Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida


IKKINCHI BOB : “TEMUR TUZUKLARI”DA SHAXS VA JAMIYAT MASALALARINI O`RGANISH


Download 75.89 Kb.
bet8/9
Sana02.05.2023
Hajmi75.89 Kb.
#1422486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Temur tuzuklari (2)

IKKINCHI BOB : “TEMUR TUZUKLARI”DA SHAXS VA JAMIYAT MASALALARINI O`RGANISH.
2.1.“Temur tuzuklari” shaxs va jamiyatning asl mohiyatini anglash sari

Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. 


Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, din-u diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga meros qilib qoldirgan "Tuzuklar"ni o‘qisam, xuddiki o‘zimga qandaydir katta ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman. Har bir satri bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi inson, ulkan davlat arbobining keng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko kitobxon yaxshi anglaydi, albatta. Men o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik to‘g‘ri ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, "Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir", degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekani barchamizga ayon. Yoki u zotning: "Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur", degan ko‘rsatmalarida hozirgi notinch zamon uchun, XXI asr siyosatdonlari uchun ham har jihatdan ibratli fikrlar borligini ta’kidlash joiz.17
Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.10
Temurning uch shayxga nisbatan ixlosi juda baland bo’lgan. Bular: Shamsiddin Kulol, Sayyid Baraka va Zayniddin Toyyobodiylardir. Amir Temur o’z faoliyati davomida shu pirlaridan maslahatlar olgan va ularning ko’rsatmalariga amal qilgan. Temur g’oliblik yoki mag’lublik askarning ko’p yo kamligiga bog’liq emas, balki yaratganning qo’llashi va bandasining tutajak tadbiriga bog’liqligini aytadi. Shu o’rinda Qarshi qal’asini 243 kishilik qo’shini bilan egallaganini aytib o’tadi. Bu paytda qarshida 12 000 (asarning Tehron nashrida 2000) askar bo’lgan va ularga Amir Muso hamda Malik Bahodirlar boshchilik qilardi.
1360 – 1361-yilda Amir Temurning Tug’uq Temur qoshiga borish oldi jarayonlari asarda juda chiroyli va ta’sirchan bayon etib o’tilgan.
Temur xorazm cho’llarida yurganida turkmanlar unga hujum qilgani haqida aytiladi. Keyin esa ular orasidan Hoji Muhammad degan odam temurni tanib qolganligi va unga hurmat bajo keltirib, tiz cho’kkanligi aytiladi. So’ngra Temur ham unga hurmat yuzasidan mandilini boshiga qo’yibdi, ya’ni kiydiribdi.11
1362-yilda Seyistonda bo’lib o’tgan jangda o’ng qo’l va o’ng oyog’idan kamon o’qidan yaralanadi.
Shu o’rinda Amir Temurning nihoyatda kechirimli zot bo’lganligini anglash mumkin. Chunki bunday odat davlat boshqarishdagi yaxshigina tamoyillardan biridir.
Temurning ko’pdan ko’p tadbirlaridan o’rnak olish mumkin. Masalan, u dastlab o’ziga xiyonat qilgan, lekin keyinchalik bundan afsuslanib, undan uzr so’rab kelganlarni kechirgan va ularni hurmatlab, o’z xizmatiga olgan. Natijada, ular Temurning asliyatiga qoyil qolib unga sodiqlik bilan xizmat qilishgan. Ammo ba’zida bundan mustasno holatlar ham bo’lgan.
Qo’l ostidagilarni yoki atrofidagilarni jipslashtirish va o’ziga sodiq xizmat qildirish uchun ba’zilariga mehribonlik qilgan, amalparastlariga amal bergan, xazina talablarini esa xazina bilan o’ziga ag’darib olganligini Temur ta’kidlab o’tadi. Rostanam bu sinalgan odatlardan biri ekanligini shaxsan o’zim tan olaman va buni yoqlayman. Bugungi kunda ham davlat boshqaruvida bo’lgan yoki istalgan bir lavozim egalari bu odatni o’zlariga jo qilib olsalar, ishlarida ko’p muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritishlari tayin.
Amir Temur yana kengashni ham ikki xil bo’lishini tushunib yetganini aytib o’tadi. Biri chin ko’ngildan aytiladigan maslahat va fikrlar. Bunday kengashni Temur zo’r ishtiyoq bilan tinglaganligini aytadi. Ikkinchisi esa yuzaki aytiladigan maslahatlar yo fikrlar bo’lishini ta’kidlaydi. Bunday kengashlarni eshitmaslikka olish kerakligini maslahat beradi. Kimdir jon kuydirib gapirsa, uni zo’r diqqat bilan tinglagan. Sipohni ikkilantiradigan kengashlardan saqlangan. Agarda kengashda urush qilish qaroriga kelinsa, uning foyda va ziyonini tinchlikka solishtirib ko’rgan; agar tinchlik sulhi tuzishga kelishilsa, uning foydasi va ziyonini urushdagisiga solishtirib ko’rarkan.18
Bir ishni boshlamay turib, undan chiqish imkoniyatlarini o’ylab qo’yardim – deb aytadi Temur. Har bir qarorga kelish uchun pirlarining maslahatiga ko’ra, avval o’zi bilan kengashgan, ya’ni yaqinlari bilan mashvarat uyushtirgan. Mashvaratda qabul qilingan qarordan keyin esa uning qur’ondan fol ochadigan odati borligini aytadi.
Amir Temurning islom dini yo’lida ham qat’iy turganligini ko’rish mumkin. Har bir ishida qudratli olloxdan madad so’rab, yolborgan.
“Temur tuzuklarida” Temurning qilgan ishlaridan muhimlari alohida mavzuchalar ko’rinishida, ya’ni kichik sarlavhalar ostida berilgan. Men esa bu yerda ulardan ayrimlari bayonini qisqa tarzda yoritib o’tishga harakat qilaman.
Dorussalom Bag’dodni va Arab Iroqini zabt etishdagi kengashi: Iroqi Ajam va Forsni zabt etganidan so’ng piridan xat olganligi aytiladi. Xatda esa “Ey Arab Iroqi va Ajam Iroqining buyuk fotihi, Olloh senga ikkinchi Iroqni ham taqdim etdi” , – deyilgan edi.
Endilikda Temur Dorussalom Bag’dodni bosib olishga qaror qiladi. Dastlab, u yerdagi qo’shin holatini bilish uchun odam yuborgan. Temurga Sulton Ahmad Jaloyir “Ikki ko’zli bir parcha go’sht ekan”, – deb yozilgan xat kelarkan. Shundan so’n Temur Tangrining inoyati bilan Bag’dodga yurish boshlaydi. Va uni zabt etadi. Sulton Ahmad Jaloyir esa Misrga qochib ketadi.
Usmonlilar saltanatini zabt etib, Boyazid lashkarlarini sindirish bobida qilgan kengashi: Shom Shaharlarini zabt etgandan so’ng Temurga Usmonlilar hukmdoridan haqoratomuz xat keladi va ayni damda Boyazidning Temur g’alabalaridan esankirab qolganligi aytiladi. Temur Damashqni bosib olib Mosul yo’li bilan Bag’dodga qarab yuradi va bu bilan Boyazidning urush qilgisi bor-yo’qligini bilib olmoqchi bo’ladi.
Tabriz tomonga harakatlana turib, qo’shinning ma’lum qismlarini Bag’dodga jo’natadi. Bu vaqtda bu yerda Sulton Ahmad Jaloyir o’z qo’shini bilan turar edi. Shahar ikki oydan ortiq qamal qilinadi. So’ngra g’alabaga erishiladi.
Bu voqealardan keyin Temur Ozarbayjonga qaytadi va o’sha yerda ancha qolib ketadi. So’ngra dushman ustiga yopirilib hujum qilish vaqti kelganini anglab 1402-yilning fevral oyida yo’lga chiqadi. Asarda dushman qo’shini 400 ming ekanligi keltirib o’tiladi. Lekin bu to’g’ri ekanligiga ishonadiganlar kamchilikni tashkil etadi. Aksariyat kishilar Boyazid qo’shini Temur qo’shinidan kam bo’lganligini ta’kidlaydilar. Shu tariq Temur bu urushda g’alaba qilib, o’z yurtiga qaytib ketadi.
Asarning ikkinchi qismida Temurning saltanatni boshqarishda qanday tuzuklarga amal qilganligi haqida yozilgan ekan. Temur o’z avlodlariga saltanatni shu tuzuklar asosida boshqarish ma’qul ekanligini uqtirmoqchi bo’lgan. Ammo uning nevaralari-yu avlodlari bunga amal qilganlarmi yoki yo’qmi, amal qilyaptilarmi yo yo’qmi, kim bilsin. Agarda kitobning bu qismida yozilgan tuzuklarga hukmdorlar amal qilganida xalqini va mamlakatini farog’at yo’liga olib chiqa olgan bo’lardi. Bilsangiz, ishimning boshida yozgandim, bu asarni juda ko’plab davlatlar tarjima qilganligini. Vaholanki, bugungi kunda rivojlanib ketgan davlatlarning hukmdorlari aynan shu tuzuklardan ham unumli foydalangandir. Bunga hechkim aniq kafil bo’lolmasa-da, bu ehtimoldan yiroq narsa emas.
Quyida tuzuklar orasida o’zim mohiyatini yaxshiroq tushunganlarim hamda nisbatan menga yoqqanlarini keltirib o’tmoqchiman. Ehtimol, ayrim kamchiliklari bo’lishi mumkin. Buni tajribasizlikdan deb qabul qilishlaringni iltimos qilardim.
Sipoh saqlab turish tuzugi. Amir etdimki, qachonki jang ko’rgan, suyagi qotgan asl o’n sipoh yig’ilsa, ichlaridan eng jasuri, eng botirlarini qolgan to’qqizta sipoh o’zlariga sardor etib saylasinlar va uni o’nboshi deb atasinlar.
O’n nafar o’nboshi jam bo’lsa, ichlaridan eng tajribalisi, bahodirlikda nom chiqarganini o’zlariga bosh etib saylagaylar va uni yuz boshi deb atasinlar.
O’nta yuzboshi to’plansa, ichlaridan eng aqlli, bahodir kishini, bir so’z bilan aytganda, kim o’ta munosib bo’lsa, o’shani ming boshi deb atasinlar va unga amiri hazora deb murojaat etsinlar. Bu yerda yana bir narsani e’tiborga olsak, mingboshilar amirzodalardan bo’lishi kerakligi yozilgan.
Agar qo’shin tarkibidan kimdir o’lsa yoki qochib ketsa, izsiz yo’qolsa, uning o’rniga yangisini qo’yish o’nboshilar ixtiyorida qoldirilsin deyiladi. Shu tartibda yuzboshilar o’nboshilarni, mingboshilar yuzboshilarni tayin qilsin deyiladi. Shu yerda bir ziddiy so’zlar e’tiborga tushadi. Ya’ni tuzukning boshida o’nboshini shu qism tarkibidagilar saylashi, yuzboshini esa o’nboshilar saylashi, mingboshini yuzboshilar saylashi haqida aytilgan edi, ammo tuzuk oxirida buning teskarisi aytildi. Bundan turli mulohazalar keltirib chiqarish mumkin. Balki, biz noto’gri talqin qilayotgandirmiz (lekin shuning uchun ham qandaydir qonun yoki kitob yozayotganda uni noto’g’ri talqin etilishiga yo’l qo’yadigan darchalar qoldirmaslik kerak. Buni afsus bilan qayd etish mumkinki, hozirgi aksariyat ilmiy kitoblarimizda ham, ba’zi qonunchiliklarimizda ham shunday nozik nuqtalar qoldirilgan. Bu esa o’z navbatida ulardan mansabdor shaxslar o’z manfaati yo’lida qonunni suiste’mol qilishlariga qonunan yo’l qo’yib berilishiga olib kelyapti. Har holda bu bizning ishimiz emas, mavzuda davom etamiz), ehtimol, bu yerda faqatgina kimdir o’lib qolsa yoki qochib ketsa, shoshilinch paytlarda shunday qilinishi nazarda tutilgandir.
Yana bir narsaga oydinlik kiritilmagan. Tasavvur qilamiz: o’nta askar o’ziga o’nboshi sayladi. O’nboshi o’zi bilan birga o’n kishiga rahbarlik qiladi degan xulosa kelib chiqdi. Endi o’nta o’nboshi yuzboshini sayladi, ya’ni o’zlarining ichlaridan qaysidir qism o’nboshisi yuzboshi bo’ldi. Bu degani, bitta qism o’nboshisiz qoldi yoki bitta yuzboshi bir paytning o’zida ham qism yuzboshisi, ham ma’lum bir o’ntalikning o’nboshisi bo’lib qoldi. Shu haqida biror aniqroq ma’lumotlar keltirilmagan. Biz esa o’rganib qolganimizdek, doim o’nboshilar yuzboshilar, mingboshilar degan mansablar bo’lgan va shu tartibda saylangan deb yuzaki o’qib ketaveramiz.
Tuzuk oxirida aytilgan: va yana buyurdimki urush paytlarida har bitta lavozim egasi o’zida yuqoridagi lavozim egalari buyruq va ko’rsatmalariga bo’ysunsinlar. Agarda bo’yin egmasalar, jazoga tortilsinlar.
Vazirni tanlash tuzugi. Temur vazir bo’ladigan odam uchun to’rtta xislatning xos bo’lishi lozimligini yozadi. Birinchisi asllilik va toza nasllilik; ikkinchisi aql- u farosatlilik; uchinchisi raiyat holidan habardorligi, ya’ni xalq turmush tarzini qanday ekanligini aniq bilish va hushmuomalalik (aslini olganda barcha lavozim egalari hushmuomala bo’lishlari lozim. Hozirgi kunda aytmaysizmi, bir mansab egasi bo’lganidan keyin ba’zilar o’zgarib qoladi. O’zi xalq ichidan chiqqanligini unutadi-qo’yadi. Huzuriga bir narsani tushunmay murojaat etib borsangiz bormi, dag’dag’a bilan quvib soladi. Shundaylarga “Temur tuzuklari” va shunga o’xshash asarlarni o’qib chiqishni maslahat bergan bo’lardim); to’rtinchisi sabr-toqat va tinchliksevarlik.
Do’st-u dushmanga muomala qilish tuzugi. Ushbu tuzuk menga juda yoqdi. Buning davlatni boshqarishda ham, hayotda ham juda katta ahamiyati bor ekan. Temur aytadiki, taxtga o’tirgach do’st-u dushman bilan bir tekis muomalada bo’ldim. Menga hiyonat qilgan yoki makr-u hiylalar ishlatib, jang maydonida qilichini menga qarshi yalang’ochlagan kishilarni huzirimga kelib uzr-ma’zurlarini aytganlaridan so’ng ularni kechirdim va hushmuomalalik ko’rgizdim. O’zim xafa qilib qo’ygan kishilarim bo’lsa, ularga mol-mulklar va shu kabi moddiy narsalar berib ularni ko’nglini oldim, hushnud etdim. Hiyonatchilarni shunday siladimki, ular qilgan ishlaridan pushaymon bo’lib qolishdi.
Rostdan ham bunday munosabat harqanday kishini o’ziga hayrxoh qilib olishi hech gap emas. Temur esa bunday xislatidan ustomonlik bilan foydalanganligi yuqoridagi satrlardan ma’lum.



Download 75.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling