Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asimmetriya (qiyalik) koeffitsienti.
Variatsiya koeffitsienti. Risklarning tahlilida qo„llaniladigan yana bir foydali
ko„rsatkich – bu variatsiya koeffitsienti (coefficient of variation — CV) hisoblanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: 𝜎 ( ) ( ) Standart chetlanishdan farqli ravishda variatsiya koeffitsienti nisbiy ko„rsatkich hisoblanadi va o„rtacha daromad birligiga to„g„ri keladigan risk darajasini ko„rsatadi. Variatsiya koeffitsienti qancha yuqori bo„lsa, risk ham shuncha yuqori bo„ladi. «A» va «V» firmalari uchun variatsiya koeffitsientini hisoblaymiz: Ushbu ko„rsatkichga muvofiq, «A» firma aksiyalari bo„yicha daromadning o„rtacha birligiga to„g„ri keladigan risk «V» firmanikiga nisbatan 17 barobar yuqori. O„rta qiymat va standart chetlanishdan tashqari asimmetrik taqsimot qo„shimcha yana bir parametrini, ya‟ni asimmetriya koeffitsienti bilishni talab qiladi. Asimmetriya (qiyalik) koeffitsienti. Asimmetriya koeffitsienti (skewness) quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi: ∑ ( ( )) 𝜎 ( ) Koeffitsientning musbat qiymatida eng yuqori daromad (o„ng «dum») eng pastkisiga nisbatan ehtimolligi yuqori hisoblanadi. Aksincha asimmetriyaning manfiy koeffitsientida eng past daromadlar ehtimolli hisoblanadi. Ekstsess. Ekstsess ko„rsatkichi (kurtosis) quyidagi formula bilan hisoblab chiqiladi: ∑ ( ( )) 𝜎 ( ) Agar ekstsessning qiymati noldan katta bo„lsa, taqsimot egri chizig„ining shakli normal egri chiziqqa nisbatan ancha o„tkir, uchli bo„ladi. Manfiy ekstsess qiymatida egri chiziqli taqsimot normalga nisbatan ancha qiya, yassi bo„ladi. Ushbu ko„rsatkichning iqtisodiy ma‟nosi quyidagicha: agar ikkita xo„jalik operatsiyasining daromadlari simmetrik taqsimotga va bir xil o„rta qiymatga ega bo„lsa, ekstsessning kattaroq qiymatga ega bo„lgani pastroq riskka ega hisoblanadi. Normal taqsimot uchun ekstsessning qiymati 3 ga teng. Riskning chegaraviy darajasi ko„rsatkichi sifatida moliyaviy amaliyotda ehtimolli taqsimotning kvantilidan foydalaniladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling