Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


 Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana20.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1714100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish

 
3. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari 
Amaliyotda korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni neytrallashtirishning 
ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni 
neytrallashtirishning ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy 
operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, xedjirlash, diversifikatsiyalash
risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin. 
Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e‟tibor 
qaratiladi: 
- risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish; 

shartnoma 
majburiyatlarini 
tizimli 
ravishda 
buzib 
kelayotgan 
hamkorlardan voz kechish; 
- yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish; 
- past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz 
kechish; 
- vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy 
investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish. 
Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga 
e‟tibor qaratiladi: 
- qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz 
mablagʻlariga nisbatan); 
- yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash; 
- iste‟mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini 
belgilash; 
- bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini 
belgilish; 
- emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy 
qoʻyilmalar miqdorini belgilash; 
- debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash.
Xedjirlash orqali moliyaviy risklarning oldini olish quyidagilardan 
foydalanish orqali amalga oshiriladi: 
- fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash; 
- opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash; 
- svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash. 


Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini 
yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: 
- moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash; 
- valyuta portfelini diversifikatsiyalash; 
- depozit portfelini diversifikatsiyalash; 
- kredit portfelini diversifikatsiyalash; 
- qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash; 
- real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash. 
Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga 
oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin:
- risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash; 
- xom ashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va 
xaridor oʻrtasida taqsimlash; 
- lizing munosabatlarida asosiy vosita ma‟naviy eskirishini lizing oluvchi va 
lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash. 
Shuningdek moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan 
hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin: 
- moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash; 
- kafolatlar olish; 
- fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling