Leksikologiya nimani o`rganadi?


Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?


Download 29.17 Kb.
bet11/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org

Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?

1.Omofonlar – talaffuzi bir xil, yozilishi har xil bo`lgan leksemalar: to`rt (son turkumidagi so`z) – tort (ot turkumidagi so`z: «konditer mahsuloti»), to`n («kiyim») – ton («tovush toni»), bob (talaffuzda: bop) - bop kabi.


2.Omograflar – yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo`lgan leksemalar: soya («quyosh nuri tushmaydigan salqin joy») – soya («dukkakli o`simlikning bir turi va uning doni»), rom (oyna o`rnatilmagan deraza)- rom (spirtli ichimlikning bir turi) kabi.



  1. Paronimlar va so`z variantlari qanday farqlanadi?

Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo`ladi, paronimlarda esa ular teng bo`lishi ham, teng bo`lmasligi ham mumkin. Qiyos qiling: to`n – «kiyim» (3 ta fonema) – ton «tovush toni» (3 ta fonema)-omofonlar; asr (3 ta fonema) – asir (4 ta fonema)-paronimlar kabi.


3.Paronimlarni so`z variantlari bilan qorishtirmaslik kerak: paronimlar bir so`z turkumiga mansub bir necha leksemalardir: san’at va sanoat kabi. Variatsiyalar esa bir leksemaning turli ko`rinishlari, xolos: tomosha va tamosho, do`ppi va to`ppi, gado va gadoy, shohi va shoyi kabi.



  1. Paronimiya hodisasining nutqqa ta’siri bormi?

Paronimiya (yun.para – “yonida”+ onyma – “nom”) – ikki yoki undan ortiq leksemalarning talaffuzda o`zaro o`xshash, ohangdosh bo`lishi. Bunday o`xshashlik, odatda, har ikki (yoki uch) leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik yaqinligidan kelib chiqadi. Masalan, arqon va arkon. Bu ikki so`z tarkibidagi 5 ta tovushdan 4 tasi ayni bir xil fonemalardir, ammo ulardan birinchisida «q», ikkinchisida esa «k» fonemalari qatnashgan. Bu ikki fonemaning biri («q») chuqur til orqa, ikkinchisi («k») esa sayoz til orqa, ikkalasi ham jarangsiz, portlovchi undoshlardir, demak, ulardagi fizik-akustik va artikulyatsion belgilar bir-biriga juda yaqin, shuning uchun arqon va arkon leksemalari talaffuzida bir-biriga o`xshashlik bor.


http://fayllar.org
Download 29.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling