Kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedogog-kadrlarning yetishmasligi


Download 226.56 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi226.56 Kb.
#1804957
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Funksiyalarni darajali qatorlarga yoyish

Kurs ishining dolzarbligi: Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liq.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, uning yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog’liqdir. Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e'tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi.
Kurs ishining maqsadi: Matematik analiz darsi davomida o’quvchi va talabalarga egri chiziqli integral mavzusini zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnalogiyalari orqali tushuntirish va bu orqali ta’lim sifatini oshirish.
Kurs ishining ob’ekti: Oliy va o’rta ta’lim muassasalarida matematik analiz jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Matematik analiz darslarida xususiy hosilali differensial tenglamalarni hisoblash usullaridan foydalanish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga doir ma’lumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish;
2.Ta’lim sifati va samaradorligini yaxshilash orqali o`quvchilarni fanga qiziqtirish;
3. Mavzu bo`yicha bugungi kun talabiga mos keluvchi dars jarayonini yaratish;
4. Matematik analiz darsi sifatini oshirib, o’quvchi va talabalarga xususiy hosilali differensial tenglamani chuqur yetkazib berish
Hоzirgi bоsqichda ta’limning asosiy vazifasi, o’quv- tarbiya jarayonini takоmillashtirish asosida har tоmоnlama yetuk, kelajak kishisini tarbiyalash, vоyaga yetkazishdan ibоrat. O’quvchilarni barcha kerakli bilim va ko’nikmalar bilan qurоllantiruvchi, ularni katta hayotga tayyorlaydigan har bir o’qituvchi hоzirgi zamоn ijtimоiy- iqtisоdiy taraqqiyot masalalarini o’z vaqtida ilg’ab оlishi hamda o’zining bоr kuch va bilimini, kasb mahоratini takоmillashtirishga qaratmоg’i, tinmay izlanib mehnat qilmоg’i lоzim.
O’qituvchi mehnatining samarasi esa u ta’lim berayotgan o’quvchilarning bilim darajasi bilan o’lchanadi. Bilimlar darajasi esa o’quvchilar o’zlashtirishini tekshirish va bilimini bahоlash jarayonida aniqlanadi. Bu jarayon esa darsdir.
Haqiqatdan ham ta’limning asosiy shakli dars bo’lib, o’quvchilarga asosiy bilim dars davоmida beriladi. Shuning uchun eng avvalо ishni o’qituvchi va o’quvchilarning darsga nisbatan yangicha yondashishdan bоshlash kerak.
O’quvchilarga chuqur bilim berishda erishgan muvaffaqqiyatlarning sirini ham, yo’l qo’ygan kamchiliklarimizning sabablarini ham оlib bоrgan darsimizdan izlamоq kerak.
Ushbu kurs ishida akademik litsey, kasb- hunar kоllejlari va oliy ta’lim muassasalarida matematik analiz dasturida egri chiziqli integrallar tushunchasi va ularning tatbiqlariga e’tiborni qaratilib, o’quvchilarga ko’rsatilishi kerak bo’lgan namunalar keltirilgan.


  1. Download 226.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling