Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida


Download 75.89 Kb.
bet2/9
Sana02.05.2023
Hajmi75.89 Kb.
#1422486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Temur tuzuklari (2)

Mavzuning maqsad va vazifalari: Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.
Kurs ishi mavzusini o’rganilish darajasi. Yurtimiz tarixining ushbu o’rganilayotgan davrida diniy sohani o’rganish, o’ta muhim va chetda qoldirilishi xato bo’lgan harakat hisoblanadi. Ushbu mavzu atrofida yetuk olim va mutaxasislar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Mustaqillik davrida amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida X.Mamatovning ishini ham aloxida kursatib o’tsak. Unda olim “Temur tuzuklari”ning yaratilishi va o’rganilishini tadqiq etish orqali Amir Temur davlatining tashkil topishi, taraqqiyoti uning siyosiy qarashlari shakllanishiga tasavvuf ta’limotining ko’satgan ta’siri, davlat boshligi to’g’risidagi muloxazalari, bu davrdagi davlat boshqaruvi, qonunchilik hamda xuquqiy tartibot masalasiga keng to’xtalib, mavzuning yuridik moxiyatini ochib bergan.3
Tadqitqotchi S.Xidirov esa Amir Temur davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, bu davr goya va mafkurasi, ularning davlat boshqaruviga ta’siri, amaldagi davlat boshqaruv shakli, xalqaro munosabatlar xuquqi borasida izlanishlar olib borgan. B.A.Usmonov “Amir Temur xayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi” nomli ilmiy ishida mavzuning rus tarixshunosligi masalasi keng taxlil etilgan. Bundan tashqari, B.Axmedov, A.O’rinboyev, D.Yusupova, A.Axmedov. U.Uvatov, O.Bo’riyev, B.Mannonov, B.Eshov, A.Ziyo, Sh. O’ljayeva, A.Boqiyev, Z.Yo’ldosheva kabi ko’plab olimlar va tadqiqotchilar Sharqshunoslik instituti fondida, chet el kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan Amir Temur davriga oid birlamchi manbalarni o’zbek va rus tillariga o’girish bilan birgalikda keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib bordilar va noyob ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritdilar.

Download 75.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling