Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida
Download 75.89 Kb.
|
Temur tuzuklari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lashkar qozisi
- - Islom ulamolari
-Dasturi azam- biror kishiga zulm yetkazib undan ortiqcha mablag’ olishga yo’ qo’ymaslik uchun mas’ul shaxs;
Devonda 10ta vazirlik mavjud bolib, ularning 7-si Adliyavazirligi edi. Bu vazirlik to’g’ridan-to’g’rifuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug’ullangan. Hukm shariat hukmi asosida olib borilgan. -Mutavalliy- vaqf mulklarini boshqartgan va nazoratni amalga oshirgan; -Qozi- har bir shahar va viloyatda, devonning turli jabhalarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar darajasi va martabasiga ko’ra, bir-birlaridan farq qilgan. Qozi-ul quzzot, qozilar va hokazo; -Lashkar qozisi- harbiy qozi ‘’qozi-i harb’’ deyilgan; -Muhtasib- bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi shaxs -Ixtisob- muhtasiblarning boshlig’i shunday atalgan; -Yasoqiylar- yosoni amalga oshiruvchi, hukmni ijro etuvchi shaxs -Qozibacha- qozining o’g’li; -Qozizoda- qozidan tarqalgan avlod ijtimoiy guruh; - Islom ulamolari- (arab. — olim soʻzining koʻpligi — bilimdon) —manbalarda bu titul ham tilga olingan bo’lib, islom ilohiyotchilari va huquqshunos (faqih)lari, shuningdek, diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, oʻquv yurtlariga mutasaddi boʻlgan barcha islom dini olimlari; Davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa o’sha paytda qonunchilik hokimiyati institutlarining roli va ta’sirini kuchaytirish bilan bog’liq edi. Bu borada Sohibqironning qozilarni tayinlash va ularnin faoliyatiga oid qarashlari diqqatga sazvovor; ‘’Lashkar uchun maxsus qozi va hay’at uchun alohida qozi tanladim; har mamlakatga yubordimki, toki musulmonlar gunoh ishlardan qaytib, yaxshi va savob ishlari ko’paysin’ Bundan ko’rinadiki, Amir Temur o’z saltanatida sudlarning harbiy va fuqarolik ishlari bo’yicha ixtisoslashuviga katt ahamiyat bergan.14 Amir Temur o‘z tuzuklarida davlat arboblarining va qo‘shin boshliqlarining ham burch hamda vazifalari xususida o‘z fikrlarini bayon qiladi. Vazirlarning xizmat qilish turi quyidagicha amr etilgan: To‘rt vazir har kuni devonxonada hozir bo‘lsinlar. Birinchi-mamlakat va raiyat vaziri, bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mam-lakat obodonchiligini, aholining farovonligini, xazinani qanday qilib tartibga keltirayotganini menga bildirib tursin. Ikkinchi-sipoh vazirdirkim, u sipohiylarning maoshlari, tanholarini boshqarsin va tarqoq holatga tushib qolmasligi uchun doimo sipoh ahvolidan ogoh bo‘lib tursin, ularning ahvoli to‘g‘ri-sida menga xabar berib tursin. Uchinchisi-egasiz qolgan, o‘lib ketgan, qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o‘tloq va yaylov-larni boshqarib, bularning hammasidan yig‘ilgan daromadlarni omonat tarzida saqlaydigan vazirdir. To‘rtinchisi-saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan taom xarajatlardan ogoh bo‘lishi kerak. Shu tariqa Amir Temur barcha davlat arboblarini hamda qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalarini belgilab bergan. Amir Temur xizmatchilarini taqdirlashga alohida e’tibor bergan, u amirlar, vazirlar, sipoh hamda raiyatni taqdirlab, in’om va sovg‘alar berish yuzasidan quyidagi tuzuklarni belgilaydi: qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar: birinchisi-fahrli xijob. Tug‘ va nog‘ora berib uni “bahodir” deb atasinlar. Ikkinchisi-uni davlat va saltanat sherigi bilib, kengash majlisiga kirgizsinlar. Uchinchisi-unga chegara viloyati topshirilsin va o‘sha yerlik amirlar unga bo‘ysinsinlar. Agar amirlardan qaysi birovi to‘rani (xon o‘g‘lini) yengsa yoki biron amirga shikast yetkazsa, yo biron o‘lkani mag‘lub etsa, uni yuqoridagi yo‘sinda mukofotlasinlar. Jangda o‘zini ko‘rsatib, qarshisidagi g‘anim lashkarini sindirgan bir amirning martabasini oshirsinlar. O‘nboshi, yuzboshi, mingboshilardan qaysi biri dushman safini buzib, o‘z qarshisidagi askar favjini sindirsa, o‘nboshi bo‘lsa shahar hokimligini bersinlar. Yuz boshi bo‘lsa, uni biron mamlakat hukmdori etsinlar.15 "Tuzuk" yozish odati Amir Temurdan avval ham, keyin ham bo‘lgan. Bu asarlarda davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining vazifalari, xayri-sadaqa qilish tartib-qoidalari turli mansab egalarining vazifalari va unga amal qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va ko‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon etiladi. "Temur tuzuklari" ana shunday asarlardan biridir. "Temur tuzuklari" Amir Temur tarixi uning zamonida aniqrog‘i 1342-1405 yillar orasida Movarounnahrni ijtimoiy-siyosiy ahvoli Temur va temuriylar davlati hamda qo‘shining tuzilishi, o‘sha yillarda Temur davlatining qo‘shni mamlakatlar va xalqlari bilan bo‘lgan munosa-batlari haqida hikoya qiladi. Temur davrida davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil et-gan, uning taqdirini esa uch narsa: podsho, xazina va askar hal qilgan Amir Temur o‘zining ulkan imperiyasini uluslarga bo‘lib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa uning tasarrufida bo‘lgan barcha viloyatlar va mamlakatlar to‘rt ulusga bo‘linib ularga Temurning o‘g‘illari hukmronlik qilgan. “Tuzuklar”da vazirlar, amirlar va voliylar haqida ham muhim ma’lumotlar keltirilgan. Vazirlar deyiladi "Tuzuklar"da, saltanat ustunlaridir... Mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchli-gini sipoharning birligini, xazina boyligini doimo ko‘zda tutadi-lar. Davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik, saltanatga zararli narsalarni qaytarishda molu-jonini ayamaydilar. Download 75.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling