Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida
Temuriylar davridagi huquq sohasiga oid unvonlar
Download 75.89 Kb.
|
Temur tuzuklari (2)
Temuriylar davridagi huquq sohasiga oid unvonlar
Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalari. Mustabid sho’ro davrida K.Mars, F.Engels va V.I.Leninning asarlari barcha ilmiy tadqiqotlarga asos bulib xizmat qilar, ulardan iqtiboslar keltirilar, shunga monand qarashlar rivojlantirilar edi. “Doxiy”lar tomonidan yaratilgan “sinfiylik” nazariyasi xam Amir Temurni “ekspluatator”, ”ezuvchi”, ”bosqinchi”, “kallakesar” sifatida talqin qilishni taqozo etar edi105. Shu tariqa manbalardagi ziddiyatli baxolar, sovet davrining «sinfiylik» nazariyasi Amir Temur faoliyatini xolis yoritishda murakkabliklarni tug’dirdi.106 Tuzuklardan ko’rinadiki, Amir Temur ochiq yuzliliq rahm-shafqat bilan xalqni o‟ziga rom qilgan, adolat o’rnatishga harakat qilib, iloji boricha jabr-zulmdan uzoqroqda bo‟lishga intilgan. Ayniqsa, mansabdor shaxslar tomonidan mulkni o‟zlashtirish, talon-taroj qilish hollarida odillik bilan ish tutganligini ko‟rish mumkin. Xususan, moliya vazirlari davlatning moliya ishlariga xiyonat qilib, o’zlarining qo’l ostidagi mol-mulkdan o’zlashtirib olgan bo’lsalar va agar bu ularga taalluqli maoshga teng bo’lsa, o’sha o’zlashtirilgan mablag’ davlat xazinasiga sovg’a, in’om sifatida qaytarib olingan. Agar uning miqdori maoshdan ikki barobar ortiq bo’lsa, mol-mulki tortiq sifatida davlat hisobiga o‟tkazilgan.Tuzuklarni o’rganish, jinoyat va jazo masalalarida Amir Temur o‟z mamlakatida qadimiy turk-mo’g’ul an’analari, udumlariga, shuningdeq Chingizxonning Yaso qonunlariga ham amal qilganligidan dalolat beradi. Shuningdek dorug’a va shahar voliylari hokimlari xalqqa jabr-zulm qilsalar, ularni ham jinoyatlariga mos ravishda jazoga tortish nazarda tutilgan. “Tuzuklar”da biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo qo’llanilishi, ya’ni agar jarima solinsa, darra bilan urmasliq darra bilan urilsa, jarima solmaslik to’g’risida gapiriladi. Bu kabi jazolash usullari Temur davridayoq, aynan bir jinoyat uchun ikki marotaba jazoga tortish mumkin emasligi to‟g‟risidagi qoida mustahkamlanganligini ko’rish mumkin.16 Yuqoridagilar bilan birga, bir kishining mol-mulki zo’rlik bilan tortib olinganda, uning mulkini qaytarib olib berish bilan cheklanilgan. Badanga jarohat yetkazish bilan bog’liq harakatlar: tishni sindirish, ko’zni ko’r qilish, quloq va burunni kesish, sharob ichish, zino qilish, ya’ni eriga bevafolik qilish kabilar jinoyat hisoblanib, shariat qozisi yoki ajrim chiqaruvchi qoziga olib borib topshirilgan. “Tuzuklar” da faqat bir o’rinda, ya’ni mamlakatlar, qo’shinlarva aholi ahvolidan xabardor bo’lib turish tuzugida tan jazosi va qatl etish to’g’risida ochiq-oydin yozilgan. Boshqa hollarda iloji boricha o’lim jazosini qo’llamaslik yoki uni qo’llash borasida shoshmaslik va odillik bilan ish ko’rish to’g’risida so’z yuritiladi: “Saltanat saroyining ishonchli va e‟tiborli kishilari bo’lmish vazirlar xususida shunday buyruq berdim, agar saltanat ishlarida ular xiyonat etsalar, saltanatni ag’darishga jazm qilgan bo’lsalar ham, ularni o’ldirishga shoshilmasinlar. Avvalambor ularni ayblovchi va xabar yetkazguchilarning kimligini tekshirib ko’rsinlar”109. Shuning uchun Temur vazirlarni tanlashda ularning to‟rt xislatlarini e’tiborga olib, vazir etib tayinlaganligini ko’rish mumkin. “Tuzuklar”dan ko’rinishicha, har bir chegara, shahar va viloyatga xabarchi kotiblar tayinlangan bo‟lib, ularga o’z joylaridagi voqea-hodisalar haqidagi xabarlardan doimo voqif etib turish vazifasi yuklatilgan, agar bo’lib o’tgan voqea-hodisalar haqida xabarlarni yozmasalar, ularga barmoqlarini kesish yoki yolg‟on xabar bersalar, qo’shinga tegishli ishlarni yashirsalar, qo’llarini kesish kabi tan jazosiga tortishga hukm etilgan. Amir Temur adolatparvar hukmdor sifatida tuhmat yoki g’araz maqsadlarda yolg’on xabarlar orqali hech kimni jazolamaslikka harakat qilgan, bunday shaxslarning o’zi odatda qatl etishga hukm etilgan, shuningdeq mamlakatda bekorchi, ishsizlar, xususan gadoylar va tilanchilar sonini kamaytirishga harakat qilgan. Bu borada gadoylar va tilanchilar majburiy ishga jalb etilgan, agar shundan keyin ham o’z harakatlarini davom ettirsalar uzoq mamlakatlarga sotib yuborish yoki badarg’a qilish kabi jazolarni qo’llagan. Bu bilan Amir Temur mamlakatda bekorchilik va u orqali kelib chiqishi mumkin bo’lgan turli jinoyatlarga jumladan qaroqchiliq bosqinchiliq o’g’rilikka qarshi kurashganligini ko‟rish mumkin: “Yo’l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlansinlarki, yo’llarni qo‟riqlab, yo’lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo’ysinlar”110. Yuqoridagilarga ko’ra, Tuzuklardagi jazo siyosatini tahlil qilib, uning ijtimoiy adolat, xususan qonunga rioya etish, kezi kelganda insoniyliq gunohiga yarasha jazo tayinlash tamoyillariga asoslanganligini ko’rish mumkin. Umuman olganda, Amir Temur davlatchilik siyosatining yangi sifatlari mamlakatning iqtisodiy-xo’jalik jihatdan tez rivojlanganligidan, shaharlar o’zining ijtimoiy qiyofasini tubdan o’zgartirib, yirik hunarmandchiliq savdo, madaniy, ma’muriy markazlarga aylanganligida, dehqonchilik madaniyati yuksak darajada taraqqiy etganligida ko’rish mumkin. “Temur tuzuklari”ning davlat-huquqiy xarakteridan kelib chiqqan holda D.Logofetning Turkistonda konstitutsion hujjat G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagiga qaraganda ilgari yuzaga kelgan, deyuvchi fikrini e’tirof etish mumkin. “Temur tuzuklari”ni o’rganish davomida uning ko‟pgina tamoyillari, g’oyalari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z aksini topgan, deb hisoblash mumkin. Bu borada “Temur tuzuklari”da atroflicha to‟xtalib, keng yoritilgan. Qonun ustuvorligini ta’minlash yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilganini ko’rishimiz mumkin. Amir Temur davlatining markazlashgan mustaqil davlat bo’lishida qonunning adolatli, teng qo’llanilishining o’rni yuqoridir. “ Davlat agar dinu diyonat asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-tusig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun ham men o’z saltanatimni binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishimda uchragan har qanday voqea va ishni to’ra va tuzuk asosida bajardim” deb ta’kidlanadi “Temur tuzuklari”da. Amir Temur “Tuzuklar”da ta’kidlaganidek davlatlarni zabt etish, davlatni boshqarish va unga zebu ziynat berishda 12 qoidaga amal qilgan. Ushbu qonun-qoidaga amal qilinishi, unga rioya qilinishi davlatning rivojlanishida muqim o’rin tutgan. Download 75.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling