Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


-rasm. Moliyaviy risklar asosiy turlari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana20.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1714100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish

1-rasm. Moliyaviy risklar asosiy turlari 
Korxona moliyaviy barqarorligi pasayish riski (moliyaviy rivojlanish 
muvozanati buzilish riski). Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi 
(foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib ketishi), pul 
oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi 
natijasida yuzaga keladi. Bu riskning tabiati va yuzaga kelish shakllari moliyaviy 
leverij amal qilish mexanizmida koʻrib chiqiladi. Moliyaviy risklar tarkibida 
xavflilik darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi 
yetakchi rol oʻynaydi. 
Korxona toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik 
prinsipi. Bu risk korxonada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma 
aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy 
oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi. 
Investitsion risk. U korxonaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi 
jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu 
faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga 
va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan 
moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlib 
“murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida kichik turlarga ajraluvchi 
risklar qatoriga kiradi. Misol uchun, real investitsiyalash risklari tarkibiga 
investitsion loyihalarning oʻz vaqtida tayyor boʻlmasligi riski, loyiha-
konstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, qurilish-montaj 
ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha 
moliyalashtirishning oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi 
bilan bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu kabilar 
kiritilishi mumkin. Investitsion risklar tarkibiga kiruvchi barcha moliyaviy risklar 
Moliyaviy 
barqarorlik pasayish 
riski 
Toʻlovga 
layoqatsizlik riski 
Investitsion risk 
Inflyatsion risk 
Foiz riski 
Valyuta riski 
Depozit riski 
Kredit riski 
Soliq riski 
Innovatsion 
moliyaviy risk 
Kriminogen risk 
Risklarning boshqa 
turlari 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling