Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


 Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana20.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1714100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish

 
2. Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari 
Risklarni boshqarish keng ma‟noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik 
operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta‟sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha 
bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi. 
Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija 
va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) 
qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha 
qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. 
Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy 
strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda 
risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal 
yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan 
ifodalanadi. 
Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul 
qilishdagi, ya‟ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va 
konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin. 
Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud 
axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday 
yondashuvda boshqaruv ta‟siri operatsiyani amalga oshirishga ta‟sir koʻrsatishi 
mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz 
bunday yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning 
uzluksiz nazorati va monitoringini tashkil etish uchun ma‟lum miqdordagi 
xarajatlarni talab etadi. 
Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga 
nisbatan moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta‟siri 
moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya 
sifatida amalga oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan 
yoʻqotishlar ma‟lum bir qismining oldi olinadi. 
Konservativ yondashuvda boshqaruv ta‟siri kechikadi. Agarda riskli hodisa 
yuz bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday 
holatda boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi 
jarayonlarga ta‟sirini neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda 
risklarni boshqarish boʻyicha xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi 
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya‟ni boshqariladigan 
(boshqaruv ob‟eti) va boshqaradigan (boshqaruv obyekti) qismlardan iborat. Bunda 
riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida 
ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv obyekti hisoblanadi. 
Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor, 
buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida 
yuzaga keladi. 


Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv obyektiga maqsadli 
yoʻnaltirilgan ta‟sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, 
risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv obyekti hisoblanadi. 
Mos axborot ta‟minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim 
ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va 
boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin.
Ishonchli va dolzarb ma‟lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va 
foydani oshirishga bevosita ta‟sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan 
qabul qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy 
darajadagi axborot ta‟minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar 
ehtimolini minimal darajagacha pasaytiradi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish quyidagi prinsiplarga asoslanadi. 
1. Risklarni ongli ravishda qabul qilish prinsipi. Agarda menejer biror bir 
operatsiya boʻyicha daromad olishiga ishonsa, ongli ravishda riskka borishi lozim. 
Risklardan qochish taktikasining qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ba‟zi operatsiyalar 
korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan umuman chiqarib tashlanishi kerak. 
2. Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligi prinsipi. Moliyaviy 
risklar portfeli tarkibiga obyektiv va obyektiv tabiatidan qat‟iy nazar boshqarish 
jarayonida 
neytrallashtirish 
mumkin 
boʻlgan 
risklarni 
kiritish 
lozim. 
Boshqarilmaydigan risklarni tashqi sugʻurtalovchilarga yoki biznes boʻyicha 
hamkorlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu prinsipning koʻpchilikka 
ma‟lumligiga qaramasdan, korxona menejerlari risklarni boshqarish uchun zarur 
boʻlgan bilim, malaka va instrumentlarga ega boʻlmasalarda ayrim holatlarda 
risklarning boshqarilmaydigan turlarini oʻzlariga qabul qilishadi.
3.Qabul qilinadigan risk darajasining oʻtkaziladigan operatsiyalar 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling