Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari
Download 273.5 Kb.
|
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bosqich.Darsni yakunlash.
Mehnat haqida qo`shiq.
5-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash . Mehnat haqidagi maqollarni to`ldiring. Har bir guruh ga mehnat haqidagi maqollardan taqdim etiladi . Guruhlar tezda maqolni to`ldirib , mazmunini izohlab berishadi. guruh.Mehnat baxt……………. guruh. Mehnatsiz turmush ………… guruh.Yozgi mehnat ,………………. guruh. Hunar oshatar ,……………. Tarqatmalar orqali guruhlarlar bilan savol- javob otkaziladi. 1.Kattalar mehnatini qadrlash deganda nimani tushunasiz? 2.Siz-chi, kattalar mehnatining qadriga yetasizmi ? 3.Uy ishlarini bajarishda ota-onangizga yordam berasizmi? 4.Mehnat kishiga nima beradi? 6-bosqich.Darsni yakunlash. G`olib guruh aniqlanadi.Darsga faol qatnashgan o`quvchilar izohli baholanib rag`batlantiriladi. Uyga vazifa:Dilbar hikoyasini o`rganib kelish. XULOSA Bugungi kunda respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samaradorligini oshirish, har tamonlama etuk, barkamol shaxsni voyaga etkazish dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish usullari yuzasidan olg‘a surgan tadqiqot farazimiz o‘z isbotini topdi va biz ushbu muammo bo‘yicha izlanishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik. Keyingi yillarda pedagogik tadqiqot mavzulari asosan ta’lim jarayoni, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash muammolari ustida izlanish ishlari olib borilayotgan bo‘lsada, ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir tadqiqot ishlari katta yoshdagi o‘quvchilar va talabalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllan-tirishning o‘ziga xos xususiyatlari, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullari to‘laqonli o‘rganish zarurati tug‘ilmoqda. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi vosita, omil va usullar borasida etarlicha tajribalar mavjud. Xalqimiz bola tarbiyasi sohasida kattagina tajribaga, boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, an’analarga, tarbiyaning milliy usullari va vositalariga ega. Barkamol shaxsni shakllantirishda axloqiy tarbiya markaziy o‘rinlarda turadi. Bugungi kunda tarbiyaning bosh maqsadi - xar tomonlama etuk, barkamol shaxsni shakllantirishdir. Ushbu maqsadiga erishish uchun milliy-mafkuraviy, xuquqiy, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim. Axloq – ijtimoiy ongning muhim bir shakli bo‘lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini tartibga solib turadigan prinsiplar, talablar, me’yorlar va qoidalar majmuidir. Axloqda jamiyatda tarkib topgan «yaxshilik», «sharaf», «vatanparvarlik», «vijdon», «adolat», «to‘g‘rilik», «halollik», «poklik» singari tushunchalarning barchasi ham baholanuvchi xarakterga ega. O‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashning bosh maqsadi - ularda jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni, mehnatga, atrofdagi kishilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan axloqiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Zero, kishining tarbiyalangan-lik darajasi uning munosabatlarida, ya’ni his-tuyg‘u, tushunchalarida, xatti-haraktlarida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllan-tirishda quyidagi vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir: jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash; mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash; atrofdagi kishilarga axloqiy munosabatni shakllantirish; o‘z-o‘ziga nisbatan axloqiy munosabatni shakllantirish. Maktabda axloqiy tarbiya o‘quv jarayoni bilan qo‘shib olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun o‘qituvchining ma’naviy-pedagogik mahorati ancha yuqori bo‘lishi, o‘qituvchilar jamoasi hamjihat bo‘lishlari, ijobiy muhitning yaratilishi, har bir dars imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarur. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishda xalqimizning boy milliy qadriyatlaridan unumli foydalanish yuqori samara beradi. O‘quv predmetlari materiallarida bunday qadriyatlar o‘z o‘rnini topgan, o‘qituvchi esa ularni yanada kengaytirishi va boyitishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda tarbiyaning ma’lum prinsiplariga amal qilishi lozim: tarbiyaning aniq maqsadlarga qaratilganligi; unda insonparvarlik va demokratiyaning ustivorligi; milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanish; o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; izchillik, tizimiylik, uzviylik; hurmat va talab birligi; mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni qo‘llab quvvatlash kabi. O‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda tarbiyaning bir qancha usullaridan foydalanish mumkin. Tarbiya usullari – bu barkamol shaxsni shakllantirish maqsadida uning ongiga, irodasiga, xis-tuyg‘ulariga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘llaridir. Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantiruvchi usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: suhbat, hikoya, pand-nasihat, tushuntirish, namuna, o‘git, undash, ko‘ndirish, iltimos, tilak-istak bildirish, ma’qo‘llash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash, ta’qiqlash, ta’na, gina, tanbeh, majbur qilish, koyish, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, rag‘batlantirish, jazolash, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘rgatuvchi usullar va h.o. Axloqiy tarbiya usullarini to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin: ijtimoiy ongni; ijtimoiy xulqni shakllantiruvchi usullar; rag‘batlantiruvchi va jazolovchi; o‘z-o‘zini tarbiyalovchi usullar. Ularning har biri bir necha tarbiya usularini o‘z ichiga olib, bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. Bir paytning o‘zida bir necha tarbiya usullarini ham qo‘llash mumkin. Oiladagi tarbiya muhim omil ekanligini hisobga olib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ota-onalar bilan hamkorligida ish olib borishlari katta ahamiyat kasb etadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish dastlab ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Har bir fanning o‘quv materiallari ma’naviy-axloqiy tarbiya maqsadlariga ham xizmat qiladi. Bunday imkoniyatga nafaqat odobnoma, ona tili, o‘qish, musiqa, tasviriy san’at, balki mehnat, tabiatshunoslik, matematika darslari ham ega. Ammo, bu o‘qituvchidan katta mahoratni, jiddiy tayyorgarlikni talab etadi. U darsga tayyorgarlik ko‘rishda faqat ta’limiy maqsadlarni belgilab olish bilan cheklanmasdan, balki tarbiyaviy maqsadlarni ham aniq belgilab olishi lozim bo‘ladi. Identiv tarbiyaviy maqsadlarga erishish yo‘llari, vosita va usullarini ham o‘rinli qo‘llashi ko‘zda tutiladi. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlarini sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar to‘ldiradi. Sinf rahbari sifatida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu yo‘nalishda aniq ish rejasiga ega bo‘lishi va uni amalga oshirish chora-tadbirlarini qo‘llashi lozim bo‘ladi. Download 273.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling