Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

328 


 

V BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

 

Sud ajrimlaridan namunalar 

 

AJRIM 

(da’voni ta’minlash to‘g‘risida) 

 

2013-yil 30-aprel kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 



sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan mol-mulkni bo‘lish 

haqidagi fuqarolik ishi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni 

  

Aniqladim: 

 

Da’vogar (F.I.O.) sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar (F.I.O.) bilan 



qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, hozirgi kunda alohida yashayotganligini, 

javobgar nikohgacha bo‘lgan mulklarini bermayotganligini ko‘rsatib, mol-mulkini olib 

berishni so‘ragan. 

Fuqarolik  ishida  to‘plangan  hujjatlardan  da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  bilan 

birgalikda Mirobod tumani Maxzuna ko‘chasi 71-uyda yashashganligi aniqlandi. 

FPKning  248-moddasida  sud  (sudya)  tomonidan  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  arizasiga  binoan  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  da’voni  ta’minlash  choralari 

ko‘rilishi  mumkinligi,  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik  sud  chiqargan  hal 

qiluv  qarorining  ijrosini  qiyinlashtirsa  yoki  uni  bajarib  bo‘lmaydigan  qilib  qo‘ysa, 

da’voni  ta’minlashga  yo‘l  qo‘yilishi,  shuningdek,  FPKning  249-moddasi  birinchi 

qismi  2-bandida  javobgarning  muayyan  harakatlarni  amalga  oshirishini  taqiqlash;  3-

bandida  boshqa  shaxslarning  javobgarga  mol-mulk  berishini  yoki  unga  nisbatan 

boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash mumkinligi belgilangan. 

Yuqorida  qayd  etilgan  qonun  talablariga  ko‘ra,  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha 

da’voni  ta’minlash  choralarini ko‘rmaslik  kelgusida  sud  chiqargan hal qiluv qarorini 

qiyinlashtirishini yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishini inobatga olib, da’voni 

ta’minlash  chorasi  sifatida  javobgarning  muayyan  harakatlarni  amalga  oshirishini 

taqiqlab qo‘yish lozim bo‘ladi. 

Bayon qilinganlarga ko‘ra va FPKning 248-, 237–238-moddalarini qo‘llab, 

A j r i m      q i l d i m : 

Da’vogar (F.I.O.)ning da’voni ta’minlash haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. 

Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan mol-mulkni bo‘lish haqidagi 

fuqarolik  ishi  bo‘yicha  da’voni  ta’minlash  chorasi  sifatida  (F.I.O.)  yashaydigan 

Mirobod tumani Maxzuna ko‘chasi 71-uydagi javobgar (F.I.O.) va da’vogar (F.I.O.) 

larga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulklari xatlansin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

329 


 

Ajrim  nusxasi  ijro  qilish  uchun  Mirobod  tuman  sud  ijrochilar  bo‘linmasiga 

yuborilsin. 

Ajrimdan  norozi  taraflar  10  kun  muddat  ichida  xususiy  shikoyat  qilishga, 

prokuror xususiy protest keltirishga haqli. 

 

Sudya:                              imzo                         (F.I.O.)  



 

A J R I M 

(ishga tegishsiz tarafni almashtirish to‘g‘risida) 

 

2013-yil yanvar oyining 9-kunida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo 



sudi  binosida  ochiq  sud  majlisida,  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida, 

tarjimon  (F.I.O.)  ishtirokida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan 

moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi 1-2482/13-sonli fuqarolik ishi ko‘rib 

chiqilib, quyidagilar 

 

A n i q l a n d i: 

 

Fuqaro  (F.I.O.)  sudga  da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilib,  o‘z  da’vo  arizasida  



Toshkent  shahar  Hamza  ko‘chasi  29-uyning  1-xonasini  2002-yil  29-oktabr  kuni 

(F.I.O.)dan  sotib  olganligini  va  hozirgi  paytda  ushbu  xonadondan  savdo  do‘koni 

sifatida  foydalanib  kelayotganligini,  uni  qo‘shnisi,  ya’ni  Toshkent  shahar,  Hamza 

ko‘chasi,  29-uyning  5-6  xonalarida  yashovchi  (F.I.O.),  unga  tegishli  bo‘lgan  savdo 

do‘konini bir necha marotaba suv bilan bostirganligini, birinchi marta qo‘shnisi savdo 

do‘konini suv bilan bostirganida u o‘z hisobidan ta’mirlaganligini, 2003-yil 7-sentabr 

kuni  qo‘shnisi  (F.I.O.)  yashovchi  uydan  yana  uning  savdo  do‘koni  suv  bilan  to‘lib 

ketganligini,  buning  natijasida  bir  qancha  zarar  ko‘rganligini,  bu  haqda  dalolatnoma 

tuzilganligini,  suv  bostirilishi  natijasida  savdo  do‘konining  devorlari  va  yoritish 

vositalari ishdan chiqib, unga 1.000.000 so‘m moddiy zarar yetkazilganligini, bu haqda 

fotosuratlar  va  kassetalar  mavjudligini,  u  bu  suv  bostirishlar  natijasida  ruhan  ezilib, 

o‘ylab  ma’naviy  jihatdan  qiynalganligini,  shu  sababli  javobgar  (F.I.O.)dan  unga 

yetkazilgan moddiy  zarar uchun  1000.000 so‘m,  ma’naviy zarar uchun 250.000 so‘m 

undirishni va ishni uning ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan. 

FPKning  42-moddasiga  ko‘ra,  sud  arz  qilingan  talab  uni  ilgari  surish  huquqiga 

ega  bo‘lmagan  shaxs  tomonidan  yoki  da’vogarning  arizasi  bo‘yicha  javob  berishi 

lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganligini aniqlasa, da’vogarning roziligi 

bilan  dastlabki  da’vogar  yoki  javobgar  ishga  daxldor  da’vogar  yoki  javobgar  bilan 

almashtirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ish holatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Toshkent 

shahar Hamza ko‘chasi 5-6 xonalarida (F.I.O.) yashab kelmoqda va uyning egasi shu 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

330 


 

fuqaro hisoblanadi, shu sababli sud javobgar (F.I.O.)ni (F.I.O.) bilan, da’vogar e’tiroz 

bildirmaganligi uchun almashtirib, uni ish bo‘yicha javobgar sifatida jalb qilishni lozim 

deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 42-, 237-238-moddalariga binoan, sud 

 

Ajrim qiladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan moddiy va ma’naviy zararni 



undirish  to‘g‘risidagi  fuqarolik  ishi  yuzasidan  javobgar  (F.I.O.)  fuqaro  (F.I.O.)  bilan 

almashtirilib, (F.I.O.) ushbu fuqarolik ishi bo‘yicha javobgar sifatida jalb qilinsin. 

Ajrimdan norozi tomon 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent 

shahar sudiga xususiy tartibda shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                          imzo                            (F.I.O.)  



 

 

AJRIM 

(fuqarolik ishlarini birlashtirish haqida) 

 

2014-yil  20-iyul  kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Zangiota  tumanlararo  sudining 



sudyasi  (F.I.O.)    da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larning  javobgar  Zangiota 

tumani  o‘quvchilar  ijodiyot  markaziga  nisbatan  ishga  tiklash,  majburiy  progul  vaqti 

uchun  ish  haqi  va  yetkazilgan  ma’naviy  zararni  undirish  haqidagi  da’vo  arizalari 

bo‘yicha qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqlandi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  sudga  da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilib,  Zangiota  tumani 



o‘quvchilar  ijodiyot  markazining  2014-yil  18-maydagi  35-sonli  buyrug‘ining  15-

bandini  bekor  qilishni,  o‘zini  avval  ishlab  kelgan  to‘garak  rahbari  vazifasiga  ishga 

tiklashni,  majburiy  progul  vaqti  uchun  ish  haqi  hamda  yetkazilgan  ma’naviy  zararni 

qoplash hisobiga 5.000.000 so‘m undirishni so‘ragan. 

Da’vogar  (F.I.O.)    sudga  da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilib,  da’vo  arizasida 

Zangiota  tuman  o‘quvchilar  ijodiyot  markazining  2014-yil  18-maydagi  35-sonli 

buyrug‘ining  18-bandini  bekor  qilishni,  o‘zini  avval  ishlab  kelgan  vazifasiga  ishga 

tiklashni, majburiy progul vaqti uchun ish haqini hamda yetkazilgan 5.000.000 so‘m 

ma’naviy zararni undirishni so‘ragan. 

Da’vogar (F.I.O.) sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, da’vo arizada Zangiota 

tumani  o‘quvchilar  ijodiyot  markazining  2014-yil  18-maydagi  35-sonli  buyrug‘i  30-


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

331 


 

bandini bekor qilishni, o‘zini avval ishlab kelgan vazifasiga ishga tiklashni, majburiy 

progul  vaqti  uchun  ish  haqini  hamda  yetkazilgan  5.000.000  so‘m  ma’naviy  zararni 

undirishni so‘ragan. 

Da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  tomonidan  kiritilgan  da’vo  arizalari 

bo‘yicha qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishlari o‘rganib chiqilganda, ular aynan bir javobgarga 

nisbatan  da’vo  qilganliklari  va  bu  da’volar  bo‘yicha  fuqarolik  ishi  yuritilayotganligi 

aniqlandi. 

FPKning  156-moddasiga  ko‘ra,  shu  sudda  bir  necha  da’vogarning  aynan  bitta 

javobgarga nisbatan arizalari bo‘yicha bir necha ish yuritilayotganligi aniqlansa, agar 

bu  ishlarni  birlashtirish  ishning  o‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  hal  qilinishiga  yordam  bersa, 

sudya ushbu ishlarni birgalikda ko‘rish uchun bitta ishga birlashtirishga haqlidir. 

Ushbu qonun talabidan mazkur ishlar bo‘yicha nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal 

qilinishini  ta’minlash  maqsadida  da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larning 

javobgar  Zangiota  tumani  o‘quvchilar  ijodiyot  markaziga  nisbatan  ishga  tiklash, 

majburiy progul vaqti uchun ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zarar undirish haqidagi 

da’vo  arizalari  bo‘yicha  yuritilayotgan  1-9392/14,  1-9393/14  va  1-9394/14-sonli 

fuqarolik ishlarini    1-9394/14-sonli fuqarolik ishiga birlashtirishni lozim topdi. 

Binobarin, sud FPKning 156-, 237–238-moddalariga binoan, 

 

Ajrim    qiladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larni javobgar Zangiota tumani o‘quvchilar 



ijodiyot  markaziga  nisbatan  ishga  tiklash, majburiy progul vaqti  uchun ish haqini  va 

yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizalari bo‘yicha yuritilayotgan 

1-9392/14,  1-9393/14  va  1-9394/14-sonli  fuqarolik  ishlari  1-9394/14-sonli  bitta 

fuqarolik ishiga birlashtirilsin. 

 

Sudya:                                                        imzo                                                              



(F.I.O.)   

 

 



AJRIM 

(fuqarolik ishini ajratish haqida) 

 

2007-yil  13-aprel    kuni  Fuqarolik  ishlari bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy 



tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.)    da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga 

nisbatan  nikohdan  ajratish  va  aliment  undirish  haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan 

yuritilgan fuqarolik ishini ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida quyidagilarni 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

332 


 

A n i q l a d i m: 

 

Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar (F.I.O.) 



bilan o‘rtalarida qayd qilingan qonuniy nikohni bekor qilishni hamda javobgardan ikki 

nafar  voyaga  yetmagan  farzandlarining  moddiy  ta’minoti  uchun  aliment  undirib 

berishni so‘ragan. 

FPKning  157-moddasida  arizani  qabul  qilayotgan  sudya  talablarni  alohida 

ko‘rishni  maqsadga  muvofiq  deb  topsa,  birlashtirilgan  talablardan  birini  yoki  bir 

nechasini alohida ish yuritish uchun ajratishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. 

Mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  da’vogar  tomonidan  bayon  qilingan  nikohdan 

ajratish  va  nafaqa  undirish  haqidagi  da’vo  talablarini  alohida-alohida  ko‘rib  chiqish 

aliment  undirish  haqidagi  da’vo  talablarining  o‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  hal  qilinishiga 

yordam berishini inobatga olib, ularni alohida ish yuritish uchun ajratishni maqsadga 

muvofiq deb hisoblayman.  

Yuqoridagilarga binoan,

 FPKning 157-, 237–238-moddalarini qo‘llab,  

 

Ajrim   qilaman: 

 

Mazkur  fuqarolik  ishi  yuzasidan  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga 

nisbatan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun nafaqa 

undirish haqidagi da’vo talablari alohida ish yurituviga ajratilsin. 

 

  Sudya: 



                                                               imzo                     (F.I.O.)  

 

 

 

 

AJRIM  

(arifmetik xatoga tuzatish kiritish to‘g‘risida) 

 

2013-yil may oyining 22-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo 

sudining  sudyasi  (F.I.O.)  tomonidan  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  Namangan 

shahar Moliya boshqarmasi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sudyasi 

va xalq maslahatchilariga nisbatan qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi oqibatida 

sog‘lig‘iga, o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish haqidagi da’vo 

arizasi  bo‘yicha  chiqarilgan  2013-yil  22-may  kunidagi  ish  yurituvini  tugatish 

to‘g‘risidagi ajrimidagi arifmetik xatoni tuzatish bo‘yicha ish materiallari bilan tanishib 

chiqib, quyidagilar 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

333 


 

Aniqlandi: 

 

2013-yil  22-may  kuni  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  Namangan  shahar 



Moliya boshqarmasi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sudyasi va xalq 

maslahatchilariga  nisbatan  qonunga  xilof  ravishda  hukm  qilinganligi  oqibatida 

sog‘lig‘iga, o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish haqidagi da’vo 

arizasi  ko‘rilib,  da’vogarning  da’vosi  rad  qilinib,  da’voning  ushbu  qismi  ish 

yurituvidan tugatilgan. Lekin sud tomonidan ushbu ajrimning sana qismida “2013-yil 

may  oyining  22-kuni”  deb  yozish  o‘rniga  “2013-yil  may  oyining  23-kuni”  deb 

arifmetik xatoga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

FPKning 213-moddasida “Sud hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolarni va ochiq 

ko‘rinib  turgan  arifmetik  xatolarni  o‘z  tashabbusi  bilan  yoki  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin”, – deb ko‘rsatilgan. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  ushbu  sud  tomonidan  2013-yil  22-may  kuni  chiqarilgan 

ish  yurituvini  tugatish  to‘g‘risidagi  ajrimning  sana  qismidagi  “2013-yil  may  oyining 

23-kuni” deb yozilgan arifmetik xatoga “2013-yil may oyining 22-kuni” deb tuzatish 

kiritish lozim. 

Binobarin, sud FPKning 237–238-moddalarini qo‘llab, 

Ajrim   qiladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  Namangan  shahar  Moliya  boshqarmasi  va 

Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Namangan  shahar  sudi  sudyasi  va  xalq  maslahatchilariga 

nisbatan  qonunga  xilof  ravishda  hukm  qilinganligi  oqibatida  soglig‘iga,  o‘ziga 

yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi arizasi bo‘yicha chiqarilgan 

2013-yil 22-mayda chiqarilgan ish yurituvini tugatish to‘g‘risidagi ajrimdagi arifmetik 

xatoga tuzatish kiritilsin. 

Ushbu  sudning  22-may  2013-yil  kuni  chiqarilgan  ish  yurituvini  tugatish 

to‘g‘risidagi  ajrimining  sana  qismida  “2013-yil  may  oyining  23-kuni”  deb  yozilgan 

arifmetik xato “2013-yil may oyining 22-kuni” deb o‘qilsin.  

Sudning ushbu ajrimi ustidan xususiy shikoyat va protest keltirilishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                             imzo                                 (F.I.O.)  



 

AJRIM 

(bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikr yuzasidan) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi 2013-



yil  dekabr  oyining  19-kuni  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida,  (F.I.O.)ning  kotibligida, 

advokat (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va 

qo‘shimcha  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan xonadondan  foydalanish  huquqini  belgilash 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

334 


 

haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-2460/13–sonli  fuqarolik  ishi  bo‘yicha 

yuritilgan sud majlisi bayonnomasiga da’vogar (F.I.O.) tomonidan bildirilgan fikrlarni 

ko‘rib chiqib,  quyidagilarni 



 

Aniqladi : 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining 

2013-yil  

24-noyabrdagi  hal  qiluv  qaroriga  ko‘ra,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.), 

(F.I.O.) va qo‘shimcha javobgar (F.I.O.)ga nisbatan xonadondan foydalanish huquqini 

belgilash  haqidagi  da’vo  talablari  qanoatlantirilib,  da’vogar  (F.I.O.)ning  nizoli 

Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tumani  8  «A»-dahasi  23-uy  50-xonadondan  foydalanish 

huquqi belgilangan. 

Da’vogar  (F.I.O.)  sudga  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  yuritilgan  sud  majlisi 

bayonnomasi  yuzasidan  fikr  bildirib,  sud  majlisi  bayonnomalarida  bir  qator  holatlar 

noto‘g‘ri yozilganligini ko‘rsatib, bayonnomaga tuzatish kiritishni so‘ragan. 

Sud da’vogar (F.I.O.), javobgar (F.I.O.) va advokat (F.I.O.)ning tushuntirishlarini 

tinglab,  bayonnoma  yuzasidan  bildirilgan  fikrlarni  ko‘rib  chiqib,  bayonnoma 

yuzasidan  bildirilgan  ushbu  fikrlarga  qo‘shilmaydi  va  bildirilgan  yozma  fikrlarni  ish 

hujjatlariga qo‘shib qo‘yishni lozim topadi. 

FPKning 23-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud 

 

Ajrim    qiladi : 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  yuritilgan  sud  majlisi 

bayonnomasi  yuzasidan  bildirgan  fikrlari  asossiz  deb  topilsin  va  yozma  ravishda 

bildirilgan ushbu fikrlar ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yilsin. 

Sudya:                                                     imzo                                      (F.I.O.)  

 

 



AJRIM 

(davlat boji to‘lovidan qisman ozod etish haqida) 

 

2014-yil  yanvar  oyining  9-kuni  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Yakkasaroy 



tumanlararo  sudi  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida,  (F.I.O.)ning  kotibligida,  javobgar 

(F.I.O.)ning Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2013-yil 20-

dekabrdagi  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larga  hamda 

qo‘shimcha  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  uy-joydan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan 

deb topish va uydan ko‘chirish haqidagi fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilgan qaroriga 

apellyatsiya  shikoyati  berishda  davlat  boji  to‘lovidan  qisman  ozod  etish  haqidagi 

arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

335 


 

Aniqladi :  

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larga  nisbatan  uy-joydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va uydan ko‘chirish haqida da’vo arizasi 

bilan sudga murojaat etgan. 

O‘z  navbatida,  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)larga  nisbatan 

ishonchnomani  va  oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  qarshi 

da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  ajrimiga  asosan  ishga  (F.I.O.)  qo‘shimcha 

javobgar sifatida jalb etilgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  

2013-yil  20-dekabrdagi  hal  qiluv  qaroriga  ko‘ra,  da’vogarning  da’vo  talablari 

qanoatlantirilib, javobgar (F.I.O.) va qo‘shimcha javobgar (F.I.O.)lar oila a’zolari bilan 

Sirg‘ali  tumani,  O‘zgarish  mavzesi,  8-uy,  54-xonadondan  uy-joy  bilan 

ta’minlanmasdan  majburiy  tartibda  ko‘chirilgan.  Javobgar  (F.I.O.)  Sirg‘ali  tumani, 

O‘zgarish  mavzesi,  8-uy,  54-xonadondan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb 

topilgan. Javobgar (F.I.O.)ning (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan ishonchnoma va oldi-

sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo talablarini qanoatlantirish 

rad etilgan. (F.I.O.)dan davlat foydasiga 380.623 so‘m davlat boji undirilgan. 

Javobgar (F.I.O.)  Yakkasaroy tumanlararo sudining mazkur hal qiluv qaroridan 

norozi  bo‘lib,  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  keltirgan  va  hech  qayerda 

ishlamayotganligi sababli moddiy jihatdan qiynalayotganligini, shikoyat berish uchun 

25.000  so‘m  miqdorida  davlat  boji  to‘laganligini  ko‘rsatib,  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan 

davlat boji to‘lovlarining qolgan qismidan ozod etishni so‘ragan. 

Sud  arizachi  (F.I.O.)ning  vajlarini  va  ish  hujjatlarini  muhokama  etib,  quyidagi 

asoslarga ko‘ra, arizani qanoatlantirish va apellyatsiya shikoyati berishda undiriladigan 

davlat boji to‘lovidan qisman ozod qilish lozim deb hisoblaydi. 

FPKning  110-moddasida  sud  fuqaroning  mulkiy  ahvoliga  qarab,  uni  davlat 

daromadiga  undiriladigan  sud  xarajatlarini  to‘lashdan  ozod  etishga  haqli  ekanligi 

ko‘rsatilgan. 

Sud  javobgar  (F.I.O.)ning  hech  qayerda  ishlamayotganligi  sababli  moddiy 

jihatdan  qiynalayotganligini,  apellyatsiya  shikoyati  berishda  25.000  so‘m  davlat  boji 

to‘laganligini inobatga olib, uni apellyatsiya shikoyati berishda to‘lanadigan davlat boji 

to‘lovining qolgan qismidan ozod etish lozim deb hisoblaydi.  

Yuqoridagilarga  binoan,  FPKning  110-,  237–238-moddalarini,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan «Davlat boji stavkalari»ning 1-qismi «d» va «j» bandlarini qo‘llab, sud 

 

 

 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

336 


 

Ajrim    qiladi : 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  arizasi  qanoatlantirilib,  u  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining  2005-yil 20-dekabrdagi hal qiluv 

qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishda davlat foydasiga undiriladigan davlat boji 

to‘lovining qolgan qismidan ozod etilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy 

protest keltirilishi mumkin. 



 

Sudya:                                                        imzo                                      (F.I.O.)  

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling