Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63

 

380 


 

qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  buzadigan  hujjati  sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb 

topilishi mumkin. 

Sud  hujjatni  haqiqiy  emas  deb  topgan  taqdirda,  buzilgan  huquq  FKning  11-

moddasida nazarda tutilgan usullarda himoya qilinishi kerak. 

Sud javobgar (F.I.O.)ning fuqaro (F.I.O.) bilan oila qurish maqsadi bo‘lmasdan 

qonuniy  nikohdan  o‘tganligini  tan  olganligini  va  ushbu  holat  dastlabki  tergov 

jarayonida  isbotlanganligini  inobatga  olib,  Toshkent  shahar  prokurorining  da’vo 

talabini  asosli  deb  hisoblab,  uni  qanoatlantirish  hamda  javobgar  (F.I.O.)  va  fuqaro 

(F.I.O.)  o‘rtasida  2008-yil  5-martda  tuzilgan  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topishni, 

mazkur  soxta  nikoh  asosida  chiqarilgan  Toshkent  shahar  hokimligi  huzuridagi 

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiyaning 2008-yil 19-

sentabr kungi 38-sonli xulosasining javobgar (F.I.O.)ga tegishli qismini haqiqiy emas 

deb topish va bekor qilish haqidagi xulosaga keladi.  

Sud  davlat  boji  masalasini  muhokama  qilib,  FPKning  110-moddasiga  asosan, 

javobgarlarni davlat bojidan ozod qilish mumkin deb hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-, 50-, 

54-moddalari, FPKning 139-, 174-, 180-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud  



 

Qaror  qiladi: 

Da’vogar  Toshkent  shahar  prokurorining  jamiyat  va  davlat  manfaatida 

javobgarlar  Toshkent  shahar  hokimiyati,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  FHDYo 

bo‘limi va (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish va Toshkent shahrida 

doimiy  ro‘yxatdan  o‘tganligi  to‘g‘risidagi  xulosaning  javobgarga  tegishli  bandini 

bekor qilish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. 

Javobgar (F.I.O.) va (F.I.O.) o‘rtasida Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo 

bo‘limida 2008-yil 5-martda 113-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan nikoh 

haqiqiy emas deb topilsin.  

Toshkent  shahar  hokimiyati  huzuridagi  Toshkent  shahar  bo‘yicha  ro‘yxatdan 

o‘tkazish maxsus komissiyasi tomonidan 2008-yil 19-sentabrda imzolangan 38-sonli 

xulosaga ko‘ra, ko‘ra javobgar (F.I.O.)ga tegishli 56-bandi va unga asosan qo‘yilgan 

propiska haqiqiy emas deb topilsin va bekor qilinsin. 

Javobgarlar Toshkent shahar hokimiyati va (F.I.O.) davlat bojidan ozod qilinsin. 

Hal  qiluv  qaroridan  norozi  tomon  20  kunlik  muddat  ichida  shu  sud  orqali 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  shikoyat  bilan  murojaat  qilish 

huquqiga egadir. 

Raislik etuvchi:                                                         imzo         

 

 

(F.I.O.)  



 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

381 


 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  

Uchtepa tumanlararo sudiga 

 

Da’vogar: (F.I.O.) 1986-y.t. Ya/j: Toshkent shahar  

Shayxontohur tumani  Markaz-13 35-uy 43-xonadon. 

 

Javobgar: (F.I.O.) 1982-y.t. Ya/j: Toshkent shahar  

Chilonzor tumani Nukus ko‘chasi 34-uy. 

 

 

DA’VO    ARIZA  

( otalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida) 



 

Men  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  bilan  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurdim, 

birgalikdagi turmushimizdan bir nafar – 2007-yil 10-iyun kuni tug‘ilgan (F.I.O.) ismli 

farzandimiz bor. O‘rtamizdagi nikoh bekor qilingan. 

Javobgar 2010-yilda oilasini tashlab qo‘yib, farzandidan xabar olmasdan, xatto, 

o‘z  farzandiga  moddiy  yordam  ko‘rsatmasdan  yuribdi.  O‘g‘lim  javobgar  uydan 

chiqib  ketgandan  keyin  o‘zimning  tarbiyamdadir.  Javobgar  bilan  nikohdan 

ajrashganman va undan aliment undirish to‘g‘risida sudga ariza berganman.   

Javobgarning xulq-atvori buzilib ketgan, farzandining bugungi hayoti va kelajagi 

bilan  mutlaqo  qiziqmaydi,  oilasi  va  farzandini  tashlab  qo‘ygan  va  u  otalikka 

noloyiqdir. 

Yuqoridagilarga  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  79-80-

moddalariga asosan, suddan  

 

SO‘RAYMAN : 



 

 Javobgar  (F.I.O.)ni  voyaga  yetmagan  2007-yil  10-iyun  kuni  tug‘ilgan  (F.I.O.) 

ismli farzandimga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilishingizni.   

Ilova:  


Da’vo arizasi (2 nusxada); 

Nikohdan ajraganlik haqidagi guvohnoma nusxasi; 

Adres byurosidan ma’lumotnomalar; 

Farzand tug‘ilgani haqidagi guvohnoma nusxasi; 

Davlat boji to‘langani haqidagi kvitansiya. 

 

Da’vogar:                                 imzo                      (F.I.O.)  

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

382 


 

 

SIRTDAN HAL   QILUV  QARORI  



O‘ZBKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN  

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  2009-yil 



sentabr  oyining  16-kunida  raislik  etuvchi  sudya  (F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida, 

Mirobod tuman prokurori yordamchisi (F.I.O.)  ishtirokida, da’vogar Mirobod tuman 

prokurorining  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  otalik  huquqidan  mahrum  qilish 

to‘g‘risidagi da’vosi bo‘yicha fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

Mirobod  tuman  prokurori  sudga  da’vo  ariza  bilan  murojaat  qilib,  tuman 

prokuraturasi  tomonidan  moddiy  ta’minotga  muhtoj  bo‘lgan  voyaga  yetmaganlarga 

aliment pullarining o‘z vaqtida undirilishi ahvoli yuzasidan tekshirish o‘tkazilganini, 

Mirobod  tuman  “Madaniyat”  MFY  yashovchi  (F.I.O.)  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Mirobod  tumanlararo  sudining  2009-yil  20-fevral  kunidagi  sud  buyrug‘iga  asosan, 

moddiy  yordamga  muhtoj  bo‘lgan  voyaga  yetmagan  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  ismli 

farzandlarining  moddiy  ta’minoti  uchun  muntazam  ravishda  aliment  to‘lab  borishi 

lozim  bo‘lsa-da,  javobgar  (F.I.O.)  bir  necha  marta  ogohlantirilgan  bo‘lishiga 

qaramasdan  2009-yil  fevral  oyidan  beri  turli  bahonalar  bilan  farzandlarini  moddiy 

ta’minlashdan  qasddan  bo‘yin  tovlab  kelayotganligini  bildirib,  javobgar  (F.I.O.)ni 

voyaga yetmagan farzandlari (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan otalik huquqidan mahrum 

qilishni so‘ragan. 

Sud majlisida da’vogar Mirobod tuman prokurori yordamchisi (F.I.O.) da’voni 

quvvatlab, haqiqatan ham tuman prokuraturasi tomonidan moddiy ta’minotga muhtoj 

bo‘lgan  voyaga  yetmaganlarga  aliment  pullarini  o‘z  vaqtida  undirilishi  ahvoli 

yuzasidan tekshirish o‘tkazilganini, (F.I.O.) Mirobod  tumanlararo sudining 2009-yil 

20-fevral kunidagi sud buyrug‘iga asosan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga 

yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.) ismli farzandlarining moddiy ta’minoti uchun muntazam 

ravishda  aliment  to‘lab  borishi  lozim  bo‘lsa-da,  javobgar  (F.I.O.)  bir  necha  marta 

ogohlantirilgan  bo‘lishiga  qaramasdan,  2009-yil  fevral  oyidan  beri  turli  bahonalar 

bilan  farzandlarini  moddiy  ta’minlashdan  qasddan  bo‘yin  tovlab  kelayotganligini 

bildirib,  javobgar  (F.I.O.)ni  voyaga  yetmagan  farzandlari  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)ga 

nisbatan otalik huquqidan mahrum qilishni so‘rab bayonot berdi.  

Javobgar  (F.I.O.)  sud  majlisiga  bir  necha  marta  chaqirilganiga  qaramasdan, 

noma’lum  sabablarga  ko‘ra,  sudda  hozir  bo‘lmadi,  o‘zining  sudga  kelmaslik 

sabablarini  bildirmadi,  ishni  o‘zining  ishtirokisiz  ko‘rish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan 

murojaat  qilmadi.  Bunday  holatlarda  sud  javobgarning  sudga  kelmaslik  sabablarini 

uzrsiz  deb  topib,  ishni  FPKning  224-moddasi  asosida  unga  nisbatan  sirtdan  ko‘rish 

to‘g‘risidagi xulosaga keladi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

383 


 

Sud  majlisida  Mirobod  tuman  xalq  ta’limi  bo‘limi  huzuridagi  vasiylik  va 

homiylik kengashi vakili (F.I.O.) o‘zining bayonotida fuqaro (F.I.O.) tomonidan uzoq 

muddat voyaga yetmagan farzandlari (F.I.O.)  va (F.I.O.)ning moddiy ta’minoti uchun 

aliment  to‘lashdan  bo‘yin  tovlab  kelgani  hamda  farzandlari  tarbiyasi  bilan 

shug‘ullanmasdan  kelayotganini,  shu  sababli  javobgar  (F.I.O.)ni  voyaga  yetmagan 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)  ismli  farzandlariga  nisbatan  otalik  huquqidan  mahrum  qilish 

maqsadga muvofiq ekanligini bildirdi. 

Sud da’vogar vakili hamda vasiylik va homiylik organi vakilining bayonotlarini 

tinglab,  ish  hujjatlarini  o‘rganib  chiqib,  da’vo  arizasi  quyidagi  asoslarga  ko‘ra 

qanoatlantirilishi lozim degan xulosaga keladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq, ota-ona o‘z 

bolalarini  tarbiyalash  huquqiga  ega  va  tarbiyalashi  shart.  Ota-ona  o‘z  bolalarining 

tarbiyasi  va  kamoloti  uchun  javobgardir.  Ular  o‘z  bolalarining  sog‘lig‘i,  jismoniy, 

ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.  

Mazkur  fuqarolik  ishi  holatlaridan  ko‘rinishicha,  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  2002-

yilda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurishgan  bo‘lib,  ularning  birgalikdagi 

turmushidan ikki nafar – 2005-yil 24-mart kuni (F.I.O.) va 2006-yil 10-avgust kuni 

(F.I.O.) ismli farzandlari tug‘ilgan. O‘zaro kelishmovchiliklar sababli er-xotin alohida-

alohida  yashab  kelmoqdalar.  Voyaga  yetmagan  farzandlar  onasi  (F.I.O.)ning 

tarbiyasida.  FIB  Mirobod  tumanlararo  sudining  2009-yil  20-fevral  kunidagi  sud 

buyrug‘iga  asosan  (F.I.O.)dan  voyaga  yetmagan  farzandlarining  ta’minoti  uchun 

aliment  undirish  belgilangan.  Biroq  javobgar  (F.I.O.)  moddiy  yordamga  muhtoj 

bo‘lgan  voyaga  yetmagan  farzandlarini  moddiy  ta’minlashdan  bo‘yin  tovlab,  turli 

bahonalar bilan farzandlariga aliment to‘lamasdan kelmoqda. Natijada (F.I.O.) tuman 

prokuroriga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Javobgarning 

otalik  majburiyatlarini  bajarishdan  bosh  tortgani  holati  ish  hujjatlaridagi  javobgar 

(F.I.O.)  hamda  undiruvchi  (F.I.O.)  ning  tushuntirish  xatlari  bilan  tasdiqlanadi.  Sud 

javobgarning tushuntirish xatidagi aliment to‘lashga sharoiti yo‘qligi haqidagi vajini 

asossiz  deb  hisoblaydi,  zero  ushbu  holat  voyaga  yetmagan  farzandlariga  moddiy 

ta’minot berishdan bo‘yin tovlashga asos bo‘lmaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  79-moddasiga  binoan,  ota-

ona(ulardan  biri)  ota-onalik  majburiyatlarini  bajarishdan  bosh  tortsa,  shu  jumladan, 

aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil  11-sentabrdagi 

“Bolalar  tarbiyasi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  nizolarni  hal  qilishda  sudlar  tomonidan 

qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 23-sonli qarorining 15-bandiga ko‘ra, ota-

onalik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashlik deganda, ota-onalik burchlarini 

uzluksiz ravishda bajarmaslik, o‘z bolalariga qanday bo‘lmasin g‘amxo‘rlik qilmaslik 

tushuniladi.  Ota-onaning  o‘z  majburiyatlarini  bajarishdan  bo‘yin  tovlaganliklari 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

384 


 

ularning bolalarining ma’naviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, ta’limi, ijtimoiy foydali 

mehnatga tayyorgarligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaganida namoyon bo‘ladi. 

Sud  javobgar  (F.I.O.)ning  voyaga  yetmagan  farzandlariga  nisbatan  otalik 

majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini, xususan, uzoq muddatdan beri sud 

qarori bilan belgilangan alimentni to‘lamasdan, farzandlarining ma’naviy tarbiyasi va 

jismoniy  rivojlanishi  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qilmaganini  inobatga  olib,  da’vogar 

Mirobod  tuman  prokurorining  da’vosini  qanoatlantirish  va  javobgar  (F.I.O.)ni  ikki 

nafar farzandiga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilish lozim deb hisoblaydi.  

Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 

73-,79-,88-moddasi, FPKning 224-, 203–206-moddalariga asosan, sud 

 

    Qaror   qildi : 

 

Mirobod  tuman  prokurorining  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  otalik  huquqidan 



mahrum qilish to‘g‘risidagi da’vosi qanoatlantirilsin. 

1983-yilda  tug‘ilgan,  Mirobod  tuman  Madaniyat  MFYda  yashovchi  (F.I.O.) 

voyaga yetmagan farzandlari – 2005-yil 24-mart kuni tug‘ilgan (F.I.O.) va 2006-yil 

10-avgust kuni tug‘ilgan (F.I.O.)ga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilinsin.  

Hal qiluv qaroridan norozi taraf qaror e’lon qilingan kundan boshlab 20 kunlik 

muddat  ichida  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Buxoro  viloyat  sudiga  shu  sud  orqali 

apellyatsiya  tartibida  shikoyat  yoki  protest  keltirishi  mumkin.  Javobgar  15  kunlik 

muddat ichida sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida 

shu sudga ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. 

 

Raislik etuvchi: 



 

 

             imzo                                                             



(F.I.O.)  

 

 



 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

HAL  QILUV  QARORI 

 

2014-yil  sentabr  oyining  8-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  prokurori 

yordamchisi (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan 

bola  bilan  uchrashuv  vaqtini  belgilash  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-

4487/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib, quyidagilarni 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

385 


 

Aniqladi:  

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  bola  bilan  uchrashuv  vaqtini 

belgilash haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  to‘liq  quvvatlab,  javobgar 

(F.I.O.)  bilan  2010-yil  23-  oktabrda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganligini, 

birgalikdagi turmushlaridan bir nafar – 2011-yil 11- sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli 

farzandi  borligini,  javobgar  bilan  o‘zaro  munosabatlari  turmushlari  boshida  yaxshi 

bo‘lganligini,  keyinchalik  javobgar  bilan  o‘zaro  kelishmovchiliklar,  javobgarning 

oilada  sababsiz  ravishda  janjal  qilishlari,  javobgar  ota-onasining  ularning  oilasiga 

aralashishlari  natijasida  o‘rtalaridagi  er-xotinlik  munosabatlari  yomonlashib 

ketganligini,  javobgar  bilan  2011-yil  mart  oyidan  buyon  birga  yashamasligini,  o‘sha 

paytdan  buyon  o‘rtalarida  umumiy  ro‘zg‘or  yuritilmasligini,  javobgar  bilan 

o‘rtalaridagi  qonuniy  nikohlari  bekor  qilinganligini,  hozirgi  kunda  farzandi 

javobgarning tarbiyasida ekanligini, farzandi uchun qonunda belgilangan miqdordagi 

nafaqani o‘z vaqtida to‘lab kelayotganligini, hozirda javobgar unga farzandini ixtiyoriy 

ravishda ko‘rsatmayotganligini, shu sababli farzandi bilan uchrashib, uning tarbiyasida 

ishtirok  etishni,  uni  moddiy  jihatdan  ta’minlashni  xohlayotganligini,  hozirgi  kunda 

farzandini  ko‘rmaganligini,  amaldagi  qonunchiliklarga  ko‘ra  ota  sifatida  o‘z 

farzandining  tarbiyasida  ishtirok  etishi  shartligini  bayon  qilib,  da’vo  talablarini 

qanoatlantirishni  hamda  farzandi  bilan  har  hafta  shanba  va  yakshanba  kunlari 

uchrashuv vaqtini belgilab berishni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarni  tan  olmasdan, 

da’vogar  bilan  2010-yil  oktabr  oyida  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganligini, 

birgalikdagi  turmushlaridan  bir  nafar  (F.I.O.)  ismli  voyaga  yetmagan  farzandi 

borligini,  da’vogar  bilan  o‘zaro  kelishmovchiliklar  sababli  o‘rtalaridagi  qonuniy 

nikohlari  bekor  qilinganligini,  da’vogar  bilan  2011-yil  mart  oyidan  buyon  birga 

yashamasligini, farzandi hozirgi kunda  o‘zining tarbiyasida ekanligini, farzandi bilan 

ota-onasining  uyida  yashab  kelayotganligini,  farzandi  unga  o‘rganib  qolganligini, 

farzandini da’vogarga har haftada ikki marta bera olmasligini, chunki bu farzandining 

ruhiy  holatiga  salbiy  ta’sir  qilishi  mumkinligini,  da’vogar  biror  marta  farzandini 

ko‘rish  uchun  kelmaganligini  bayon  qilib,  suddan  da’vogarning  da’vo  arizasini  rad 

qilishni so‘radi.  

Mustaqil  talablar  bilan  arz  qilmaydigan  3-shaxs  –  Olmazor  tuman 

XTMFMTTEB  bolalikni  himoyalash  bo‘limining  vakili  (F.I.O.)  (sudning 

so‘rovnomasiga  asosan)  taraflarning  yashash  sharoitlarini  tekshirilganligi  haqida 

dalolatnoma  va  ishni  o‘zining  ishtirokisiz  ko‘rib  chiqish  haqida  sudga  ariza  taqdim 

qilganligi sababli, sud ishni FPKning 174-moddasiga ko‘ra mustaqil talablar bilan arz 

qilmaydigan  3-shaxs  –  Olmazor  tuman  XTB  bolalikni  himoyalash  bo‘limining 

vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

386 


 

Sud  taraflarning  ko‘rgazmalarini  hamda  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani 

prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)ning  fikrini  tinglab,  ish  materiallari  bilan  tanishib, 

quyidagi xulosaga keladi: 

Aniqlanishicha,  da’vogar  (F.I.O.)  va  javobgar  (F.I.O.)  2010-yil  23-oktabr  kuni 

Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  qonuniy  nikohdan 

o‘tganlar va bu haqda nikoh tuzish dalolatnomalarini qayd qilish daftarida 1248-sonli 

yozuv qayd qilingan. 

O‘rtalaridagi turmushdan bir nafar – 2011-yil 11-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli 

farzandlari bor. Taraflar o‘zaro kelishmovchiliklar sababli 2011-yil mart oyidan buyon 

birga yashamaydilar.  

Taraflar  o‘rtalaridagi  qonuniy  nikoh  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur 

tumanlararo  sudining  2011-  yil  12-  avgust  kunidagi  hal  qiluv  qaroriga  ko‘ra  bekor 

qilingan.  

Hozirda  javobgar  da’vogarni  voyaga  yetmagan  farzandi  bilan  uchrashishga 

qarshilik  qilib  kelayotganligi  sababli,  da’vogar  bu  borada  sudga  murojaat  etishga 

majbur bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 66-moddasining 2-qismiga ko‘ra, ota va 

ona alohida yashagan holda, bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  71-moddasiga  ko‘ra,  ota-ona  o‘z 

bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksi  73-moddasining  1-,  2-qismlariga  ko‘ra, 

ota-ona  o‘z  bolalarini  tarbiyalash  huquqiga  ega  va  tarbiyalashi  shart.  Ota-ona  o‘z 

bolalarining  tarbiyasi  va  kamoloti uchun  javobgardir.  Ular  o‘z bolalarining sog‘lig‘i, 

jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksi  76-moddasining  1-,  2-qismlariga  ko‘ra, 

bola  bilan  alohida  yashayotgan  ota(ona)  bola  bilan  ko‘rishish,  uning  tarbiyasida 

ishtirok  etish  va  ta’lim  olishi  masalasini  hal  etishda  qatnashish  huquqiga  ega.  Bola 

bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishiga, agar bunday 

ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, 

qarshilik  qilmasligi  kerak.  Sud  yuqoridagi  holatlarga  hamda  taraflarning  farzandiga 

nisbatan  teng  huquq  va  majburiyatga  ega  bo‘lib,  farzandning  tarbiyasi  va  kamoloti 

uchun  javobgar  ekanliklariga,  da’vogar  (F.I.O.)ning  farzandi  bilan  uchrashishi 

bolaning  jismoniy  va  ruhiy  sog‘lig‘iga,  axloqiy  kamolotiga  zarar  keltirishi  mumkin 

bo‘lgan  holatlar  aniqlanmaganligiga,  bolaning  bugungi  kunda  boshqa  oilada  yashab 

kelayotganligiga, voyaga yetmagan farzandning yoshiga huquqiy baho bergan holda, 

da’vogarning  da’vo  talabini  qisman  qanoatlantirishni  hamda  uning  farzandi  bilan 

uchrashish  vaqtini  har  haftaning  shanba  kuni  soat  10:00  dan  13:00gacha  vaziyat 

o‘zgargunga qadar onasi (F.I.O.) ishtirokida belgilashni lozim deb topadi. Garchi, sud 

majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  farzandi  bilan  haftaning  shanba  va  yakshanba  kunlari 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

387 


 

uchrashuv  vaqtini  belgilashni  so‘ragan  bo‘lsa-da,  sud  voyaga  yetmagan  (F.I.O.)ning 

yoshini, onasiga bog‘langani va onasi bilan yashab kelayotgani holatlarini, shuningdek, 

otasini  ko‘rmagani  va  tanimasligini  inobatga  olib,  bola  bilan  bir  haftada  ikki  kun 

uchrashuv  vaqtini  belgilash  maqsadga  muvofiq  emasligini  inobatga  oladi. 

Yuqoridagilarni  inobatga  olib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  66-,  71-, 

73-, 76-moddalari hamda FPKning 203–206-moddalariga asosan, sud  

Qaror   qiladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan bola bilan uchrashuv vaqtini 

belgilash haqidagi da’vo arizasi qisman qanoatlantirilsin. 

Da’vogar (F.I.O.)ning  2011-yil 11-sentabr  kuni tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli farzandi 

bilan  ko‘rishish  vaqti  har  haftaning  shanba  kuni  soat  10:00  dan  13:00gacha  vaziyat 

o‘zgargunga qadar onasi (F.I.O.)ning ishtirokida belgilansin.  

Hal qiluv qarori ustidan 20 kunlik muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki prokuror 

tomonidan protest keltirilishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                        



 

 

(F.I.O.)  



 

Da’vo arizasi va sud hal qiluv qaroridan namuna 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling