Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudiga Da’vogar: (F.I.O.)
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘RAYMAN
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudiga
Da’vogar: (F.I.O.) 1986-y.t. Ya/j.: Toshkent shahar Shayxontohur tumani Markaz-13 35-uy 43-xonadon.
Javobgar: (F.I.O.) 1982 y.t. Ya/j.: Toshkent shahar Chilonzor tumani Nukus ko‘chasi 34-uy. DA’VO ARIZA ( ishga tiklash haqida) Men, (F.I.O.) “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”da 2008-yil 11-iyul kunidan vagon kuzatuvchisi lavozimida ishlab kelganman. Xizmat davrida biror marotaba intizomiy javobgarlikka tortilmaganman. 2012- yil 26-oktabr kuni xizmat tartibiga ko‘ra, 380-sonli “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 388
bo‘yicha qatnaydigan passajir poyezdining unga biriktirilgan 17-raqamli vagonida o‘z xizmat vazifamni bajarayotganimda, poyezd jo‘nashidan oldin yo‘lovchilarning chiptalarini tekshirib chiqara boshladim. Shu payt mening vagonimga kiruvchi yo‘lovchilar ularning yuklarini kuzatuvchi shaxslar yordam tariqasida olib kirib joylashtirib chiqishni iltimos qilgani sababli, kuzatuvchilarning vagonga kirishiga ruhsat bergandim. Oradan 2-3 daqiqa o‘tmasdan kuzatuvchilar vagondan tushayotgan vaqtida vokzal qorovul bo‘limi xodimlari kelib, kuzatuvchi shaxslarni o‘zlari bilan olib ketishgan. Tekshiruvchilar ularga o‘zlarini tanishtirmaganlar. Keyinchalik menga ma’lum bo‘lishicha, tekshiruvchilar sakkizta kuzatuvchi shaxslarni biletsiz yo‘lovchi deb, dalolatnoma tuzishgan. Rahbariyat meni ushbu holat bo‘yicha chaqirdi. Men ularga nima uchun dalolatnoma mening ishtirokimsiz va o‘sha vaqtning o‘zida tuzilmaganligini aytganimda, rahbariyat mening vajlarimga ahamiyat bermasdan, o‘z mehnat vazifasini bir marta qo‘pol ravishda buzgan deb, O‘zbekiston Respublikasi MKning 100-moddasi 4-bandiga asosan, mehnat shartnomasini 2012-yil 8-noyabrdan bekor qildi. Ushbu harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, ish beruvchining ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyrug‘ini noqonuniy deb hisoblayman. Yuqoridagilarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, suddan
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”ga vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga tiklashingizni. Ilova:
Da’vo arizasi (2 nusxada); Ishdan bo‘shatilganlik haqidagi buyruq nusxasi; Mehnat daftarchasi.
Da’vogar: imzo (F.I.O.)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi o‘z binosida 2013-yil 26-fevral kuni raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 389
kotibligida, advokat (F.I.O.)ning va javobgar vakilining ishtirokida da’vogar (F.I.O.)ning javobgar “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”ga nisbatan ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha 1-722-4241 13-
sonli fuqarolik ishini ochiq sud majlisida ko‘rib, quyidagilarni
(F.I.O.) javobgar “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”ga nisbatan ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) keltirgan da’vo talabini qo‘llab-quvvatlab, javobgar “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”da 2008-yil 11-iyul kunidan vagon kuzatuvchisi lavozimida ishlab kelganini, xizmat davrida biror marotaba intizomiy javobgarlikka tortilmaganini, 2012-yil 26-oktabr kuni xizmat tartibiga ko‘ra, 380-sonli “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan passajir poyezdining unga biriktirilgan 17-raqamli vagonida o‘z xizmat vazifasini bajarayotganini, poyezd jo‘nashidan oldin yo‘lovchilarning chiptalarini tekshirib chiqara boshlaganini, shu payt uning vagoniga kiruvchi yo‘lovchilar ularning yuklarini kuzatuvchi shaxslar yordam tariqasida olib kirib joylashtirib chiqishni iltimos qilgani sababli, u kuzatuvchilarning vagonga kirishiga ruhsat berganini, oradan 2-3 daqiqa o‘tmasdan u kuzatuvchilarni vagondan tushirayotgan vaqtda vokzal qorovul bo‘limi xodimlari kelib, kuzatuvchi shaxslarni o‘zlari bilan olib ketishganligini, tekshiruvchilar unga o‘zlarini tanishtirmaganliklarini, keyinchalik unga ma’lum bo‘lishicha, tekshiruvchilar sakkizta kuzatuvchi shaxslarni biletsiz yo‘lovchi deb dalolatnoma tuzishganligini, uni rahbariyat ushbu holat bo‘yicha chaqirganida, u ularga nima uchun dalolatnoma uning ishtirokisiz va o‘sha vaqtning o‘zida tuzilmaganligini aytganligini, lekin rahbariyat uning vajlariga ahamiyat bermasdan, uni noqonuniy ishdan bo‘shatganligini, vagonning ikkinchi kuzatuvchisi (F.I.O.) va vagon brigadiri (F.I.O.) 2012-yil 26-oktabr kuni vagonda biletsiz yo‘lovchilar bo‘lmaganligini tasdiqlaganliklarining ham inobatga olinmaganligini bayon qilib, suddan da’voni qanoatlantirishni so‘radi. Sud majlisida javobgar vakili (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini tan olmasdan, filialga qo‘riqlash boshqarmasidan xat kelganligini, ushbu xatga sakkizta biletsiz yo‘lovchilarning tushuntirish xatlari ilova qilinganligini, vagon kuzatuvchisining
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 390
biletsiz shaxslarni vagonga kiritishi mumkin emasligini, ular har doim safarga ketayotganlarida rasmiy kitobga vagonga chiptasiz shaxslarni chiqarmaslik haqida ogohlantirilganliklari to‘g‘risida imzo qo‘yishlarini, 2012-yil 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu voqea to‘g‘risida IIB xodimlari bilan birgalikda dalolatnoma tuzilganligini bayon qilib, suddan da’voni rad qilishni so‘radi. Sud majlisida so‘roq qilingan guvohlar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar o‘z ko‘rsatmalarida ular Orenburg-Toshkent poyezdidan tushib, vokzalda jo‘nab ketish uchun turgan Toshkent-Termiz poyezdini ko‘rishganini, ikki noma’lum kishi kelib ularga mazkur poyezdga bilet qilib berishlarini aytishganini, ular fuqarolik kiyimida bo‘lishganini, ular shu odamlarga ishonib, poyezdning o‘n yettinchi vagoniga borganliklarini, ularni vagonga biletsiz chiqarib yuborishganini, noma’lum shaxslar ularni kuzatuvchi deb vagonga chiqarib yuborishganini, vagon kuzatuvchisi ularga e’tibor bermaganligini, ichkariga kirganlaridan besh daqiqa o‘tmasdan vagon kuzatuvchisi ularni tushirib yuborganligini, vagondan tushayotgan paytlarida vokzal qorovul xizmati xodimlari kelib, ularni o‘zlari bilan olib ketishganini, ularni vagonga biletsiz chiqqan shaxslar deb rasmiylashtirishganini, shu ish bo‘yicha tushuntirish xati yozib berganliklarini, shundan keyin ularni qo‘yib yuborishganini bildirishgan. Sud majlisida guvoh Toshkent transport IIB militsioneri (F.I.O.) o‘z ko‘rsatmasida 2012-yil 26-oktabr kuni kechqurun Rossiyaning Orenburg shahridan yo‘lovchi poyezdi kelganligini, shu paytda vokzalda temir yo‘lda Toshkent-Termiz yo‘lovchi poyezdi turganligini va unga yo‘lovchilar chiqishayotganligini, Orenburgdan kelgan poyezddan tushgan yo‘lovchilar vokzaldan chiqib ketmasdan Termiz poyezdiga biletsiz chiqishayotganliklarini vokzal xavfsizlik xodimlari bilib qolishib, poyezd vagonlarini tekshirib chiqishganliklarini, shunda poyezdda biletsiz yo‘lovchilar borligini aniqlashganini, bu haqda dalolatnoma tuzilganligini, shu kuni poyezdning o‘n yettinchi vagonida sakkizta biletsiz shaxs aniqlanganligini, dalolatnomada vagon kuzatuvchisi va poyezd brigadirining imzosi yo‘qligining sababi ular safarga jo‘nab ketganliklarini bildirgan. Sud taraflarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatmalarini eshitib, fuqarolik ish materiallarini tahlil qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra da’vogarning da’vo arizasini rad qilishni lozim deb topadi. Aniqlanishicha, da’vogar (F.I.O.) ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida 2008-yil 11-iyuldan 2012-yil 8-noyabrgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”ning vagon xizmatchisi lavozimida ishlab kelgan. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”ning 2012-yil 8- noyabrdagi LSE-1042/k-sonli buyrug‘iga asosan “Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali” vagon FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 391
xizmatchisi (F.I.O.) o‘z mehnat vazifasini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MKning 100-moddasi 4-bandiga asosan, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2012-yil 8-noyabrdan bekor qilingan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasining “Yo‘lovchilar va yuklarni temir yo‘llarda tashish” Qoidalarining 1-bo‘lim 6-bobi 22-, 23-bandlari va har bir vagon xizmatchisi bilan tuzilgan mansab yo‘riqnomasining tegishli bandlarida: “Vagon kuzatuvchisi yo‘lovchilarni vagonga chiqarayotgan vaqtida ularning qo‘lida chiptalarning mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirganligini tekshirishi, qo‘l yuklarini tashish qoidalariga rioya qilgan holda tashilishini nazorat qilishi, vagonga chiptasiz yo‘lovchilar va belgilanganidan ortiq qo‘l yukini chiqarmaslikka majbur”, – deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 4-bandiga ko‘ra, xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzilishlarining ro‘yxati: –
ichki mehnat tartib qoidalari; –
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi; –ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi. Sudga taqdim qilingan 2007-yil 23-martda tasdiqlangan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJning ichki mehnat tartibi qoidalarining 7.9-bandida mehnat shartnomasining bekor qilinishiga ta’sir qiladigan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlar ro‘yxati ko‘rsatilgan bo‘lib, unda chiptasiz yo‘lovchilarni uzoq va mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlarga chiqarish va ularni tashish mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish holatlaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, sudga taqdim qilingan 2012-yil 26-oktabrda tasdiqlangan “Servis- ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali” poyezd jamoasining safarga ketish oldidan o‘tkaziladigan yo‘riqnoma bayonnomasiga ko‘ra, 380/379-sonli Toshkent-Termiz yo‘lovchi poyezdining vagon kuzatuvchisi (F.I.O.) vagonga chiptasiz shaxslarni chiqarmaslik haqida ogohlantirilgan. Ish bo‘yicha aniqlanishicha, vagon kuzatuvchisi (F.I.O.) 2012-yil 26-oktabr kuni 380/379-son bilan “Toshkent-Termiz” marshruti bo‘yicha qatnaydigan yo‘lovchi poyezdining 17-raqamli o‘ziga biriktirilgan vagoniga “Toshkent” temiryo‘l shox bekatidan 8 nafar chiptasiz yo‘lovchilarning chiqishiga yo‘l qo‘ygan. Ushbu holat vokzal qorovul va ichki ishlar xodimlari tomonidan yo‘lovchi poyezdining “Toshkent” temir yo‘l shox bekatidan “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘yicha ketish jarayonida aniqlangan va dalolatnomani da’vogarning ishtirokida tuzishning iloji bo‘lmagan. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 392
Xodim (F.I.O.) bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi olingan. Qayd etilgan holatlardan ko‘rinadiki, da’vogar (F.I.O.) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosli va qonuniy tarzda bekor qilingan. Mehnat shartnomasini bekor qilishda qonunda belgilangan muddatlar va uni rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilingan. Qayd etilganlardan kelib chiqib, sud da’vogarning ishga tiklash haqidagi da’vo talabini rad qilishni lozim deb topadi. Yuqoridagilarga asosan, Mehnat kodeksining 100-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli qarori tushuntirishlari, FPKning 203-206 moddalariga asosan, sud
Da’vogar (F.I.O.)ning javobgar “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lovchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Servis- ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali”ga nisbatan ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo arizasi rad qilinsin. Hal qiluv qaroridan norozi tomon qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran 20 kunlik muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shikoyat yoki protest keltirish huquqiga ega.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) Da’vo arizalari, sud hal qiluv qarorlaridan namunalar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga
Da’vogar: (F.I.O.) 1977-y.t. Ya/j.: Toshkent shahar Olmazor tumani Farobiy tor Muhokama ko‘chasi 50-uy.
Javobgarlar: (F.I.O.) 1928 y.t., (F.I.O.) 1966 y.t. va (F.I.O.) 2000 y.t. Ya/j.: Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasi 14-B uy 116-xonadon.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 393
(turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqida)
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasi 14-B uy 116-xonadon menga oldi-sotdi shartnomasiga asosan tegishli bo‘lib, shu uyda oila a’zolarim bilan yashab kelmoqdaman. Bugungi kunga kelib, javobgarlar Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasi 14-B uy
116-xonadonda doimiy ro‘yxatda tursalar ham, lekin 2014-yil 30-iyuldan beri shu uy- joyda yashamaydilar. Men hozirgi kunda javobgarlar uchun ham uy-joydagi kommunal va boshqa to‘lovlarni to‘lab kelyapman. Shuncha vaqtdan buyon javobgarlar uy-joydan foydalanmaganligi va 2014-yil 30- iyuldan keyin bir kun ham yashamaganligi bois, ularni shu uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish lozim deb hisoblayman. Chunki ular oldi-sotdi shartnomasining 10-bandiga ko‘ra, o‘zlariga tegishli bo‘lgan uydan ro‘yxatdan chiqib ketish va ro‘yxatdan o‘chish majburiyatini olganlar, lekin o‘ziga olgan majburiyatlarini bajarmasdan kelyaptilar. Yuqoridagilarni inobatga olib va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga asosan, suddan
Javobgarlar (F.I.O.) – 1928 y.t., (F.I.O.) – 1966 y.t. va (F.I.O.) – 2000 y.t.larni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasi 14-B uy 116-xonadondan yashash va foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topishingizni.
Ilova:
Da’vo ariza nusxasi; yashash joyidan ma’lumotnomalar; davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya; uy-joy hujjati nusxasi va boshqalar.
Da’vogar:
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 394
Fuqarolik ishlari b o‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga
Da’vogar: (F.I.O.). Ya/j.: Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik-14 dahasi 72-uy.
(uyga kiritish, hissa ajratish va boshqalar to‘g‘risidagi da’vo arizaga nisbatan)
Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik-14 dahasi 72-uy Toshkent shahar Yakkasaroy tuman
1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 1992-yil 17-aprelda rasmiylashtirilgan 1- 1892-raqam bilan ro‘yxatga olingan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, (F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan. Uning vafotidan so‘ng 2014-yil 14-yanvardagi Sirg‘ali tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan berilgan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, mulk huquqi bilan mening egaligimga o‘tgan. Bugungi kunga kelib javobgar (F.I.O.) Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik- 14 dahasi 72-uyda doimiy ro‘yxatda tursa-da, umuman bir necha yildan buyon shu uy-joyda yashamaydi. (F.I.O.) bir necha yildan buyon doimiy ro‘yxatda turgan uyda yashamayotganligi, Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik-14 dahasi 72-uy 1992- yilning yanvar oyida xususiylashtirilganligini bilganligi, shundan so‘ng mazkur uy Toshkent shahar Yakkasaroy tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 1992- yil 17-aprelda rasmiylashtirilgan 1-1892-raqam bilan ro‘yxatga olingan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, (F.I.O.)ga o‘tganligini o‘sha vaqtda bilganligi, 1992- yildan boshlab (F.I.O.) hayotlik vaqtida ham vorislik haqidagi guvohnomani nizolashmaganligi, ulushi va butun uy (F.I.O.)ga o‘tganligini bilganligi, lekin sudga va boshqa joyga murojaat qilmaganligi haqida sud majlisida bergan ko‘rsatmasi bilan ham o‘z tasdig‘ini topdi. Men hozirgi kunda vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, uyga egalik qilaman. Shu sababli (F.I.O.) da’vo muddatini uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb hisoblayman, chunki ushbu muddatni uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborganligini tasdiqlovchi dalilni sudga taqdim qilmadi. Fuqarolik kodeksi 153-moddasining 2-qismi talabiga ko‘ra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. Mazkur moddaning 3-qismi talabiga ko‘ra, qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 395
FPKning 57-moddasi 1-qismi talabiga ko‘ra, har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Qayd etilgan qonun talabini hamda ish holatlaridan kelib chiqib, suddan da’vo muddatini qo‘llab, da’vogarning da’vosini rad qilishingizni va qarshi da’voni qanoatlantirishingizni so‘rayman. Yuqoridagilarni inobatga olib va FPKning 150–153-moddalariga asosan. suddan
(F.I.O.) da’vo arizasida ko‘rsatgan talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlovchi dalillarini taqdim qilmaganligi sababli, uni asossiz deb topib rad qilishingizni.
Da’vogar:
(F.I.O.) Ishonchli vakili – advokat :
(F.I.O.)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga
Da’vogar: (F.I.O.). Y/j.: Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik-14 daxasi 72-uy.
(da’vo muddatini qo‘llash haqida)
Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik-14 dahasi 72-uy Toshkent shahar Yakkasaroy tuman
1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 1992-yil 17-aprelda rasmiylashtirilgan 1- 1892-raqam bilan ro‘yxatga olingan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan (F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan. Uning vafotidan so‘ng 2014-yil 14-yanvardagi Sirg‘ali tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan berilgan guvohnomaga asosan vorislik bo‘yicha mulk huquqi mening egaligimga o‘tgan. Bugungi kunga kelib javobgar (F.I.O.) Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik- 14 dahasi 72-uyga nisbatan bir necha da’vo talablar bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. (F.I.O.) bir necha yildan buyon doimiy ro‘yxatda turgan uyda yashayotganligi, Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sputnik-14 dahasi 72-uy 1992-yilning yanvar oyida xususiylashtirilganligini bilganligi, shundan so‘ng mazkur uy Toshkent shahar FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling