Leksikologiya nimani o`rganadi?


Leksemaning yaxlit bir butun birlik ekanligi nimalarda namoyon bo`ladi?


Download 29.17 Kb.
bet3/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org

Leksemaning yaxlit bir butun birlik ekanligi nimalarda namoyon bo`ladi?

Leksikologiyada tilning lug`at boyligi sistema sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik so`zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig`indisi emas, balki o`zaro aloqada bo`lgan, birining bo`lishi ikkinchisining bo`lishini taqozo qiladigan lug`aviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi so`z va elementlar yaxlit bir "organizm"ning "to`qimalari" va "hujayralari" munosabatida bo`ladi: so`zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma’no va uning semalari o`rtasidagi butun va qism munosabatlari, so`z ma’nolarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi. Bu tizimning asosiy birligi so`z ekanligini hisobga olsak, leksikologiyada bevosita so`zning o`zi bilan bog`liq masalalar ham ko`riladi: so`zning til birligi sifatidagi mohiyati, so`z strukturasi (ifoda va mazmun planlari, semantik tarkibi), leksik ma’no va uslubiy semalar, leksik ma’no va etimon, leksik ma’no taraqqiyoti, uzual va okkazional ma’nolar shular jumlasidandir.




  1. Leksemaning leksik birlik sifatidagi asosiy belgilarini tushuntiring.

Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifida quyidagi belgi-xususiyatlarning alohida o`rni bor:


1.Har qanday leksema ikki tomonning - ifoda va mazmun planlarining (nomema va sememaning) birligidan tarkib topadi:
a)leksemaning ifoda plani uning fonetik qobig`idir (fonemalar, bo`g`inlar va so`z urg`usidan iborat moddiy-material shakli). Masalan, quloq leksemasining ifoda planida 5 ta fonema (q,u,l,o,q), 2 ta bo`g`in (qu-loq) va 1 ta so`z urg`usi (quloq) bor.

  1. Leksik monosemiya hodisasini qanday tushunasiz? Leksik polisemiyani-chi?

Leksik monosemiya (yunoncha: monos – «bir»+semia – «belgi») – leksemaning faqat bitta ma’noga ega bo`lishi. Masalan, o`zbek tilidagi guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma’nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma’nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo`lgan qismi» ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo`q.





  1. Download 29.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling