Leksikologiya nimani o`rganadi?


Sinonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?


Download 29.17 Kb.
bet8/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org

Sinonimiya hodisasining so`z turkumlariga munosabati qanday?

Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko`ra guruhlanishidir: yelka, kift, o`miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu’la, yog`du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir sinonimik qatorda:




  1. Sinonimik qator va dominanta haqida ma’lumot bering.

ifoda semalari bo`lmagan, betaraf ma’noli leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi. Chunonchi, yuz, bet, aft, bashara, turq (dominanta - yuz); nur, shu’la, yog`du, ziyo (dominanta - nur); yolg`iz, yakka, tanho (dominanta – yolg`iz) kabi. Bulardan yuz (birinchi qatorda), nur (ikkinchi qatorda) va yolg`iz (uchinchi qatorda) betaraf ma’nolidir;




  1. Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?

Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:


1.Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g`azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari "g`azabi kelmoq" ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan "g`azablanmoq"qa, "g`azablanmoq"dan esa "qahrlanmoq"qa qarab kuchayib boradi.
2.Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo`yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo`ladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no – "ovoz chiqarmay miyig`ida kulish" hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida bir oz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo`yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo`yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi.


  1. Download 29.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling