Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet12/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63

Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi 

arizada quyidagilar bolishi kerak 

 

sirtdan hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi



 

ariza berayotgan tarafning nomi 

 

sud  majlisiga  uzrli  sabablarga  ko‘ra  kelmaganlikdan  dalolat  beruvchi  holatlar 



ro‘xati  va  ularni  tasdiqlovchi  dalillar,  shuningdek,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorining mazmuniga tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillar ro‘yxati

 

ariza beruvchi tarafning iltimosi



 

arizaga ilova qilingan materiallarning ro‘yxati.

 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

99 


 

VI BОB

 

ko‘rsatilgan, ya’ni sud, birinchidan, tarafning sud majlisiga kelmaganligiga 



uzrli  sabablar  borligini  va  bu  haqda  sudni  o‘z  vaqtida  xabardor  qilish 

imkoniyati bo‘lmaganligini, ikkinchidan, taraf sirtdan chiqarilgan hal qiluv 

qarorining  mazmuniga  ta’sir  ko‘rsatish  mumkin  bo‘lgan  dalillarni  taqdim 

qilayotganini  aniqlasa,  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilib, 

ishni mazmunan ko‘radi. 

 

6-§. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish 



to‘g‘risidagi ajrim hamda uni protsessual rasmiylashtirish tartibi 

 

FPKning  229-moddasiga  ko‘ra,  javobgar  hal  qiluv  qarorini  sirtdan 

chiqargan  sudga  shu  hal  qiluv  qarori  chiqarilganidan  keyin  o‘n  besh  kun 

ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqli.  

Sud  arizani  qabul  qilgandan  keyin  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarni 

sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rish 

vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga shu ariza va unga ilova qilingan 

materiallarning  nusxalarini  yuboradi.  Sud  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv 

qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani, ariza tushgan paytdan e’tiboran o‘n 

kun  ichida,  sud  majlisida  ko‘radi.  Sud  majlisining  vaqti  va  joyi  haqida 

xabardor  qilingan  shaxslarning  kelmasligi  arizani  ko‘rish  uchun  to‘sqinlik 

qilmaydi.  Sud  arizani  ko‘rganidan  keyin  ajrim  chiqaradi.  Sudning  arizani 

qanoatlantirmaslik  haqida  chiqargan  ajrimi  ustidan  xususiy  shikoyat 

berilishi mumkin. 



 

 

 

 



 

 

 



 

Sud sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish 

haqidagi arizani ko‘rib, o‘zining ajrimi bilan 

 

 



arizani qanoatlantirmay 

qoldirishga

 

sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini 



bekor  qilish  va  avvalgi  tarkibdagi  yoki 

boshqa  tarkibdagi  sud  tomonidan  ishni 

mazmunan 

ko‘rishni 

tiklashga 

haqli 


(FPKning 233-moddasi) 

 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

100 


 

VI BОB

 

FPKning  234-moddasida  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor 



qilish  asoslari  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  agar  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida sud tarafning 

sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z 

vaqtida  xabardor  qilish  imkoniyati  bo‘lmaganligini  hamda  taraf  sirtdan 

qabul  qilingan  hal  qiluv  qarorining  mazmuniga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin 

bo‘lgan  dalillarni  taqdim  qilayotganini  aniqlasa,  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv  qarori  bekor  qilinib,  ishni  mazmunan  ko‘rish  tiklanishi  lozim.  Agar 

sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  shu  qarorni  chiqargan  sud  tomonidan 

bekor qilinsa, ishni mazmunan ko‘rish tiklanadi va FPKda nazarda tutilgan 

qoidalar asosida olib boriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  “Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  birinchi  instansiya  sudi  ajrimlari  to‘g‘risida”gi  2012-yil              

25-maydagi  7-sonli  qarorining  7-bandiga  asosan,  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi  arizani  qanoatlantirish  to‘g‘risidagi 

ajrim  ustidan  sudning  hal  qiluv  qaroridan  ajratilgan  holda  shikoyat  va 

protest  berilmaydi,  shuningdek,  6-bandiga  asosan  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish  haqidagi  arizani  rad  etish  to‘g‘risidagi  ajrim 

ustidan esa shikoyat yoki protest berilishi mumkinligi belgilangan. 

 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  javobgarning 

munosabatini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin bo‘ladi: 

1)

 

 javobgar  sirtdan  chiqarilgan  sud  hal  qiluv  qarorining 

nusxasini olgandan so‘ng, ko‘pincha unda ko‘rsatilgan qarorga rozi 

bo‘ladi; 

2)

 

 javobgar  sud  chiqargan  hal  qiluv  qarorini  qayta  ko‘rish 

haqida ariza berish huquqini yaxshi anglab yetmagan bo‘ladi; 

3)

 

 sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qaroridan  nusxa  o‘z  vaqtida 

javobgarga yetib bormaydi va natijada sirtdan chiqarilgan hal qiluv 

qarori ustidan shikoyat berish muddati o‘tib ketadi; 

4)  javobgar  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  chiqarilganligi 

haqida  faqat  majburiy  ijro  harakatlari  boshlanganida  xabardor 

bo‘ladi.

 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

101 


 

VI BОB

 

FPKning 217-moddasiga asosan, sudning hal qiluv qarori, agar uning 



ustidan shikoyat berilmagan yoki protest keltirilmagan bo‘lsa, apellyatsiya 

shikoyati  berish  va  protest  keltirish  muddati  o‘tganidan  keyin  qonuniy 

kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan yoki 

apellyatsiya  protesti  keltirilgan  taqdirda,  hal  qiluv  qarori,  agar  u  bekor 

qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori instansiya   sudi ko‘rib chiqqanidan keyin 

qonuniy kuchga kiradi. 

Umumiy  qoidaga  ko‘ra,  FPKning  218-moddasiga  asosan,  sirtdan 

chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  ham  qonuniy  kuchga  kirganidan  so‘ng  ijro 

etiladi. 

FPKning  234-moddasida  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor 

qilish  asoslari  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  agar  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida sud tarafning 

sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z 

vaqtida  xabardor  qilish  imkoniyati  bo‘lmaganligini  hamda  taraf  sirtdan 

qabul  qilingan  hal  qiluv  qarorining  mazmuniga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin 

bo‘lgan  dalillarni  taqdim  qilayotganini  aniqlasa,  sirtdan  chiqarilgan  hal 

qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko‘rish tiklanishi lozim.  

Agar  sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

arizani  ko‘rish  vaqtida  javobgarning  arizasida  ko‘rsatilgan  holatlar  o‘z 

isbotini topmasa, javobgar ko‘rsatgan sabablar uzrli deb topilmasa, javobgar 

taqdim  etgan  dalillar  ishning  mazmuniga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin 

bo‘lmasa yoki javobgar keltirgan boshqa vajlar asossiz deb topilsa, sirtdan 

chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza sudning ajrimiga 

binoan qanoatlantirmay qoldiriladi. 

Sirtdan  hal  qiluv  qarori  ustidan  berilgan  ariza,  shikoyat  hamda 

keltirilgan protestni ko‘rib chiqish vakolati quyidagilarga berilgan: 

1) sirtdan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib 

chiqish  va  qonunda  belgilangan  harakatlarni  amalga  oshirish  vakolati  shu 

hal qiluv qarorini chiqargan sudning o‘ziga berilgan; 

2) sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarori  ustidan  berilgan  shikoyat  va 

keltirilgan  protestlarga  asosan  qayta  ko‘rish  vakolati  yuqori  bosqich 

sudlariga berilgan. 

 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

102 


 

VI BОB

 

 



NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1.

 



O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  protsessual  kodeksiga 

sirtdan ish yuritish institutining kiritilish zarurati va sabablarini tahlil eting. 

2.

 

Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorining  qonuniy  kuchi  va  ijrosida 



qanday muammolar kuzatilishi mumkin? 

3.

 



Sirtdan  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorining  umumiy  tartibda 

chiqarilgan hal qiluv qaroridan farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil eting. 

4.

 

Javobgarsiz  umumiy  tartibda  ko‘rilgan  ishdan  sirtdan  ko‘rilgan 



ishning farqli va o‘xshash jihatlarini ko‘rsating. 

 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumanlararo 

sudi  ko‘rilgan  da’vogarlar  S.Salimov,  A.Salimovalarning  javobgarlar 

N.Kobulov,  R.Kobulova  va  A.Niyazmetovalarga  nisbatan  meros  mulkiga 

egalik  qilish,  meros  mulkini  bo‘lish,  vasiyatnomani  haqiqiy  emas  deb 

topish, uydan chiqarish va uyga kiritish haqidagi da’vo talablari yuzasidan 

fuqarolik  ishini  ko‘rib  chiqdi.  Keyinchalik,  ish  bo‘yicha  chiqarilgan  hal 

qiluv  qaroriga  nisbatan  uchinchi  shaxs  sifatida  fuqaro  B.Niyozmetov 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  kassatsiya  shikoyati 

beradi. U o‘z shikoyatida birinchi instansiya sudida uchinchi shaxs sifatida 

ishdan  manfaatdor  ekanligini,  ammo  protsessga  chaqirtirilmaganligini, 

bunday  turkumdagi  ishlarni  sirtdan  ko‘rish  mumkin  emasligini, 

javobgarlardan  faqat  bittasigina  sud  protsessiga  kela  olmaganligini  dalil 

sifatida keltirib o‘tgan va sud qarorini bekor qilinishini so‘ragan.  

 

Fuqaro B.Niyozmetovning shikoyatidagi e’tirozlari o‘rinlimi? 



 

Sirtdan ish yuritishga doir cheklovlar bormi? 

 

Fuqaro B.Niyozmetovga qanday yordam berish mumkin? 



2.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirobod  tumanlararo 

sudida  ko‘rilgan  da’vogar  S.Eshmatovning  javobgarlar  B.Karimov  va 

R.Karimovlarga  nisbatan  uyga  kiritish  va  foydalanish  huquqini  belgilash 


 SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

103 


 

VI BОB

 

haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  sirtdan  hal  qiluv  qarori  bekor  qilingan. 



Aniqlanishicha, javobgar B.Karimov kassatsiya shikoyatida ish sirtdan ish 

yuritish tartibida ko‘rilganida da’voning asosi yoki predmeti  o‘zgartirilishi 

yoki  da’vo  talablarining  miqdori  ko‘paytirilishi  mumkin  emasligini 

ko‘rsatgan. 

Ammo 

ishni 


ko‘rish 

jarayonida  da’voning  asosi 

o‘zgartirilganligi  aniqlangan. 

Ishni kassatsiya bosqichida ko‘rish jarayonida da’vogar da’vodan voz 

kechishi mumkinligini bildirgan. 

 



Javobgar  B.Karimovning  kassatsiya  shikoyatida  keltirilgan  vajlari 

to‘g‘rimi? 

 



Ushbu vaziyatda da’vogar da’vodan voz kechishi mumkinmi? 

 

 

 

 



BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

104 


 

VII BОB

 

VII BOB. BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 



RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§. Sud buyrug‘ini chiqarish bo‘yicha talablar 

Fuqarolarning  sud  orqali  himoyalanishga  bo‘lgan  huquqlarini  amalga 

oshirishlari  uchun  qo‘shimcha  qulayliklar  yaratish,  da’vo  arizalari  va 

shikoyatlarini qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish borasidagi dastlabki 

jarayonlarni  yanada  soddalashtirish  maqsadida,  fuqarolik  ishlarini  sudda 

ko‘rish  va  hal  qilishning  bir  muncha  soddalashtirilgan  tartibi  –  “Buyruq 

tartibida  ish  yuritish”  (FPKning  20

1

-bobi)  joriy  etildi.  Mazkur  institut 



mamlakatimiz  fuqarolik  protsessual  qonunchiligiga  “O‘zbekiston 

Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 

Qonuni bilan kiritildi va hozirda sud amaliyotida samarali tarzda qo‘llanib 

kelinmoqda.  Endilikda  fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  qonun 

hujjatlari da’vo tartibidagi ishlar, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-

harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan  shikoyatlar  bo‘yicha  ishlar  hamda 

alohida  tartibda  yuritiladigan  ishlar  bilan  bir  vaqtda  buyruq  tartibidagi 

ishlarni  ham  ko‘rib  chiqish  va  hal  etish  tartibini  belgilaydi  (FPKning  2-

moddasi). 

 

Sud buyrug‘i – undiruvchining pul mablag‘larini undirish 

to‘g‘risidagi yoki ko‘char mol-mulkni nizosiz talablar bo‘yicha 

qarzdordan  talab  qilib  olish  to‘g‘risidagi  arizasi  bo‘yicha 

sudya, sudda ishni ko‘rmasdan, chiqargan hujjat. 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  buyruqlari  qonunchilikda  belgilangan 



qat’iy  qoidalar  asosida,  faqat  mulkiy  tusdagi  talablar  yuzasidangina 

chiqariladi. 

Qonun  mulkiy  tusda  bo‘lmagan  yoki  ko‘chmas  mol-mulklarni 

undirishga  qaratilgan  talablar  yuzasidan  sud  buyruqlari  chiqarilishiga  yo‘l 

qo‘ymaydi. 

 


BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

105 


 

VII BОB

 

 



Fuqarolik 

protsessual 

qonunchiligida 

sud 

buyruqlarini 

chiqarishning quyidagi talablari o‘z ifodasini topgan:  

1) agar talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa; 

2) agar talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan 

tan olingan bo‘lsa, shu jumladan, agar kommunal xizmatlar to‘lovi 

bo‘yicha qarzni undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa;  

3)  agar  voyaga  yetmagan  bolalar  uchun  alimentlar  undirish 

haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish 

zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa; 

4)  agar  hisoblangan,  lekin  xodimga  to‘lanmagan  ish  haqini  va 

unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi talab arz qilingan 

bo‘lsa; 

5)  agar  fuqarolardan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar 

bo‘yicha  qarzlarni  undirish  haqidagi  talab  arz  qilingan  bo‘lsa 

(FPKning 238

2

-moddasi).

 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil                   



3-fevraldagi  “Buyruq  tartibida  ish  yuritishni  tartibga  soluvchi  qonun 

normalarini  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  4-sonli  qarorida 

tushuntirish  berilishicha,  sud  buyrug‘i  chiqarish  haqidagi  talab  FPKning 

145-moddasida  belgilangan  sudlovga  taalluqlilikning  umumiy  qoidalariga 

amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmagan 

farzandning  ta’minoti  uchun  aliment  undirish  haqidagi  talab  undiruvchi 

yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan 

bitimga  asoslangan  talab  ushbu  talab  bajarilishi  lozim  bo‘lgan  joydagi 

sudga taqdim qilinishi ham mumkin. 

Sud buyrug‘i qonunda belgilangan tartibda, shuningdek, aniq ro‘yxatda 

ko‘rsatilgan talablar asosida amalga oshiriladi. Bitimlarning yozma, notarial 

tartibda  tasdiqlangan  bitimlarga  asoslanganligining  ahamiyati  shundan 

iboratki, bitimning bunday shakllari undiruvchi va qarzdor o‘rtasida mavjud 

bo‘lgan  moddiy  huquqiy  munosabatlarni  to‘liq  namoyon  qilib,  ularni 

ro‘yobga chiqarishga imkon beradi. 


BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

106 


 

VII BОB

 

2-§. Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizaning shakli, 



mazmuni va uni rasmiylashtirish tartibi 

Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda, shu 

jumladan,  axborot  tizimi  orqali  elektron  shaklda  beriladi.  Ariza  shakli, 

mazmuni va matniga qo‘yilgan talablar da’vo arizasiga qo‘yilgan talablarga 

o‘xshash  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga,  buyruq  chiqarish  jarayonining  o‘ziga 

xosligini  hisobga  olib,  uning  shaxs  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini 

soddalashtirilgan  tartibda  himoya  qilinishini  ko‘zda  tutadi.  Lekin  buyruq 

tartibida  ish  yuritishda,  da’vo  arizasi bilan  murojaat  qilishdagi jarayondan 

farqli ravishda, nizosiz va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan talablar ko‘rib 

chiqiladi.  Demak,  sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risidagi  arizada  talablar 

bayon qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish 

bilan kifoyalaniladi.  

 

Lekin  sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risidagi  arizalarning 

mazmuniga  alohida  e’tibor  berish  lozim.  Unda  ariza  berilayotgan 

sudning  nomi,  undiruvchi  va  qarzdor  shaxsning  aniq  manzili, 

joylashgan  joyi  va  agar  ulardan  biri  yuridik  shaxs  bo‘lsa,  uning 

rekvizitlari, undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar, 

arz  qilingan  talabni  tasdiqlovchi  va  ilova  etilayotgan  hujjatlar 

ro‘yxati  ko‘rsatilishi  lozim.  Agar  undiruvchi  tomonidan  ko‘char 

mol-mulk  talab  qilinayotgan  bo‘lsa,  arizada  ushbu  mol-mulkning 

qiymati ham ko‘rsatilishi talab etiladi.

  

Sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risidagi  ariza  undiruvchi  yoki  uning 

vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning 

vakolatlarini    tasdiqlovchi  hujjat  ilova  etilishi  lozim.  Buyruq  tartibida  ish 

yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning 

soddalashtirilgan  usuli  ekanligidan  kelib  chiqib,  sudlar  arizani  qabul 

qilishda  undiruvchining  vakili  tomonidan  berilgan  arizada  vakilning  nomi 

va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi 

tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan 

holatlar bundan mustasno. 

 


BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

107 


 

VII BОB

 

Yuqorida bayon etilganidek, sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi 



ariza bilan  prokuror ham  sudga murojaat qilishi mumkin. Lekin 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil                 

3-fevraldagi  “Buyruq  tartibida  ish  yuritishni  tartibga  soluvchi 

qonun  normalarini  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi         

4-sonli qarorida tushuntirish berilishicha, prokuror fuqaro sog‘ligi, 

yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlarini shaxsan 

himoya  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmasagina,  fuqaro  manfaati 

yuzasidan  sud  buyrug‘ini  chiqarish  haqidagi  ariza  bilan  sudga 

murojaat  qilishi  mumkin  bo‘ladi.  Bunday  holda,  sud  buyrug‘i 

chiqarish  haqidagi  prokurorning  arizasiga  arz  qilingan  talabni 

tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, fuqaroning sudga murojaat qila 

olmasligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi lozim. 

 

Oila  qonunchiligi  talabiga  ko‘ra,  voyaga  yetmagan  bolalar  uchun 

aliment  undirish  haqidagi  talab  ota-onalarning  biri  yoki  har  ikkalasidan, 

boshqa ota-onalar, farzandlikka oluvchi, bolaning vasiy yoki homiyi yoxud 

bolalarni  tarbiyalash  muassasasi  mamuriyati  tomonidan  ham  berilishi 

mumkinligi  sababli,  ular  ham  sud  buyrug‘i  chiqarish  haqidagi  talab  bilan 

sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladilar.  

Sudya  FPKning  238

2

-moddasida  ko‘rsatilgan  talablar  bo‘yicha 



faqatgina  ushbu  talab  hujjat  asosida  tasdiqlangan  hamda  talab  yuzasidan 

qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmagan taqdirda, sud buyrug‘ini chiqarishi 

mumkin.  Shunga  ko‘ra,  undiruvchi  taraflar  o‘rtasida  da’vo  tartibida  hal 

qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjud emasligi haqidagi o‘z 

talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart. 

Sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risida  ariza  berilganida,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-sonli 

“Davlat boji stavkalari haqida”gi qarori asosida tasdiqlangan ilovaga ko‘ra, 

da’vo ishlarini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji 

undiriladi.  

 


BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

108 


 

VII BОB

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling