
radio, televizordan yozib olingan m atnni qayta hikoyalatish, o'quvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bir marta ovoz bilan yoki ichda o ‘qigandan so'ng qayta hikoyalatish-
dan foydalanishni tajribada q o ‘llab turish ham mum kin. Bu ishni turli
xil uslublarda olib borish im koniyatini yaratadi va uni jonlantiradi.
K o'pincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik k o ‘riladi, bunda
quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o ‘quvchilarogohlantiriladi:
to'liq, detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan foydalanib matnga
yaqin qayta hikoyalash; tanlab (m asalan, bir qatnashuvchi shaxsga
tegishli o ‘rinlarinigina) qayta hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash.
2. Suhbat, matn m azm unini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilm a-
xil ishlar, qayta hikoyalashda zarur bo'lgan s o ‘z, nutq birliklari va
gaplarni ajratish va aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o ‘qishni
puxtalash.
4. H ikoyani m antiqiy va k om pozitsion qismlarga bo'lish, har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |