Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana20.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1714100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish



11-MAVZU: “KORXONALARDA MOLIYAVIY RISKLARNI 
BOSHQARISH” 
 
Reja: 
1. Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi
 
2. Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari 
3. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari 
 
Tayanch soʻz va iboralar: risk, risklarni boshqarish, limitlash, ikki tomonlama 
netting, fyuchers shartnomalari, 
XEDJERLASH
,
risk xaritasi, ierarxiya, risk 
ustuvorligi, ehtimollik, variatsiya koeffitsienti, dispersiya, investitsion risk, 
inflyatsion risk, foiz riski. 
 
1. Moliyaviy risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi 
Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy 
faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil 
risklar bevosita oʻzining salbiy ta‟sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. 
Korxonalarda 
moliyaviy 
risklar 
belgilangan 
maqsadlarni 
amalga 
oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad 
natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul 
qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy 
yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Risklarning asosiy belgilari 
boʻyicha tasniflanishini quyidagi jadvalda keltiramiz (1-jadval).
1-jadval
Korxonalarda moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi 
№ 
Tasniflanish belgisi 
Tasniflanishi 
1. 
Tavsiflanadigan obyekti 
boʻyicha 
1.1. Alohida moliyaviy operatsiyalar riski 
1.2. Moliyaviy faoliyatning turli koʻrinishlari 
boʻyicha risklar 
1.3. Yaxlit korxona moliyaviy risklari 
2. 
Tadqiq qilinadigan 
instrumentlar majmui 
boʻyicha 
2.1. Individual moliyaviy risklar
2.2. Portfel moliyaviy risklar 
3. 
Oʻzaro uygʻunligi boʻyicha 
3.1. Oddiy moliyaviy risklar 
3.2. Murakkab moliyaviy risklar 
4. 
Yuzaga kelish manbalari 
boʻyicha 
4.1. Tashqi yoki tizimli risklar
4.2. Ichki yoki tizimsiz risklar 
5. 
Moliyaviy oqibatlari 
boʻyicha 
5.1. Faqat iqtisodiy zarar yetkazuvchi risklar 
5.2. Foydaning kamayishiga ta‟sir etuvchi 
risklar 
5.3. Iqtisodiy yoʻqotishlarga sabab boʻluvchi 
yoki qoʻshimcha daromadlilik risklari 
6. 
Vaqt jihatdan paydo boʻlish 6.1. Doimiy moliyaviy risklar 


tavsifiga koʻra 
6.2. Vaqtinchalik moliyaviy risklar 
7. 
Yuzaga kelish ehtimoli 
darajasi boʻyicha 
7.1. Yuzaga kelish ehtimoli past darajada 
boʻlgan moliyaviy risklar
7.2. Yuzaga kelish ehtimoli oʻrtacha darajada 
boʻlgan moliyaviy risklar 
7.3. Yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada 
boʻlgan moliyaviy risklar 
7.4. Yuzaga kelish ehtimolini aniqlash 
mumkin boʻlmagan moliyaviy risklar 
8. 
Moliyaviy yoʻqotishlar 
darajasi boʻyicha 
8.1. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan (ta‟siri 
kam) moliyaviy risklar 
8.2. Keskin moliyaviy risklar 
8.3. Halokatli moliyaviy risklar 
9. 
Oldindan koʻra bilish 
imkoniyati boʻyicha 
9.1. Prognozlashtiriladigan moliyaviy risklar 
9.2. Prognozlashtirilmaydigan moliyaviy 
risklar 
10.
Sugʻurtalash imkoniyati 
boʻyicha 
10.1. Sugʻurtalanadigan moliyaviy risklar 
10.2. Sugʻurtalanmaydigan moliyaviy risklar 
Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi 
tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida 
risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va 
risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan 
moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning 
turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. 
Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi
yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish 
mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab 
boʻladi. 
Korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzaga kelishi mumkin boʻlgan 
moliyaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar (1-rasm). 



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling