Leksikologiya nimani o`rganadi?


Leksemaning ifoda va mazmun planlari haqida ma’lumot bering


Download 29.17 Kb.
bet2/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org

Leksemaning ifoda va mazmun planlari haqida ma’lumot bering.

O`zbek tilshunosligida leksemaning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat bir butun leksik birlik sifatida qaralishi keng tarqalgan, bunda uning ifoda plani (tovush tomoni) nomema atamai bilan, mazmun plani esa semema atamasi bilan nomlanmoqda. Mazkur darslikda ham shu an’anaga amal qilindi Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifida quyidagi belgi-xususiyatlarning alohida o`rni bor:




  1. Yasama so`zlarning ifoda planlari qanday farqlanadi?

Yasama so`zlarda o`zak morfema va so`z yasovchi morfemalar leksemaning ifoda plani bo`ladi: ish-chi>ishchi, bosh-la(moq)>boshla(moq) kabi. Fonemalar esa o`zak va affikslarning ifoda plani vazifasida qo`llanadi: ishchi-i,sh/ch,i; boshlamoq-b,o,sh/l,a/m,o,q kabi.




  1. Leksemaning tashqi va ichki formalari haqida ma’lumot bering.

Leksemaning ifoda planidagi turli shakllar uning tashqi shakli sanaladi;


b) leksemaning mazmun plani deyilganda uning ma’nosi (yoki ma’nolari) va uslubiy bo`yoqlari (ma’no qirralari) nazarda tutiladi. Masalan, quloq leksemasining mazmun planida quyidagi leksik ma’nolar bor: «eshitish a’zosi» (odamning qulog`i), «dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o`rnatilgan muruvvatlar» (dutorning qulog`i), «qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar» (qozonning qulog`i) kabi. Chehra leksemasining mazmun planida esa leksik ma’no qo`shimcha ottenka – uslubiy bo`yoq bilan qoplangan. Bu bo`yoq kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi: chehra degan ko`ngilning oynasidir. (Hamza).



  1. Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning qaysi kategoriyalariga mos?

Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo`lishini taqozo qiladi, mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. Qiyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir xil fonemalar qatnashgan, ammo bu fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har xil. Bu hol shu ikki leksema ma’nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tartibini o`zgartirish esa shaklning yo`qolishiga olib keladi: shahar (so`z, leksema) – ashhar (so`z emas), hashar (so`z, leksema) – rashah (so`z emas). Demak, tovushlarning har qanday yig`indisi so`z (leksema) bo`lavermaydi: bunday yig`indi til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko`tarilishi uchun u albatta mazmun bilan bog`langan bo`lishi kerak.





  1. Download 29.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling