Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida
Download 75.89 Kb.
|
Temur tuzuklari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
- Temur tuzuklari” asarining yozilishi tarixi haqidagi qarashlar va asar bilan tanishuv
Mavzuning tarixshunosligi: “Tuzuki Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy”, “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb turli nomlarda atalgan ushbu asarning ahamiyati juda kattadir. Biz buni birgina fakt bilan ham isbotlashimiz mumkin. Asarning nusxalari(qo’lyozmalari ham, toshbosmalari ham) bugungi kunda jahonning ko’pgina mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu davlatlar sirasiga AQSH, Angliya, Fransiya, Daniya, Finlandiya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr va Yaman davlatlari kiradi. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki qaysi asar qimmatli hisoblansa, shu asardan ko’proq nusxa ko’chirtirilgan. “Temur Tuzuklari” ham shunday asarlar jumlasiga kirgan. Ayniqsa, hukmdorlar bunday asarlardan o’zlari uchun nusxa k’chirtirib olishgan hamda undan faoliyatlari davomida foydalanishgan. Jumladan, Shohjahon(1628 – 1657), Muhammad Alixon(1821 – 1842) va Buxoro amiri Abdulahadxon(1885 – 1910)lar o’z kotiblariga aytib nusxa ko’chirtirib olganlari ma’lum. “ Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning(1654-yilda vafot etgan) “Nodshonoma”(mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866 – 1872-y., I jild 288-sahifa)sida bunday gap bor: hijriy 1047-yil(milodiy 1637 – 1638-yil)da Mir Abu tolib al-Husayniy at-Turbatiy degan shaxs Shohjahonga “Tuzuki Temuriy”ning forsiycha tarjimasini taqdim etgan. Podsho tarjima bilan tanishib chiqib, uni qozikaloni iste’dodli yozuvchi Muhammad Afzal Buxoriy(1651- yo 1652-yilda vafot etgan)ning qo’liga tutqazgan va Sharafiddin Ali Yazdiy(1454-yilda vafot etgan)ning mashhur “Zafarnoma” asariga solishtirib, kamchiliklari bo’lsa, tuzatib hamda xattot va muarrixlari o’zidan qo’shgan ortiqcha joylari bo’lsa, olib tashlashni buyurgan”
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish,2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. BIRINCHI BOB: “TEMUR TUZUKLARI” – O`ZBEKISTON DAVLATINING HUQUQI TARIXINI O`RGANISHNING ASOSIY MANBASI. “Temur tuzuklari” asarining yozilishi tarixi haqidagi qarashlar va asar bilan tanishuv Amir Temur to’g’risida uning zamondoshlari qimmatli yirik asarlar yaratganlar. G’iyosiddin Alining “Ro’znomayi G’azovoti Hindiston”(“Hindistonga qilingan g’azo urushi kundaligi”), Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma asari shular jumlasidandir. “Tuzukoti Temuriy” asrai esa bular orasida alohida ahamiyat va qiymatga ega.4 “Tuzuki Temuriy” yoki “Tuzukoti Temuriy” aslida boshqa katta hajmli asarga ilova tarzida keltirilgan degan fikrlar ham mavjud. Bu mustaqil yirik asar “Malfuzoti Temuriy” yoki “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb atalib, uning yetti yasharligidan boshlab hikoya qiladi. Asar haqida ikki xil qarash mavjud ekan: ba’zilar bu ikki qismdan iborat bir asar deyishsa, boshqalar ikki mustaqil asarning bitta muqovaga jamlangani deb aytishadi. “Tuzuki Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy”, “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb turli nomlarda atalgan ushbu asarning ahamiyati juda kattadir. Biz buni birgina fakt bilan ham isbotlashimiz mumkin. Asarning nusxalari(qo’lyozmalari ham, toshbosmalari ham) bugungi kunda jahonning ko’pgina mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu davlatlar sirasiga AQSH, Angliya, Fransiya, Daniya, Finlandiya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr va Yaman davlatlari kiradi. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki qaysi asar qimmatli hisoblansa, shu asardan ko’proq nusxa ko’chirtirilgan. “Temur Tuzuklari” ham shunday asarlar jumlasiga kirgan. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Amir temurning yoshlik yillari, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, hokimiyatni qo’lga kiritishi, tarqoqlikka barham berishi, To’xtamishxon hamda Yildirim I Boyazidga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, jumladan 27 mamlakatni o’ziga itoat ettirgani haqida so’z boradi. Ikkinchi qism esa buyuk sarkardaning o’z o’g’illari va nabiralariga, bir so’z bilan aytganda, vorislariga pand-nasihat, vasiyat sifatida aytgan so’zlari va maslahatlaridan iborat. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, hukmdorning tutumi va vazifasi, vazir va qo’shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish taktikalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, amir, vazir yoki davlatning boshqa mansabdorlarini qilgan xizmatlariga yarasha taqdirlash yo’sini va boshqalar xususida gap boradi.5 Asar Amir Temur davridagi o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. “Temur tuzuklari” ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o’zbek tilida bitilganligi ma’lum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri – Yaman hokimi Ja’far poshsho(hukmronlik yillari 1607 – 1612-yillar ) kutubxonasida turkiy tilda yozilgan asar bilan bog’liq. “Tuzuki Temuriy” ning so’z boshida keltirilishicha, o’rta osiyolik Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj safarini uyushtirgan paytda o’qishga muyassar bo’lgan hamda 1610-yilda Ja’far poshshoning buyrug’i bilan uni fors tiliga o’girgan. Bizgacha esa ana shu forsiy nusxa toshbosmalar, qo’lyozmalar va zamonaviy nashrlar shaklida yetib kelgan. Al-Husayniy at-Turbatiy forscha tarjimani 1637-yilda hukmdor Shohjahon(1628 – 1657-yillar)ga topshiradi. Shohjahon esa uni Dekan viloyatining qozikaloni(yuqorida ham nomi zikr etildi) Muhammad Ashraf Buxoriyga beradi va ishonchli manbalarga solishtirib, kamchiliklarini bartaraf etishni aytadi. Shu zaylda asarning to’ldirilgan, nisbatan mukammal tahriri vujudga keladi va u “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) hamda “Voqeoti Temuriy” (“Temurning boshidan kechirganlari”) nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan ko’plab nusxalar ko’chirilganligi ma’lum. Ma’lum bo’ladiki Boburiylar saltanatida “Tuzuki Temuriy” asari asosida ikki mustaqil asar vujudga keladi va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bog’liq o’ziga xos tafsilotlar mavjud. “ “Tuzuki Temuriy” nusxasini, dastlab, Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan. So’ngra arab tili professori, ingliz mayori Uaytga uni ko’rib chiqish uchun topshirgan. Uayt “Tuzuki Temuriy” ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, Devi esa uni inglizchaga o’girgan va ko’rsatkich hamda izohlar bilan ta’minlangan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783-yilda angliyaning Oksford shahrida nashr etilgan”.2 “Temur tuzuklari” o’z vorislariga Temur tomonidan qoldirilgan pand-nasihat ruhidagi tarixiy asar ekanligini aytdik. Xo’sh, bunday ruhdagi asarlar yozishni Temur boshlab berganmi? Ya’ni tuzuk yozish, faqat, Amir temur davridan boshlandimi degan savol ham tug’ilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, tuzuk yozish odati Amir Temurdan oldin ham bo’lgan, keyin ham. Bu odat aslida xitoy va turk-mo’g’ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk xoqonlaridan qolgan “Qonunnoma” , Chingizxondan qolgan “Bilik” , Xondamir(1474 – 1535-yillar) yozgan “Qonuni Humoyun” , Ro’zbexon(1458 – 1521 yoki 1530-yillar)ning qalamiga mansub bo’lgan va shayboniylardan Ubaydullaxon topshirig’iga ko’ra yozilgan “Suluk al-muluk” (“Podsholarga yo’l-yo’riq”) shular jumlasidandir.6 Bunday asarlarda davlatni idora etish tartib-qooidalari, turli mansab egalarining vazifalari, xayr-u sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to’plash tartibi, harbiy yurishlarni o’tkazish va qo’zg’olonlarni bostirish qoidalari bayon etiladi. Mutaxassis olimlar(A.A. Semyonov, Ch.Re, E.G. Braun va boshqalar)ning so’zlariga qaraganda “Temur tuzuklari” boshida turkiy tilda bitilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja’far poshshoning kutubxonasida saqlangan. Yuqorida nomi tilga olingan Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiyning forsiycha tarjimasi shunday turkiycha nusxalardan biriga asoslangan, albatta. Asarning muallifi ma’lum emas. Butun voqea bir shaxs – Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi yoki amir Temur aytib turgan, kotib yozib olganmi yo Temur aytganlarini biror kishi keyinchalik to’plab kitob qilganmi bu xususda bir tayinli fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida bu asar chindan ham Amir Temur tomonidan yozilganligi va u Temurning tarjimai holi ekanligi e’tirof qilinadi. “Chunonchi, Somiyning “Qomus ul-a’lom” asarida Amir Temur “Tuzukot” unvonidagi qonunlar majmuasini qalamga olib, unda o’zining tarjimai holini bayon etgan deyiladi” .7 “Oʻtgan davr ichida mazkur asar Amir Temur tomonidan yozilmagan, uning vafotidan ancha keyin yaratilgan, degan taxminlar ham ilgari surildi. Ammo asarning tili va uslubi, pand-nasihatlarning Amir Temur siyratiga mosligi, chuqur idrok, oʻtkir zehn va donishmandlik bilan yozilgani, asardagi voqealarning Amir Temur hayoti haqida hikoya qiluvchi bir qator ishonchli manbalar (Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si, Ibn Arabshohning “Ajoyib at-taqdur fi axbori Taymur” asari va hokazo)dagi maʼlumotlarga mos kelishi va boshqa bir qator tarixiy faktlar asar bevosita Amir Temur tomonidan yozilganini tasdiqlaydi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, asar dastavval Amir Temurning ona tili – eski oʻzbek tilida yozilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy ham yuqorida nomi tilga olingan asarida Amir Temur davrida uning hayotidagi muhim voqealarni oʻz ichiga olgan turkiy va forsiy asarlar mavjud boʻlganini aytadi. Shu paytga qadar Amir Temur faoliyati haqida uning hayotligida bitilgan turkiy tildagi asar bizgacha yetib kelmaganidan, bu oʻrinda soʻz “Temur tuzuklari” haqida borayotganini taxmin qilish mumkin” .8 Download 75.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling