Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida
“Temur Tuzuklari” bo‘yicha mamlakatni boshqarish tartibi
Download 75.89 Kb.
|
Temur tuzuklari (2)
1.2.“Temur Tuzuklari” bo‘yicha mamlakatni boshqarish tartibi.
Amir Temur nomi bilan bog‘liq bo‘lgan uning siyosiy-huquqiy qarashlari to‘plami “Temur Tuzuklari”, “Voqeati Temuriy” (Temurning boshidan kechirganlari) kabi nomlar bilan sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan to‘plam Temurning hayotiy tajribalari asosida ishlab chiqilgan, qonun darajasiga ko‘tarilgan va o‘zining vorislari uchun nasihatlarini o‘z ichiga olgan. “Temur Tuzuklari” XIV asrning II-yarmiga oid ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘rganishga doir Temur saltanati uning davlati tizimi, boshqarilishi, sud tuzilishiga oid juda muhim qoidalar va ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan tarixiy huquqiy manbadir. Tuzilishi jihatidan “Temur Tuzuklari” ma’muriy-harbiy kodeksdir. Tuzuklar ikki qismdan iborat bo‘lib,: birinchi qismi – birinchi maqola Sohibqiron Temurning 7 yoshidan to uning so‘nggi kunigacha bo‘lgan hayoti, siyosiy faoliyati haqida aniqrog‘i Amir Temurning asta-sekin Movarounnahrda hokimiyatini qo‘lga kiritish va uning keyingi yurishlari asosida Temuriylar saltanatiga asos solinishi haqida hikoya qilinadi. Birinchi maqolada 31 tadan 13 ta kengash birma bir sanab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qism esa, Sohibqiron Temur nomidan shahzodalarga qaratilgan vasiyatlari, pand nasihatlaridir. Unda jahongir o‘z vorislariga qarata davlatni idora qilish san’atining nozik sirlari, tamoyillari haqida yozilgan. Amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy joyiga qo‘yish, qo‘shin boshliqlari, ularni xizmat-larini taqdirlash, sipohiylar va ularning maoshlari kabi masalalari xususida vasiyat qilinadi. “Temur Tuzuklari” 1783 yil Angliyada, 1785 yil va 1981 yil hindistonda, 1868 yil Eronda bosmadan chiqadi. 1787 yil frantsuz, 1830 yil ingliz, 1845 yil urdu, 1894 yil, 1934 yil rus, 1835 yil, 1857 yil turk (eski o‘zbek) tilida, o‘z ona yurtida esa 1991 yil nashr qilingan. Amir Temur toju-taxtlari vorislariga vasiyat va pand-nasixat-lar qilar ekan, jumladan shunday deydi: “Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo‘lsinki, tagri taolo darxogida umidim shulki, ko‘plab farzandlarim, avlodim saltanat taxtiga o‘tirib, mamlakatlarni idora etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka (dastur ul-amal) yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodlarimdan bo‘lganlarining har biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu mashoqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan tagrining inoyati va xazrat Muhammadning va salomlari bo‘lsin, tole’i bilan millatning sharofati, on xazrating ulug‘vor avlodi va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqlaganlar”.9 Temur toju-taxt egalarining tutumi va vazifalari haqida ham bir qator zarur qonun-qoidalarni belgilaydi. “Yana tajribada ko‘rib bildimki, - deydi Amir Temur, davlat agar dini oyin (tartib) asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xshar ekan, uni ko‘rgan har kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib-chiqadigan, tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi”. Sohibqiron xuddi ana shu qoidaning muhimligiga bir necha bor e’tiborni qaratgan edi. Bu haqida “Shuning uchun ham men o‘z salta-natim binosini dinu-islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim”. Dinu shariat tuzukini tartibga keltirganimdan so‘ng, saltanatim korxonasining tuzugini tuzishga kirishdim. Saltanat ishlarini qonun va qoidalari (to‘ra va tuzuk)ka solib, uning martabalari tuzu-kini quyidagilarga tayanib tuzdim: birinchilar, saltanatim qonun qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (Xazrati Muhammadning)ning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim,saltanatim martabasini qonun-qoida asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlarini aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi. Ikkinchidan, sipohi raiyatni umid va ko‘rquv orasida saqladim. Do‘st-dushmanni murosayu-madora martabasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini gohida sabr-toqat, gohida bilib bilmaslikka olish bilan o‘tkazdim. Do‘st-dushamanlardan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomila qildimki, do‘st-ligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi. Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsam uni hech vaqt nazarimdan chetga qoldirmadim. Uchinchidan, hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni tatib menga yomonlik qilganlardan hech narsa talab qilmay, ularni parvardigoru olamga topshirdim. Ish ko‘rgan, sinalgan shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim, sofdil kishilar sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq bo‘ldi. Nafsi yomon himmatsiz kimsalarimni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim. To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm shavkat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr zulumdan uzoqroq bo‘lishga intildim. Amir Temurning takidlashicha, agar hukmdor davlatda kuchli hokimiyat bo‘lishini istasa quydagilarga amal qilishi kerak: “Saltanat korxonasi Tagri Taolo korxonasining bir kichik nusxasidirki, unda turli mansabdagi xodim va xizmatchilar (amal va fe’li) noiblar, eshik og‘alari (hujjat) bordir, ularning har biri martabasiga yara-sha o‘z yurishlari bilan mashhurdir. hech biri o‘z martabasidan chetga chiqmaydi va doimo olohning amriga muntazir bo‘lib turadilar.10 Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da vazirlar qanday bo‘lishlar zarurligi haqida ham fikr bildirib, jumladan shunday deydi: "Amir qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishlari lozim; birinchisi - asillik, toza nasllik; ikkinchisi - aql farosatlilik; uchinchisi - sipohi - raiyat ahvolidan xabardorlik ularga nisbatan xushmomalalik bo‘lishlik; to‘rtinchisi - sabr - chidamlik, tinchliksevarlik. Kimki, shu to‘rt sifatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq deb bilsinlar. Uni vazir yoki maslaxatchi etib tayinlasinlar. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz; ishonch, e’tibor, ixtiyor va iqtidor berilsin. Sohibqron vazirlarga xos bo‘lgan noyob fazilatlarni sanar ekan, yana bunday deb yozgan edi: “Kamolga erishgan vazir ul kim, davlat muomalasini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to‘g‘rilik bilan asl-nasli tozaligini ko‘rsatib ajoyib tarzda ko‘rsatadi”.11 Uning takidlashicha: “qaysi vazir soflilik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning, moliyaviy-mulkiy ishlarini diyonat, savob bilan nafsi buziqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay, bajarar ekan, unday vazirni eng oliy martabalarga yetkasinlar”.12 Ma’lumki, Amir Temur bir vaqtlar o‘zi ham vazir bo‘lgan. Shuning uchun uning barcha siru-asrorlaridan voqif bo‘lgan. Bu haqida uning o‘zi shunday deydi: “Xalqqa yordamu-madat berish maqsadida men ham Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga vazirlik hamda sipohsolarlik qilishga rozi bo‘lgan edim. Tangri Taoloning bandalariga yordam qilganimdan bo‘lsa kerakki, Olloh Taolo menga saltanat martabasiga yetkazdi”.13 Xos ul-xos navkarlarimdan uch yuz o‘n uch kishiga amirlik mansabi berishni buyurdim, chunki ular asli toza, pok nasllik, aql-farosatlik, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldini va orqasini o‘ylab ish tutadigan kishilar edi. Ularning har biriga o‘rin bosar tayinladim. Agar amirlardan birontasi vafot etsa, u holda, o‘rinbosari uning o‘rniga o‘tiradi. Uni amirlikka nomzod (muntazir ul amorat) deb aytadilar. Tajribalardan sinab bildimki, jangning sir asrorlarini, g‘anim askarlarini sindirish yo‘lini bilgan, jang qiziganda o‘zini yo‘qotmasdan, qo‘l-oyog‘i bo‘shamasdan, lashkar favjlarini jangga boshlay oladigan, raxna tushsa uni tezda tuzata oladigan kishi amirlik va hukmdorlikka loyiq hisoblanadi. Amirliklarda amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar va boshqa sipohiylarga quyidagi tartibda moash berilgan: oddiy sipohiyga o‘z vazifasini o‘rinlatib bajarishi sharti bilan maoshi mingan otining bahosi bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha, o‘nboshilar maoshi qo‘l ostidagi oddiy sipoxiylardan o‘n baravar ortik, yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki baravar ko‘p, mingboshilarniki esa ziyoda etib belgilangan. Sipohiylardan qaysi biri xatolikka yo‘l qo‘ysa, maoshidan o‘ndan birini kamaytirganlar. Download 75.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling