1.3.“Temur Tuzuklari”da vazir va davlat amaldorlarini tayinlash tartibi. Temuriylar davlatida huquqiy lavozim, kasb va vazifalar
Amir Temur davlatida tashkil etilgan sud-huquq tizimini o’rganish davlatchilik tariximizni chuqurrok o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sud-huquq sohasi Amir Temur saltanatining majburlov apparati bo’lib, u davlatning kuch-qudrati, qonun ustuvorligini saqlashda katta o’rin tutgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, har bir shaharda shahar hokimining saroyi - dorulimorat, sud idorasi - qozixona, adliya boshqarmasi - doruladolat qurilgan. Bu idoralar mamlakat xuquq-tartibotini saqlashga mas’ul hisoblangan. Mintaqalarda tinchlik va barkarorlikni saklash ishlari, avvalo, shaxar xokimi – dorug’alar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, har bir shahar va qishloqqa kutvollar tayinlangan bo’lib, ular xalqning tinch-osoyishtaligini qo’riqlashgan. Bordiyu hududda biror narsa yo’qolsa yoki o’g’irlansa, kutvollar javobgar bo’lib, ularga dorug’alar kabi yo’qolgan molni to’lash majburiyata yuklangan. Qolaversa, yo’lovchilarni bir manzildan ikkinchi manzilga bexatar yetkazib qo’yish uchun zobitlar tayinlangan. Agarda yo’lda o’g’irlik yoki qotillik sodir etilsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklangan.
Amir Temur va Temuriylar davlatida puxta boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda asosiy idoraga bolingani ma’lum. Bular Dargoh va Devon[vazirliklardan]dan iborat edi.
O’rganayotgan mavzuyimiz mazmunidan kelib chiqqan holda avvalo Dargohda , keyin esa Devonda xizmat qiluvchi huquqiy sohadagi amaldorlarni birma bir sanab o’tamiz.
Devonda;
-Adolat amiri- bu mansab egasi turli o’lkalar , viloyat va shaharlarda ‘’sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida’’ oliy hukmdorga hisobot yetkazib turgan. Hukmdor mavjud holatlarni aniqlagach shunga yarasha chora-tadbirlar ko’rgan;
-Arzbegi- dargohga kelib tushadigan arz-shikoyatlarni tinglagan va ular haqida oliy hukmdorga yetkazib turgan;
-Aminlar- tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatlariga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar;
Do'stlaringiz bilan baham: |