Leksikologiya nimani o`rganadi?


Metafora yo`li bilan ma’noning ko`chishi?


Download 29.17 Kb.
bet5/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.17 Kb.
#1798675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya nimani o`rganadi -fayllar.org

Metafora yo`li bilan ma’noning ko`chishi?

I z o h: Ba’zan ma’noning ko`chirilishida metafora va funksiyadoshlik (vazifadoshlik) omillari birga qatnashadi: tish («odamning tishi») – tish («arraning tishi») kabi. Bunda odam tishlari va arra tishlari o`rtasidagi shakliy-vazifaviy o`xshashliklar ma’no ko`chirilishiga olib kelgan; qanot («qushning qanoti») leksemasining ko`chma ma’noga ega bo`lishi (samolyotning qanotini ifodalashi) ham shakliy-vazifaviy o`xshashlikka asoslangan;




  1. Vazifadagi o`xshashlik asosida ma’noning ko`chirilishi?

V a z i f a d a g i o` x sh a sh l i k a s o s i d a ma’noning ko`chirilishi (funksional ko`chirish): tomir (anat. «qon tomirlari»-bosh leksik ma’no) – tomir (biol. «o`simlik tanasida suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan to`qima naychalar»-hosila ma’no). Tomir leksemasining semantik tarkibidagi bu ikki ma’no shu leksema bilan atalayotgan «qon tomirlari» va «o`simlik tanasidagi to`qima naychalar» bajarayotgan vazifadagi o`xshashlikka asoslangan: har ikki holatda ham ular (tomir va naychalar) tirik organizm uchun kerakli moddalarning butun tana va to`qimalar bo`ylab tarqalishi uchun xizmat qiladi.




  1. Metonimiya yo`li bilan ma’noning ko`chirilishi?

Metonimiya yo`li bilan ma’no ko`chishida natija ikki xil bo`ladi: a) polisemiya yuzaga keladi (bunda ma’nolar o`rtasidagi bog`lanish saqlanadi): til ("nutq a’zosi") – til ("aloqa-aralashuv quroli"); b) omonimiya paydo bo`ladi. Bunda ma’nolardagi bog`lanish kuchsizlanadi, uzoqlashadi, hatto unutiladi, natijada shakli bir xil bo`lgan ikki so`z yuzaga keladi. Masalan, issiq (sifat) leksemasi asosida issiq (ot) leksemasi yuzaga kelgan. Bunda: "belgi" kategorial semasi "predmet" kategorial semasiga almashgan; sifatdagi semalar tarkibida "norma (o`lchov)", "ortiq" semalari tashlangan; "harorat" semasi yana ham abstraktlashish tomon taraqqiy qilgan, ana shu abstrakt sema ot leksemasining semantik mundarijasini tashkil etib qolgan.





  1. Download 29.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling