Leksikologiya nimani o`rganadi?


Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?


Download 29.17 Kb.
bet10/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org

Antonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?

Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda bir oz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo`lmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno).


Kontekstual antonimiya o`zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum kontekst ichida so`zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko`rish mumkin:



  1. Kontekstual antonimiya haqida ma’lumot bering.

Kontekstual sinonimiya – til birligi sifatida o`zaro sinonim bo`lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so`zlarining leksik ma’nolari bir xil emas: chinni «idish-oyoq, izolyatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy»ni, kosa esa «piyoladan kattaroq idish»ni ataydi. Demak, biri «material»ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan «idish»ni anglatadi, shunga ko`ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi «kosa» ma’nosida ham qo`llanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi ch i n n i d a moy olib keldi (J.Sh.)




  1. Paronimlar va omonimlar qanday farqlanadi?

Paronimlar omonimlar va omofonlardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:


1.Paronimlarning talaffuzi bir–biriga yaqin, o`xshash bo`ladi (yuqoridagi misollar). Omonimlarning esa talaffuzi va yozilishi bir xil bo`ladi: o`t –(« maysa») va o`t («olov») kabi.
2.Omofonlarda ham talaffuz bir xildir:tub va tup(yozuvda) – tup va tup (talaffuzda). Paronimlarda esa talaffuz teng emas, o`xshash bo`ladi: ganj va ganch kabi.
Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo`ladi, paronimlarda esa ular teng bo`lishi ham, teng bo`lmasligi ham mumkin. Qiyos qiling: to`n – «kiyim» (3 ta fonema) – ton «tovush toni» (3 ta fonema)-omofonlar; asr (3 ta fonema) – asir (4 ta fonema)-paronimlar kabi.
3.Paronimlarni so`z variantlari bilan qorishtirmaslik kerak: paronimlar bir so`z turkumiga mansub bir necha leksemalardir: san’at va sanoat kabi. Variatsiyalar esa bir leksemaning turli ko`rinishlari, xolos: tomosha va tamosho, do`ppi va to`ppi, gado va gadoy, shohi va shoyi kabi.


  1. Download 29.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling