61
yordam beradi.
Tanani parvarish qilish. Tana gigienasiga rioya qilish, organizm hayot
faoliyati jarayonlarini me‘yoriy ravishda borishini ta‘minlaydi. Teri yuzasining
rangi va holati sog‗likning holati, ishchanlik qobiliyati
va turli kasalliklarga
organizmning chidamliligidan darak beradi. Teri inson organizmining muhim
qobig‗i bo‗lib, organizm ichki muhitini himoya qilish,
moddalar almashinuvi
natijalarini tashqariga chiqarish, organizm haroratini boshqarish kabi vazifalarni
bajaradi. Terida ko‗plab nerv tugunlari bo‗lib, teriga ta‘sir etuvchi vositalar haqida
axborotlar berib turadi. Bu ma‘lumotlar sog‗lom va
toza teri sohasida amalga
oshiriladi. Terining kirlanishi, teri kasalliklari terining o‗tkazuvchanligini buzadi
va inson salomatligiga salbiy ta‘sirlar ko‗rsatadi.
Kiyimlar va poyabzal gigienasi. Kiyimlar va poyabzal
insonni tashqi muhit
talablariga muvofiq moslashuvini tashkil etishga, terini kirlanish,
mexanik
ta‘sirlardan saqlanishga yordam berishi kerak. Sport kiyim va poyabzali jismoniy
tarbiya mashg‗ulotlari va sport turlari bo‗yicha musobaqalar xususiyatlariga
muvofiq bo‗lishi lozim. Ular engil, harakatlarni erkin bajarishga imkon beradigan
bo‗lishi kerak. Odatda sport kiyimlari elastik materiallardan tayyorlanadi, ular
havoni yaxshi o‗tkazadigan, ter suyuqligini yaxshi
shimib oladigan va uni
bug‗lantirib chiqarib yuboradigan bo‗lishi kerak. Poyabzal engil, ixcham, havo
yaxshi aylanadigan, namlanmaydigan, mexanik ta‘sirlarni yumshatadigan bo‗ladi.
Ular ob havo shakllariga muvofiq tayyorlanadi. Uzoq masofaga sayrlar,
kross
yugurishlarida pishiq, chidamli poyabzal foydalaniladi. Ular quruq va chidamli
bo‗lishi kerak aks holda oyoq panjalarini jarohatlanishi yoki sovuq urishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: