Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet11/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63

Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv 

qarorining  chiqarilgan  vaqti  va  joyi,  hal  qiluv  qarorini  chiqargan 

sudning  nomi,  sudyaning  familiyasi  (sud  tarkibi),  sud  majlisining 

 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

90 


 

VI BОB

 

kotibi,  taraflar,  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar  hamda  nizo 



predmeti  ko‘rsatiladi.  Shuningdek,  hal  qiluv  qarorining  boshida 

“Sirtdan” degan jumla ishlatiladi. 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorining  bayon  qismida 

javobgarning e’tirozlari mavjud bo‘lmaydi. Agar ishda javobgarning 

tushuntirishlari  mavjud  bo‘lsa,  u  qatnashmagan  holda  ushbu 

tushuntirishlar  va  e’tirozlar  tahlil  etilganligi,  albatta,  belgilab 

qo‘yilishi lozim bo‘ladi. 

Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, 

umumiy  asoslarda  chiqarilgan  sud  hal  qiluv  qarorlaridan  farqli 

ravishda  javobgarning  tushuntirish  va  e’tirozlarini  aks  ettiruvchi 

holatlar va ushbu holatlarni tasdiqlovchi dalillar berilmaydi, chunki 

sud  bunday  ma’lumotga  ega  bo‘lmaydi,  jumladan  hal  qiluv 

qarorining  ushbu  qismida  ishning  sud  tomonidan  aniqlangan 

holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos bo‘lgan 

dalillar,  sud  u  yoki  bu  dalilni  rad  qilishda  asoslangan  xulosalari, 

shuningdek,  nizoli  munosabatni  tartibga  soluvchi  moddiy  huquq 

me’yorlari  (fuqarolik,  oila,  yer,  mehnat,  uy-joy  to‘g‘risidagi  va 

boshqa  qonunlar)  keltirilmog‘i,  qonunning  nomi,  moddasi,  bandi 

hamda  protsessual  huquq  me’yorlari  ko‘rsatilmog‘i  lozim.  Zarur 

holatlarda,  sud  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 

tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozim bo‘ladi. 

Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi, 

otasining  ismi  yoki  yuridik  shaxsning  nomi  to‘liq  keltirilishi,  da’vo 

talablarini qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) haqidagi sudning 

qisqa  va  aniq  xulosasi  aks  ettirilishi  lozim.  Shuningdek,  sud 

xarajatlarining  taqsimlanishi,  sirtdan  hal  qiluv  qarori  ustidan 

shikoyat  va  protest  keltirish  muddati  va  tartibi  aniq  ko‘rsatilishi 

lozim. 

 

 FPKning  203-moddasiga  ko‘ra,  sudya  yoki  sud  ishni  mazmunan 

ko‘rib bo‘lganidan so‘ng shu sud majlisining o‘zidayoq darhol uzil-kesil hal 

qiluv  qarori  chiqaradi. Ayrim  hollarda  alohida  murakkab  ishlar  yuzasidan 



 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

91 


 

VI BОB

 

asoslantirilgan  hal  qiluv  qarorini  tayyorlash  ko‘pi  bilan  uch  kunga 



kechiktirilishi mumkin. 

Chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  tushunarsiz  bo‘lgan  taqdirda,  ishni  hal 

qilgan  sud  o‘z  tashabbusi  bilan  yoki  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

arizasiga  ko‘ra  hal  qiluv  qarorini  uning  mazmunini  o‘zgartirmagan  holda 

FPKning 215-moddasida  belgilangan  qoidalarga  ko‘ra, qilinmagan  va  uni 

majburiy  ijro  qildirish  mumkin  bo‘lgan  muddat  o‘tmagan  bo‘lsagina,  uni 

tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi. Hal qiluv qarorining tushunish qiyin bo‘lgan 

qismlarini  to‘liqroq  va  tushunarli  bayon  etishda,  sud  uning  mazmunini 

o‘zgartirishga  va  hal  qiluv  qarorida  bayon  etilmagan  masalalarni  hal 

qilishga haqli emas. 

 FPKning 213-moddasiga binoan, sud hal qiluv qarorining yozuvidagi 

xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni  o‘z tashabbusi bilan 

yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin. 

Tuzatish kiritish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan 

holda  sud  majlisida  hal  etiladi.  Bu  shaxslarning  kelmasligi  ishni  ko‘rib 

chiqish  uchun  to‘sqinlik  qilmaydi.  Umumiy  tartibda  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorlariga  nisbatan  qo‘llaniladigan  ushbu  talablar  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv qaroriga ham tatbiq etiladi. Mazkur holatlarda faqat da’vogar barcha 

protsessual harakatlarni amalga oshiradi. 

 

Esda  saqlang!  FPKning  228-moddasi  va  O‘zbekiston 



Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Sudning  hal  qiluv  qarori 

haqida”gi  1998-yil  17-apreldagi  13-sonli  qaroriga  asosan  sud 

majlisiga  kelmagan  taraflar  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa 

shaxslarga  sudning  hal  qiluv  qarori,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarori  nusxasi  hal  qiluv  qarori  chiqarilgan  kundan  e’tiboran  besh 

kundan kechiktirmay yuborilishi zarurligi belgilangan.

 

 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorining  mazmuni  FPKning  206-



moddasining  qoidalari  bilan  belgilanadi.  Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorining xulosa qismida bu hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish haqida 

ariza berish muddati va tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

92 


 

VI BОB

 

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 



“Fuqarolik  protsessual  qonun  hujjatlari  ayrim  normalarining  sudlar 

tomonidan  qo‘llanilishi  haqida”gi  2003-yil  19-dekabrdagi  19-sonli 

qarorining  19-bandiga  asosan  boshlangan  sud  majlisida  faqatgina 

O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  224-moddasining  birinchi  qismida 

nazarda  tutilgan  barcha  asoslar  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,  sirtdan  ish 

yuritilishi mumkin. 

Agar  javobgar  sud  majlisiga  kelmaganligi  tufayli  da’vogarning 

iltimosiga  ko‘ra  ishni  ko‘rish  keyinga  qoldirilgan  bo‘lsa,  javobgar  sud 

majlisiga  takroran  kelmasa,  sud  ishni  sirtdan  ish  yuritish  tartibida  ko‘rib 

chiqishga haqli. 

Javobgar  sud  majlisiga  kelgan,  ammo  sud  majlisi  tugaguniga  qadar 

o‘zboshimchalik  bilan  sud  majlisini  tark  etgan  yoxud  ish  bo‘yicha  e’lon 

qilingan  tanaffusdan  keyin  uzrli  sababsiz  kelmagan  taqdirda,  sud  mavjud 

bo‘lgan  materiallar  asosida  ishni  uning  ishtirokisiz  ko‘rish  masalasini 

muhokama  qilishi  mumkin.  Bunday  sud  majlisida  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarori sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori deb hisoblanmasligi belgilangan. 



 

4-§. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining ustidan shikoyat 

berish (protest keltirish) 

Sud  qarorlarining  qonuniy,  asosli  va  adolatli  bo‘lishini  ta’minlash 

maqsadida  ularni  qayta  ko‘rish  (apellyatsiya,  kassatsiya,  nazorat  tartibida) 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

 

 

 

 

O‘zbеkistоn  Rеspublikаsi  FPKning  311-moddasiga  binoan,  sudning 

qаrоri qоnuniy, аsоsli vа аdоlаtli ekаnligi yuzаsidаn tеkshiruv 

 

qоnuniy kuchgа kirmаgаn hаl qiluv qаrоri ustidаn bеrilgаn apellyatsiya 



shikоyati yoki apellyatsiya prоtеsti bo‘yichа  

birinchi  instаnsiya  sudining  qоnuniy  kuchgа  kirmаgаn  аjrimi  ustidаn 

bеrilgаn xususiy shikоyat yoki xususiy prоtеst bo‘yichа 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

93 


 

VI BОB

 

 



 

  

 



 

 

 



 

Yuqoridagi 

asoslar 

bilan 


birgalikda 

fuqarolik 

protsessual 

qonunchiligida  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rishning 

o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Bunda  ham  da’vogarning,  ham 

javobgarning  manfaatlari  e’tiborga  olinib,  shikoyat  berish  (protest 

keltirish)ning turli shakllaridan foydalanish huquqi kafolatlangan. 

Sud  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi 

arizani,  ariza  tushgan  paytdan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida,  sud  majlisida 

ko‘radi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning 

kelmasligi  arizani  ko‘rish  uchun  to‘sqinlik  qilmaydi.  Sud  arizani 

ko‘rganidan  keyin  ajrim  chiqaradi.  Sudning  arizani  qanoatlantirmaslik 

haqida  chiqargan  ajrimi  ustidan  xususiy  shikoyat  berilishi  mumkin 

(FPKning 232-moddasi). 

Agar  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

arizani  ko‘rish  vaqtida  sud  tarafning  sud  majlisiga  kelmaganligiga  uzrli 

sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati 

bo‘lmaganligini  hamda  taraf  sirtdan  qabul  qilingan  hal  qiluv  qarorining 

mazmuniga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  dalillarni  taqdim 

qilayotganini  aniqlasa,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  bekor  qilinib, 

ishni mazmunan ko‘rish tiklanishi lozim (FPKning 234-moddasi). 

Agar  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  shu  qarorni  chiqargan  sud 

tomonidan  bekor  qilinsa,  ishni  mazmunan  ko‘rish  tiklanadi  va  FPKda 

nazarda  tutilgan  qoidalar  asosida  olib  boriladi.  Agar  FPKning  132–139-

moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan, xabardor qilingan javobgar 

birinchi instаnsiya sudining qоnuniy kuchgа kirgаn аjrimi ustidаn bеrilgаn 

xususiy shikоyat yoki xususiy prоtеst bo‘yichа 

 

qоnuniy kuchgа kirgаn hаl qiluv qаrоri, аjrim, qаrоr ustidаn nаzоrаt 



tаrtibidа prоtеst kеltirish hаqidа bеrilgаn аrizа bo‘yichа

 

qоnuniy  kuchgа  kirgаn  hаl  qiluv  qаrоri  ustidаn  bеrilgаn  kassatsiya 



shikоyati yoki kassatsiya prоtеsti bo‘yichа 

 

qоnuniy kuchgа kirgаn hаl qiluv qаrоri, аjrim vа qаrоrni yangi оchilgаn 



hоlаtlаr bo‘yichа qаytа ko‘rish hаqidа bеrilgаn аrizа bo‘yichа qo‘zg‘аtilаdi.

 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

94 


 

VI BОB

 

sud majlisiga kelmasa ham, ish bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarori sirtdan 



chiqarilgan hisoblanmaydi. Javobgar, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan 

qaror sifatida qayta ko‘rilishini so‘rab, ariza berishga haqli emas (FPKning 

235-moddasi). 

Yuqori sudlar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestlarini ko‘rish 

orqali  birinchi  instansiya  sudlarining  xatolarini  tuzatadi  va  shu  bilan  odil 

sudlovning  to‘g‘ri  amalga  oshirilishiga,  fuqarolik  protsessual  huquqiy 

munosabatlarda  qatnashuvchilarning  huquqlarini  himoya  qilishga  yordam 

beradi, quyi sudlarning qarorlarini tekshirish orqali ish bo‘yicha qonuniy hal 

qiluv  qarorlarini  chiqarish  uchun  qayta  yuboradi,  sudlarda  qonunlarni 

to‘g‘ri tatbiq etilishini talab etadi va ular ustidan nazorat olib boradi. 

Prokuror  sud  jarayonida  ishtirok  etgan-etmaganligidan  qat’iy  nazar, 

apellyatsiya yoki kassatsiya, shuningdek, nazorat protesti keltirishi mumkin. 

Boshqa  shaxslarning  huquqlarini  himoya  qilish  maqsadida,  sudda 

ishtirok  etgan  davlat  boshqaruvi  organlari,  kasaba  uyushmalari, 

muassasalar,  korxonalar,  jamoat  tashkilotlari,  shuningdek,  ayrim  fuqarolar 

ham shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 

Shikoyat qilish huquqi sudning hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin 

paydo  bo‘ladi.  Bu  huquq  apellyatsiya  yoki  kassatsiya  shikoyati  berilishi 

bilan  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  taraflar  yoki  ulardan  biri  ishning 

nazorat  instansiyasida  qayta  ko‘rilishini  talab  qilish  maqsadida  nazorat 

tariqasida  protest  keltirilishi  so‘ralgan  ariza  bilan  nazorat  protesti  keltirish 

huquqiga ega bo‘lgan subyektlarga murojaat qiladilar. 

Apellyatsiya shikoyati yoki protestining mazmuni va uni berish tartibi 

FPKning  322–323-moddalarida  belgilangan.  Unda  ko‘rsatilishicha, 

apellyatsiya  shikoyati  yoki  protestining  mazmunida  shikoyat  yoki  protest 

beruvchi shaxsning nomi, shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan 

hal  qiluv  qarori  va  bu  hal  qarorini  chiqargan  sud,  hal  qiluv  qarorining 

noto‘g‘riligi  nimadan  iborat  ekanligi,  shikoyat  berayotgan  yoki  protest 

beruvchi shaxsning iltimosi, shikoyat yoki protestga ilova qilingan yozma 

materiallarning ro‘yxati ko‘rsatiladi. 

Apellyatsiya  shikoyati  yoki  protesti  sud  majlisida  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  soniga  qarab  nusxalari  bilan  qo‘shib  beriladi.  Sudya,  zarur 

hollarda,  apellyatsiya  shikoyati  bergan  shaxsga  yoki  protest  keltirgan 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

95 


 

VI BОB

 

prokurorga  apellyatsiya  shikoyatiga  yoki  protestga  ilova  qilingan  yozma 



materiallarning ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab nusxalar bilan 

topshirish majburiyatini yuklaydi. 

Asoslantirilmagan  shikoyat  yoki  protestning  berilishi  qarorning 

tekshirilishini  qiyinlashtiradi,  biroq,  shunday  bo‘lsa  ham,  ishda  ishtirok 

etuvchilarni  shikoyat  yoki  protestga  e’tirozlar  bildirish  imkoniyatidan 

mahrum qilmaydi. 

Sudning  hal  qiluv  qaroriga  keltiriladigan  apellyatsiya  shikoyatidan 

nizoli  summa  bo‘yicha,  da’vo  arizalari  uchun  belgilangan  stavkaning        

50  foizi  miqdorida  davlat  boji  olinadi.  Agar  apellyatsiya  shikoyati  yoki 

protesti  berishda  FPKning  322-  va  323-moddalarining  talablari  buzilgan 

bo‘lsa  yoki  davlat  boji  to‘lashdan  ozod  qilinmagan  shaxs  davlat  boji 

to‘lamagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati yoki protest harakatsiz qoldiriladi. 

Apellyatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya 

shu  shikoyatning  yoki  protestni  harakatsiz  qoldirishga  asos  bo‘lgan 

kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib, ajrim 

chiqaradi.  Shikoyat  yoki  protest  bergan  shaxs  belgilangan  muddatda 

ajrimda  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni  tuzatsa,  shikoyat  yoki  protest  dastlab 

sudga taqdim etilgan kunda berilgan deb hisoblanadi. Aks holda, shikoyat 

yoki  protest  berilmagan  hisoblanib,  shikoyat  yoki  protest  bergan  shaxsga 

qaytariladi. 

Hal  qiluv  qarori  ustidan  shikoyat  berish,  protest  keltirish  uchun 

belgilangan  muddat  ichida  ishni  suddan  hech  kimning  talab  qilib  olishi 

mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va prokuror ish materiallari 

va  berilgan  shikoyat  yoki  protest  bilan  tanishishga  haqlidirlar.  Hal  qiluv 

qarorining  yuqori  instansiya  sudida  mumkin  qadar  to‘la  tekshirilishini 

ko‘zlab qonun (FPKning 327-moddasi) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 

shikoyat  yoki  protest  yuzasidan  sudga  tushuntirish,  izoh  berishga  (e’tiroz 

bildirishga)  va  bu  e’tirozni  tasdiqlaydigan  hujjatlarni  unga  ilova  qilib 

topshirishga  haqli  bo‘lishlari  ko‘rsatiladi.  Tushuntirish  (e’tiroz)  nusxalari 

ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab beriladi. 

Agar fuqarolik ishlari umumiy asoslarda ko‘rilganda hal qiluv qarorida 

norozi  tarafga  yuqori  sudga  shikoyat  berish  (prokurorga  protest  keltirish) 

huquqi  ko‘rsatilsa,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorida  esa,  shikoyat 

berish, protest keltirishning turli shakllari ko‘rsatiladi. 



 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

96 


 

VI BОB

 

Xuddi  shuningdek,  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  sirtdan 



chiqarilgan  hal  qiluv  qarorlari  ustidan  kassatsiya  shikoyati  (protesti)  ham 

keltirilishi mumkin.  

Qonuniy  kuchga  kirgan,  apellyatsiya  tartibida  ko‘rilmagan  hal  qiluv 

qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil 

ichida  taraflar  va  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilingan  shaxslar  tomonidan 

kassatsiya  shikoyati  berilishi  va  prokuror  tomonidan  protest  keltirilishi 

mumkin (FPKning 348

1

-moddasi). 



Kassatsiya  shikoyatlari  va  protestlari  kassatsiya  instansiyasi  sudi 

nomiga  yoziladi,  lekin  hal  qiluv  qarori  chiqargan  sudga  beriladi.  Vakil 

tomonidan  berilgan  kassatsiya  shikoyatiga  ishonchnoma  yoki  vakilning 

vakolatlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Kassatsiya 

shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib 

miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi (FPKning 348

3

-moddasi). 



Kassatsiya  instansiyasi  sudi  zarur  hollarda  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarga  shikoyat  yoki  protest  yuzasidan  tushuntirish  berishni  (e’tiroz 

bildirishni)  taklif  qiladi.  Tushuntirishlarning  (e’tirozlarning),  shuningdek, 

ularga  ilova  qilingan  hujjatlarning  nusxalarini  sud  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarga  topshiradi,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  iltimosnomasi 

bo‘yicha  dalillarni  talab  qilib  olishga  ko‘maklashadi  (FPKning  348

9

-

moddasi). 



Ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida sud birinchi instansiya sudi hal 

qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini kassatsiya shikoyati 

yoki  protestining  vajlari  hamda  ular  yuzasidan  bildirilgan  e’tirozlar 

doirasida tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni 

aniqlashi mumkin (FPKning 348

13

-moddasi).  



Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini 

bekor  qilish  asoslari  va  tartibi  umumiy  va  maxsus  xususiyatga  ega. 

Jumladan,  taraflarning  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  ustidan 

apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) asoslari va tartibi 

Fuqarolik  protsessual  kodeksida  berilgan  umumiy  qoidalarga  asosan 

amalga  oshiriladi  hamda  FPKning  312–314-moddalarida  ko‘rsatilgan 

asoslar bo‘yicha ham sirtdan hal qiluv qarori bekor qilinishi mumkin. 

 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

97 


 

VI BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2004-yil        



21-maydagi  “Fuqarolik  ishlarini  apellyatsiya  tartibida  ko‘rish 

amaliyoti  haqida”  5-sonli  qarori  39–41-bandlarida  quyidagilar 

belgilangan: 

Sud  majlisida  ishtirok  etmagan  tarafga  hal  qiluv  qarorini 

sirtdan chiqargan sudga, shu hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqida 

FPKning 229-moddasiga muvofiq, ariza berish huquqi berilganligi, 

unda  (sud  majlisida  ishtirok  etmagan  tarafda)  sirtdan  chiqarilgan 

hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi  arizani  qanoatlantirmay 

qoldirish  to‘g‘risida  sud  chiqargan  ajrim  ustidan  FPKning  232-

moddasining  ikkinchi  qismiga  asosan  xususiy  shikoyat  berish 

huquqi borligidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, sirtdan chiqarilgan hal 

qiluv qarori ustidan ayni bir vaqtda apellyatsiya tartibida shikoyat 

berish imkoniyatini istisno qiladi.

 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi  arizani 

qanoatlantirmay  qoldirish  to‘g‘risida  sud  chiqargan  ajrimga  xususiy 

shikoyat FPKning 37-bobida belgilangan tartibda beriladi va ko‘riladi. 

Agar  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi 

arizani,  FPK  233-moddasining  1-bandiga  muvofiq,  qanoatlantirmay 

qoldirish  to‘g‘risida  sud  chiqargan  ajrimga  berilgan  xususiy  shikoyatni 

ko‘rishda, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilishning FPKning 

234-moddasida  nazarda  tutilgan  asoslari  aniqlangudek bo‘lsa,  apellyatsiya 

instansiyasi  sudi  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish 

haqidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida sud chiqargan ajrimni 

hamda  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilib,  ishni  mazmunan 

ko‘rish uchun birinchi instansiya   sudiga yuboradi. 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorining  bekor  qilinishi  avvalgi 

tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rish 

tiklanishiga  olib  keladi.  Apellyatsiya  instansiyasi  sudi,  agar  u  sirtdan 

chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  ustidan  berilgan  apellyatsiya  shikoyatini 

ko‘rayotganda  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilishning 

FPKning  234-moddasida  nazarda  tutilgan  asoslari  mavjudligini  aniqlasa, 

sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan ko‘rishni 

tiklagan  holda  ko‘rib  chiqish  uchun  uni  o‘sha  sudning  o‘ziga  yuborishga 

haqli ekanligi belgilangan. 



 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

98 


 

VI BОB

 

5-§. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi 



arizaning mazmuni va uni rasmiylashtirish tartibi 

   FPKning 229-moddasiga asosan, javobgar hal qiluv qarorini sirtdan 

chiqargan  sudga  shu  hal  qiluv  qarori  chiqarilganidan keyin  15 kun  ichida 

uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqli. 



 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza taraf 



yoki  uning  vakili  tomonidan  imzolanadi.  Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi  ariza  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi, axborot tizimi 

orqali  elektron  shaklda  yuboriladigan  ariza  bundan  mustasno.  Ariza 

berganlik uchun davlat boji to‘lanmaydi (FPKning 230-moddasi). 

Sud  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarni  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor 

qiladi,  ularga  shu  ariza  va  unga  ilova  qilingan  materiallarning  nusxalarini 

yuboradi (FPKning 231-moddasi). 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilishning  maxsus 

xususiyati  shundaki,  mazkur  qaror  faqat  javobgarning  arizasiga  ko‘ra, 

FPKning  234-moddasida  ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘yicha  bekor  qilinishi 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling