Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana20.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1714100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish

daromadlilik darajasi bilan taqqoslanishi prinsipi. Bu prinsip moliyaviy 
menejmentda eng muhim prinsip hisoblanib, moliyaviy risk darajasi kutilayotgan 
daromadlilik darajasiga mos tushgan holatdagina faoliyatni amalga oshirish 
lozimligini nazarda tutadi. Talab qilinadigan daromadlilik darajasiga mos 
kelmaydigan riskli operatsiyalardan voz kechish yoki risk uchun mukofot qayta 
koʻrib chiqilishi kerak boʻladi.  
4. Qabul qilinadigan risk darajasining mumkin boʻlgan yoʻqotishlar 
darajasi bilan taqqoslanishi prinsipi. Biror bir riskli operatsiyani oʻtkazish 
jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar miqdori uni 
qoplash uchun shakllantirilgan zahira miqdoriga mos kelishi lozim. Aks holda 
riskli operatsiyaning yuzaga kelishi oʻz bilan korxonaning operatsion yoki 
investitsion faoliyatini moliyaviy ta‟minlovchi aktivlarning ma‟lum bir qismi 
yoʻqotilishiga olib keladi, ya‟ni korxonaning foyda olish imkoniyatini va 
istiqboldagi 
rivojlanish 
darajasini 
pasaytiradi. 
Bunda 
risklar 
boʻyicha 
yoʻqotishlarni qoplash maqsadida shakllantiriladigan fond miqdori boshqa 
shaxslarga oʻtkazish mumkin boʻlmagan va korxona tomonidan qabul qilinadigan 
moliyaviy risklar darajasidan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi.
5. Risklarni boshqarishda vaqt omilini hisobga olish prinsipi.
Operatsiyalarni amalga oshirish davriga nisbatan ularga hamrohlik qiluvchi 
moliyaviy risklar diapazonining kengligi risklarning salbiy oqibatlarini 


neytrallashtirish imkoniyatlarini kamaytiradi. Korxona bunday operatsiyalarni 
amalga oshirishi zarurligi sharoitida talab qilinadigan daromad miqdorini 
aniqlashda risk uchun mukofot bilan bir vaqtda likvidlilik uchun mukofotni ham 
hisobga olish lozim. 
6. Risklarni boshqarish jarayonida korxona strategiyasini hisobga olish 
prinsipi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi korxona tomonidan tanlangan 
rivojlanish 
strategiyasiga 
mos 
umumiy 
prinsiplarga, 
mezonlarga 
va 
yondashuvlarga asoslanishi lozim. Asosiy rivojlanish strategiyasiga intilish 
risklarni minimallashtirish uchun kuchlarni markazlashtirish, risklarning umumiy 
doirasini aniqlash, ularni boshqarish uchun zarur resurslarni belgilash imkonini 
beradi. Oʻz navbatida bu parametrlarni bilish boʻlinmalar rahbariyatiga oʻz 
strategiyasini “risk – daromadlilik” koordinatasida baholash va ularni umumiy 
korporativ strategiyaga moslashtirish imkoniyatini beradi. 
7. Risklarni oʻtkazish imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Bir qator 
moliyaviy risklarni qabul qilish ularning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish 
boʻyicha korxona imkoniyatlari bilan oʻzaro mos kelmaydi, ya‟ni ularni 
korxonaning oʻzi mustaqil bartaraf eta olmaydi. Bir vaqtning oʻzida bunday riskli 
operatsiyani amalga oshirishni korxonaning rivojlanish strategiyasi va moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati yoʻnalishi talab etadi. Mazkur holat yuzaga kelganda ularni 
qisman yoki toʻliq biznes boʻyicha hamkorlarga yoki tashqi sugʻurtalovchilarga 
oʻtkazish maqsadga muvofiq. Risklarni tashqi sugʻurtalash mezonlari korxonada 
moliyaviy risklar portfelini shakllantirishda hisobga olinishi lozim. 
Yuqorida keltirib oʻtilgan prinsiplar asosida korxonada moliyaviy risklarni 
boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish siyosati 
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq risklarning yuzaga 
kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha chora-
tadbirlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan korxona umumiy strategiyasining bir 
qismini oʻzida aks ettiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni amalga 
oshirishdan iborat: 
1. M
AQSADNI BELGILAB OLISH

2. Y
UZAGA KELISHI MUMKIN BO
ʻ
LGAN RISKLARNI ANIQLASH

3. R
ISKLARNI BAHOLASH

4. R
ISKLARNI 
BOSHQARISH 
METODLARINI 
TANLASH 
VA 
ULARDAN 
FOYDALANISH

5. Q
ABUL 
QILINGAN 
QARORLAR 
IJROSINI 
NAZORAT 
QILISH 
VA 
SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH
.
Keltirilgan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, risklarni boshqarish jarayoni 
maqsadlarning belgilab olinishidan boshlanadi. Maqsadlar turli xil boʻlishiga 
qaramasdan korporativ moliya amaliyotida ular rejalashtirilgan darajada 
daromadlilikka erishishga, xarajatlarning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslikka, mulkdorlar 
kapitalining oʻsishini ta‟minlashga qaratiladi. 
Maqsadlar belgilab olinishi talab qilinadigan va egalik qilish mumkin 
boʻlgan zaruriy resurslar va ularning cheklanganligi, kutiladigan natija va unga 
erishish boʻyicha risk oʻrtasidagi turli xil ziddiyatlarni bartaraf etish imkonini 


beradi. Birinchi bosqichda amalga oshirish natijasida operatsiya yoki loyiha 
boʻyicha riskning dastlabki darajasi aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqich faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risk 
turlarini aniqlab olish, ularning asosiy manbalarini va risklar yuzaga kelishiga 
sabab boʻluvchi eng muhim omillarni aniqlashni nazarda tutadi. Koʻzda tutilgan 
faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek ichki va tashqi muhit buning 
uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Turlari, bazaviy belgilari, sabab boʻluvchi 
oqibatlari boʻyicha risklarni identifikatsiyalash ularni soʻnggi baholash, ta‟sirini 
kamaytirish va neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻgʻri tanlash va 
qoʻllashda muhim ahamiyatga ega.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling