Kurs ishi mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida
Download 75.89 Kb.
|
Temur tuzuklari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o`qitish metodikasi yo`nalishi O`zbekiston tarixi fanidan KURS ISHI Mavzu: “Temur tuzuklari” – O`zbekiston tarixini o`rganishda muhim manba sifatida Bajardi: Tarix va uni o`qitish metodikasi yo`nalishi 3-kurs talabasi Abduraximova S. Ilmiy rahbar: Katta o`qituvchi Hamrayev G` Jizzax-2022 Mundarija Kirish………………………………………………………………………...3 BIRINCHI BOB: “TEMUR TUZUKLARI” – O`ZBEKISTON DAVLATINING HUQUQI TARIXINI O`RGANISHNING ASOSIY MANBASI. 1.1. “Temur tuzuklari” asarining yozilishi tarixi haqidagi qarashlar va asar bilan tanishuv.....................................................................................................6 1.2.“Temur Tuzuklari” bo‘yicha mamlakatni boshqarish tartibi…………..10 1.3.“Temur Tuzuklari”da vazir va davlat amaldorlarini tayinlash tartibi. Temuriylar davlatida huquqiy lavozim, kasb va vazifalar………………………..14 IKKINCHI BOB : “TEMUR TUZUKLARI”DA SHAXS VA JAMIYAT MASALALARINI O`RGANISH. 2.1.“Temur tuzuklari” da inson va jamiyatning asl mohiyatini anglash sari.....................................................................................................................22 2.2.“Temur tuzuklari”ning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.................................28 Xulosa............................................................................................................34 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati..............................................................36 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Amir Temur va temuriylar davri diyorimiz tarixida eng gullab yashnagan davlatchilik davrlaridan biridir.Tariximizning eng faxrlanadigan,taraqqiyotda o’zini jahonga bor bo’yi bilan ko’rsatgan davr ham shubhasiz ushbu davrdir.Temur va temuriylar davri bo’yicha manbalar shunchalik ko’pki, ulardagi malumotlar ko’pligidan tarixchi tadqiqotchilar xolis tarixni yoritish va o’rganishda judayam ko’p qiyinchilikga duch kelishadi.Darsliklardagi malumotlar bir birini inkor etganini ko’p guvohi bo’lamiz. Temur va temuriylar davlati boshqaruv atributlarini alohida-alohida mavzularga bo’lib tadqiqot sifatida o’rganilsa biz tarixchilarning xolis tarixni yaratish maqsadimizga sezilarli darajada yaqin kelinadi.Davlatning eng muhim asoslaridan birini diniy-huquqiy tizim tashkil etgani holda, ushbu kurs ishi mavzusi ham temuriylar davlatchiligi tarixini o’rganishda o’ta muhim hisoblanadi.1 O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov asarlarida Amir Temurning Turkiston va uning tashqarisida olib borgan obodonlashtirish, bunyodkorlik faoliyati aniq tarixiy manbalar asosida tahlil qilgan. “Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston bilan chegaralanib qolgan emas. ... Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloqlarida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Qobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan, sug’orish inshootlarini qurdirgan. ... Tarix – bu ko’hna dunyoda o’tgan ko’p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo’yi, bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan”.2 Download 75.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling